Mavzu: Kasbiy nutq odobi. Sohaga oid (pedagogik) nutqning o‘ziga xosliklari



Yüklə 125,49 Kb.
səhifə3/15
tarix24.12.2023
ölçüsü125,49 Kb.
#160876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Салимов Бехруз

Sohaviy fakt va ma`lumotlar
#1 Birinchi kamera ekspozitsiyasi uchun ancha ko‘p vaqt talab qilingan.
I nsoniyat tarixidagi birinchi surat 1826-yilda olingan va uning ekspozitsiyasi uchun naq 8 soat vaqt sarflangan.
O‘sha kamerani yaratgan Lui Dager keyinchalik, ya’ni 1839-yilda ekspozitsiya vaqtini keskin kamaytirishga erishgan va shundan so‘ng rasm olish uchun atigi 15 daqiqa kerak bo‘lgan.
#2 Kredit karta chiplari juda uzoq vaqtdan beri mavjud.
K o‘pchilik kredit karta chiplari yaqinda paydo bo‘lgan, deb o‘ylaydi. Biroq ushbu texnologiya 1986- yildan beri biz bilan! Kredit karta chiplaridan ilk marta Fransiyada, oradan ko‘p o‘tmay esa Germaniyada foydalanilgan.
# 3 Alexa har doim suhbatlarni tinglab turadi.
Bu sizga yangilik bo‘lmasa kerak. Siri ham har doim shunday qilib poyloqchilik qilib kelgan. Foydalanuvchi amaliyotini yaxshilash maqsadida Alexa barcha suhbatlaringiz tarixini bulutli serverlarga saqlab boradi. Bu suhbatlarni o‘zingiz ham eshitib ko‘rishingiz yoki serverdan butunlay o‘chirib yuborishingiz mumkin.

#4 Matnni nimadan o‘qiyotganingizga qarab, o‘qish tezligingiz sekin yoki yuqori bo‘lishi mumkin.
K ompyuterdan matn o‘qiyotganingizda nafaqat ko‘zingizni kamroq ochib-yumasiz, balkim sekinroq ham o‘qiysiz.
O‘rta hisobda, odamlar kompyuter monitoridagi matnni qog‘ozdagi matndan 10% sekinroq o‘qiydi. Ko‘zni ochib-yumishga kelsak, normal holatda har birimiz ko‘zimizni daqiqasiga 20 marta ochib-yumamiz. Ammo ekran qarshisida bu raqam 7 taga tushib qoladi.
#5 GPS'dan foydalanish tekin, biroq uning ishlashini ta’minlashga ancha mablag‘ sarflanadi.
G PS'dan bepul foydalanish imkoni mavjud bo‘lsa-da, bu xizmat faol ishlashi uchun kuniga 2 million dollar sarflanadi. Buncha pul AQSh soliqlaridan tushgan mablag‘dan olinadi.
#6 Amishlar uchun ishlab chiqarilgan maxsus kompyuterlar mavjud.
A QShda yashovchi amish xalqi uchun maxsus internet yaratilgan bo‘lib, unda internetga ulanish, video ko‘rish yoki musiqa tinglash imkoniyatlari mavjud emas. Bu kompyuterlar bilan faqatgina matn terish, rasm chizish, buxgalteriya hisoblarini yuritish va jadvallar bilan ishlash mumkin.
#7 Ilk kompyuter sichqonchasi plastikdan yasalmagan.
1 964-yilda Doug Engelbert ilk kompyuter sichqonchasini yaratgan. Bu qurilma plastikdan emas, balki yog‘ochdan yasalgan. Sichqonchaning shakli to‘rtburchak edi va u tepa tomondan o‘ngda bitta tugmaga ega bo‘lgan. Engelbert o‘zining ixtirosini «sichqoncha» deb atashiga sabab unga ulangan simning xuddi kemiruvchilar dumini eslatgani bo‘lgan.
#8 Aksariyat odamlar USB'ni birinchi urinishda noto‘g‘ri suqadi.
F oydalanuvchilarning 86% i USB moslamasini birinchi urinishda portga noto‘g‘ri suqadi.

#9 Ilk budilnik faqat bittagina belgilangan vaqtda jiringlardi.
Levi Xatchins tomonidan 1787-yilda yaratilgan ilk budilnik soat faqat tonggi soat 4 da jiringlay olardi.1876-yilga kelibgina milini haraktlantirsa bo‘ladigan budilnik yaratilgan va shundan so‘ng budilnikni istalgan vaqtga sozlab qo‘yish imkoni paydo bo‘lgan.

#10 30-noyabr Kompyuter xavfsizligi kuni sifatida nishonlanadi.
B u sanani bayram sifatida nishonlash 1988-yilda, kiberxavfsizlik borasidagi ogohlikni oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Bu kunni bayram qilish qiyin emas. Siz ham agar 30-noyabrni nishonlamoqchi bo‘lsangiz, shunchaki, Facebook'ingizga kuchliroq parol qo‘ying!


Yüklə 125,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə