Mavzu: koordinatsion qobiliyatlar va egiluvchanlikni tarbiyalash reja



Yüklə 38,69 Kb.
səhifə2/4
tarix29.09.2023
ölçüsü38,69 Kb.
#124793
1   2   3   4
Маъруза 12

Maktab yoshidagi bolalar va yosh sportchilarning egiluvchanligini oshirish, suyaklarning egiluvchanligini rivojlantirishga yo’naltirish mashqlarining o’lchamlari (takrorlar soni)





Suyak

Takrorlar soni

O’quvchilar, yoshi

Yosh sportchilar, yoshi

Suyaklar egiluvchanligini saqlab turish bosqichi

7-10

11-14

15-17

10-14

15 dan katta

Umurtqa

20-30

30-40

40-50

50-60

80-90

40-50

Tos

25-25

30-35

35-15

40-50

60-70

30-40

elka

15-25

30-35

35-45

45-50

50-60

30-40

Bilak

15-25

20-25

25-30

20-25

30-35

20-25

Tizza

10-15

15-20

20-25

15-20

20-25

20-25

Tovon

10-15

15-20

20-25

15-20

20-25

10-15

Bo’g’imlar harakatchanligini oshirayotib, go’yoki bo’g’imlarda harakatchanlikning zahiralarini yaratayotgan o’quvchi harakatni kuch va tezlik bilan bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi.


Egiluvchanlik faol (kishining o’z mushaklari kuchlanishi hisobiga namoyon bo’ladigan) va sust (gavdaning harakatlanayotgan qismiga tashqi kuchlar - og’irlik kuchi, sherikning qarshiligi va shu kabi kuchlar qo’yilishi bilan yuzaga chiqadigan) bo’lishi mumkin.
Sust harakat tashqi kuchlar ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Faol harakat ushbu bo’g’imlar orqali o’tadigan mushak guruhlari hisobidan bajariladi.
2. Egiluvchanlik va uni tarbiyalash uslubi
Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va sust harakatchanlikning doimo ulkan zahirasini asraydi. yengil atletika, gimnastika, suzish mashg’ulotlari vaqtida bo’g’inlarda harakatchanlikni oshirishga oid mashqlar talab qilinadi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% idan foydalaniladi.
10-14 yoshda aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali egiluvchanlikni samarali tarbiyalash mumkin. Agar 14 yoshda va undan keyinroq tegishli shart-sharoitlardan foydalanilmagan bo’lsa, bo’g’imlar harakatchanligi katta qiyinchiliklar bilan oshiriladi.
10-14 yoshda bo’g’imlar harakatchanligi katta maktab yoshidagilardan ko’ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi.
Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashish darajasi bo’yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga egilishi darajasini aniqlash uchun eshakda turib oyoq tizzalarini bukmasdan oldinga imkon qadar chuqur engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo’lning uchinchi barmog’i uchigacha bo’lgan masofa o’lchanadi. Bo’g’imlardagi egiluvchanlikning yaxshi ko’rsatkichi 10-16 sm dir. Egiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichga bo’lish mumkin:
a) “bo’g’im gimnastikasi” bosqichi;
b) harakatni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichi;
v) bo’g’inlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi.
“Bo’g’im gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo’g’inlardagi harakatchanlikning faol va sust rivojlanish umumiy darajasini oshirish, balki bo’g’imlarning o’zini mustahkamlashdan ham iboratdir. SHuningdek, bog’lam va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, qayishqoqlik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida mushak-bog’lam apparati uchun mashqlar beriladi. Ushbu bosqichda barcha bo’g’imlarga “ishlov berish” amalga oshiriladi. Egiluvchanlikning rivojlanishi uchun, ayniqsa, 10-14 yoshdagi bolalarning imkoniyatlari keng ekanligini hisobga olib, “bo’g’im gimnastikasi” mashg’ulotini aynan mana shu yosh davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bo’g’imlardagi harakatchanlikni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichida sport texnikasini tezroq egallashga ko’maklashuvchi maksimal keng rivojlantirish vazifalari maqsad qilib qo’yiladi va shu asosda natijalar yaxshilanadi.
Masalan, suzish texnikasini o’zlashtirish uchun boldir va tovon suyaklarini biriktiruvchi bo’g’imda, tizza va yelka bo’g’imlarida maksimal harakatchanlikni rivojlantirish muhimdir. Biroq bu suzuvchilarning boshqa bo’g’imlaridagi harakatchanlikni rivojlantirishga ko’maklashuvchi mashq bajarishi shart emasligini bildirmaydi.
Bo’g’imlarda sust harakatchanlikning yuqori darajada rivojlanishiga bolalar maxsus mashqlar bilan 2-4 oy ichida erisha oladilar. Faol harakatchanlikning rivojlanishiga ancha ko’p vaqt talab kilinadi.
Mashg’ulotlarda kuch va cho’zilishga oid mashqlarni to’g’ri uyg’unlashtirish zarurligini alohida ta’kidlash kerak. Kuch va harakatchanlikni alohida maksimal rivojlantirish qanchalik muhim bo’lsa, ularni o’zaro muvofiqlikda berish ham shunchalik zarurdir.
Bo’g’imlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi mashqlarning har kuni bajarilishini nazarda tutadi. Agar cho’zilishga berilgan mashqlar mashg’ulotlardan chiqarib tashlansa, u holda bo’g’imlar harakatchanligi tezda yomonlashadi.



Yüklə 38,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə