Мавзу: Маълумотларни узатишни муҳофазалаш йўли орқали телекоммуникация тизимлари модемларини такомиллаштириш



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix27.09.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#124227
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

3. Modemlarni asosiy komponentlari 
Doimiy 
xotira 
kurilmasi 
(PZU) 
Kayta 
dasturlash 
xotira 
qurilmasi 
(PPZU

Tezkor 
xotira 
qurilmasi 
(OZU) 
DTE
-DCE
int
erf
eys porti
DTE
га
Ite
rf
eys k
ali
ti
ning porti
Aloka
ka
na
ll
ari
Unversal 
protsessor 
(PU) 
Rakamli 
signal 
protsessori 
(DSP) 
Modem 
protsessori 
Modem xolatining indikatorlari 


24 
Zamonaviy modem – bu murakkab qurilma bo’lib, uning ishlashini 
ta`minlovchi bir necha asosiy bloklar va komponentlardan (tarkibiy qismlar) 
tashkil topgan.
Modemni komponentlariga quyidagilar kiradi:

kontroller – siqilgan ma`lumotlarni va xatolarni korrektsiyalash 
protokollarini amalga oshiradi. Bundan tashqari modem bilan kompyuterni dasturli 
ta`minoti orasida bog`lovchi zveno bo’lib ham xizmat qiladi; 

kodek – liniyadan tushgan analog signalni raqamli ma`lumotlar oqimiga 
ikki tomonlama o’zgartirishni amalga oshiradi; 

DSQQ (doimiy saqlab qoluvchi qurilma) – xotira mikrosxemasi, o’zida 
modemni dasturini saqlab qoluvchi qurilma. Modemni oxirgi modellari maxsus 
dastur yordamida yangilash va yozilganlarini qaytadan yozish imkoniyatlari; 

OSQ (operativ saqlab qoluvchi qurilma) – operativ-tezkor xotira
mikrosxemasi bo’lib, elektr ta`minotini birinchi marta o’chirilgunga qadar saqlydi. 
OSQ – ma`lumotlar oqimini saqlash va keyinchalik ishlov berish uchun 
mo’ljalllangan.
Telefon liniyasi tomonidan birinchi qurilma bo’lib telefon liniyali interfeys 
blogi sanaladi. Ushbu blokni asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

Telefon liniyasi bilan fizik jihatdan bog`lanishni ta`minlash; 

Radioshovqin va o’takuchlanishdan himoyalash; 

nomer terish; 

qo’ng`iroqlarni fiksatsiya qilish; 

Telefon liniyalari va modem ichki zanjirlarini galvanik uzish; 

Impedansni moslashuvi. 
5 –rasmda modemni funktsional sxemasi ko’rsatilgan. Signal telefon liniyali 
interfeys blogidan keyin differentsial sistemaga tushadi. Differentsial sistema – 
chiqish va kirish signallarni ajratish uchun, signalni kirish zanjiriga ta`sirini 
kompensatsiya qilish uchun qo’llaniladi. Oddiy modem modellarida bu tugun 
passiv sxemalar ko’rinishida bajariladi, bu esa ko’pincha blokni ishlashini konkret 
telefon liniyasiga bog`likligiga olib keladi. Bu bog`liqlikni yo’qotishda aktiv 


25 
differentsial sistemalarda qurilgan modellar orqali erishish mumkin. Aktiv 
differentsial sistemalarda signalni kompensatsiyalash uchun har doim signal 
protsessori tomonidan hisoblab chiqiladi va kirish signalidan “hisoblangan” 
signal kerakli kompensatsiyalangan sathni ta`minlaydi. SHunday qilib 
tayyorlangan signal analogli-raqamli blokda bir qator filtrlarga kelib tushadi va
kuchlantiriladi, ARO’ (analogli-raqamli o’zgartirgich) yordamida raqamlanadi va 
raqamli ishlov berish uchun raqamli holga keltiriladi. Ishlov berilgan axborotlar 
raqamli signalli protsesorga (DSP) uzatiladi. Bu blokdan keyin matematik usullar 
asosida “nul” va “bir” impulslar ajaratiladi. Ushbu blokni signallarga raqamli 
ishlov berish imkoniyatlari zamonaviy modemlarni uzatish tezligi va sifatini 
aniqlab beradi.
5-rasm. Modemni funktsional sxemasi 
Interfeysni kompyuter bilan muloqoti, DSP boshqarish, siqilgan 
ma`lumotlarni va xatolarni korrektsiyalash protokollarini amalga oshirish, 
foydalanuvchini interfeysini boshqarish (indikatorlar, knopkalar, sozlash 


26 
djamperlari), xotirani mustaqil elektr energiyasi ta`minotini boshqarish kabi 
funktsiyalar modemlarni boshqarish (modem kontrollerlari) tizimini ta`minlaydi.
Bundan oldingi modemlar DSQ saqlangan mikrodasturlar endilikda ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan qayta saqlash mumkin flesh-xotiralardan foydalanishi 
qayta dasturlash imkoniyatlarini yaratdi. 
Intelektual modemlarni boshqarish uchun maxsus dasturlar EHM operatsion 
tizimlari tomonidan boshqariladigan dasturlardan foydalanilmoqda. Ushbu 
dasturlar terminal ekranida foydalanuvchi interfeysi uchun boshqarish 
funktsiyalaridan foydalanishda qulayliklar yaratadi. Bunda ishlashni boshlashdan 
oldin foydalanuvchi modem va kompyuterni o’zaro bog`lanish parametrlarini 
kiritishi mumkin. 
Ushbu bog`lanish dasturlarini modemlarni boshqarishda quyidagi bir qator 
qulayliklari mavjud: 

telefon ma`lumotlarini saqlash; 

turli modemlar uchun boshqarish komandalarini saqlash; 

boshqarish dasturlarini yozish uchun makrotilni mavjudligi; 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə