Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə3/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Ilmiy - tadqiqot metodlari.

  1. Talimga oid davlat hujjatlari, musiqa ta’limiga oid o’quv dasturlari, davlat talim standartlari, darsliklar, o’quv qo’llanma va boshqa adabiyotlarni tahlil etish.

  2. Kuzatish.

  3. Suhbat.

  4. Tajribani tashkil etish va umumlashtirish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi va nazariy ahamiyati shu bilan aniqlanadiki ta’lim muassalarida ko’p ovozli musiqaga bo’lgan qiziqishni, ijrochilik mahoratini oshirishga doir ilmiy mulohazalar va uslubiy ko’rsatmalar bitiruv malakaviy ish sifatida tadqiq qilinmoqda.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki ushbu bitiruv malakavuy ishda berilgan tavsiya va uslubiy ko’rsatmalardan ta’lim muassasalari hamda musiqa va san’at maktablarining darslarida o’quvchilarini ko’p ovozli musiqaga bo’lgan qiziqishini shakllantirish va ijro mahoratini oshirish jaroyonida qo’llash mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi hajmi: Kirish, ikki bob, to’rtta paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat.



  1. BOB. Musiqiy didni rivojlantirishda polifoniya tushunchasining nazariy va tarixiy asoslari

  1. Musiqiy didni rivojlantirishda polifoniya tushunchasining tarixiy asoslari

Musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Tarixiy manbalarga murojat etadigan bo’lsak musiqiy madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog’langanligini guvoxi bo’lamiz.

  • O’rta asr musiqasi;

  • Uyg’onish davri musiqasi;

  • Barokko musiqasi;

  • Musiqiy klassitsizm;

  • Musiqiy romantizm;

  • Musiqiy post-romantizm;

  • Musiqiy impressionizm;

  • Dodekafonizm;

  • Zamonaviy musiqa va boshqalardir.

Boshqa san’atlar kabi musiqa san’atining rivojlanishi asta-sekinlik bilan paydo bo’la boshlagan. Ibtidoiy odam o’zligini anglash jarayonida musiqa muhim o’rin tutgan. Chunki musiqa vositasida uning mashaqqatli mehnati bilan to’plagan qimmatli tajribalari, o’zini o’rab turgan atrof-muhitga bo’lgan faol munosabati yotadi. Ibtidoiy hayot tuzumi insoniyat tarixida uzoq iz qoldirdi. Arxeologik olimlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, musiqa madaniyati ibtidoiy odam tomonidan turli xil rasmlar tarzida qoya toshlarda aks ettirilgan. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, ibtidoiy odamlarning bu kabi badiiy ijodi tom ma’nodagi san’at bo’lmagan. Chunki ularning ijodi hali alohida mustaqil ish faoliyati boimay, balki mehnat va turli marosimlarning ajralmas tarkibi bo’lgan.1
Musiqa san’ati yaratgan parvardigorning qudrati ila bu olamda paydo bo’ldi, degan birlamchi g’oyalar ham ilgari surilgan. Etnografik va arxeologik tadqiqotlarga tayangan ko’plab olimlar musiqa san’ati insoniyatni ibtidoiy jamiyat davrida shakllanishi, uning bevosita mehnat va dam olish jarayoni, diniy marosimlar va harbiy yurishlar bilan bog’liq holda rivoj topishini ta’kidlaydilar. Arxeologik qazilmalar asosida qadimgi devoriy suratlarda aks etib bitilgan chizma rasmlar orqali o’lim marosimlarida ijro etiluvchi yig’i-marsiyalar, harbiy marshlar, allalar, cho’pon kuy va qo’shiqlari shu singari aynan ko’plab musiqiy janrlar mavjud bo’lgani xususida asos yaratgan.2
Musiqa, asosan, odamlami birlashtirish, ularni umummehnatga chorlashga qaratilgan edi. Masalan, jamoa erkaklarining turli xil balandliklarga ega ovoz (jangovor) hayqiriqlari ov jarayonida hayvonlami qopqonga tushirishda ulkan vosita boiib xizmat qilgan bo’lsa, qushlarni kuylashiga o’xshagan xush ohangli xushtak chalishlari ovchilarga yowoyi qushlarni tutishda yordam bergan. Musiqaning bunday o’ziga xos “vositachilik” sifati keyinchalik yer bilan ishlash jarayoni (dehqonchilik)da mehnat qo’shiqlari yaratilishiga asos bo’ldi.
Insoniyat tarixidagi qadimiy musiqa madaniyatlari Sharqda yuzaga kelgan Vavilon, Urartu, Yegipet, Finikiya mamlakatlarida shakllangan edi. Bu haqdagi ma’lumotlar eramizdan awalgi IV - III asrlarga to’g’ri kelib, Ularning tarixi juda katta davr - 30-4Oasrlami qamrab oladi. Sharq mamlakatlarining rivojlanish davrida (mil. V-III ming yil avval) musiqa madaniyatning ajralmas bo’lagiga aylanganligiga guvoh bo’lamiz. Qadimgi Misr, Suriya, Shumer, Bobil, Hindiston va Xitoy mamlakatlarining saroy marosimlari musiqasiz o’tkazilmagan. Musiqaga ilohiy va afsungar qudratga ega bo’lgan tirik jonzotlar, xudolar, tabiat va koinotga o’z ta’sirini o’tkazuvchi mo’jizakor kuch sifatida qaralgan. Qabila bo’lib xalq orasida yashaydigan qullar ustidan hukmronlik, dengizda, orollarda talonchilik, yovvoyilik paydo bo’la boshladi. Qadimiy davlatlar uzoq vaqt ibtidoiy hayot tarzini saqlab yurdilar. Lekin yangi davlat - ishlab chiqarishni yangi kuchini-qullik mehnatini boshqardi. Qullik juda katta qurilishlarga sabab bo’ldi. Qadimiy davlatlarda saroylar, ehromlar, kemalar qad ko’tardi. Bu yerda birinchi bo’lib, fan, astronomiya, matematika, tibbiyotga tamal toshi qo’yildi. Qadimgi yozuvlar (Vavilon mixxati, Yegipet iyeroglif xatlari) paydo boidi. Inson ongida ham ancha o’zgarishlar yuz berdi. Inson birinchi bor yerdagi qimmatbaho boyliklami yaratuvchisiman, deb o’ziga baho berish bilan birga, tabiat bilan raqobatlashaman deb o’ylay boshladi. O’sha davrda mamlakatlarda har xil afsonalar to’qilgan. Jumladan, mahluqlami yenggan mard bahodirlar, xudolami sirini ochgan qahramonlar haqida juda ko’p afsonalar to’qilgan (masalan, vavilonlarda Gilgamesh, greklarda Prometey). San’at bu chegarasizlik hukmronligi ustidan g’olib keldi. Qulchilik davrida mamlakatlarda san’at professional darajagacha yetib bordi. Bunda rassomlar, arxitektorlar, musiqachilar mehnati alohida o’rin egallab, bunday badiiy qimmatbaho narsalar yaratuvchisi, ustalar turli imtiyozlarga ega bo’lishdi. Boshqa san’at turlari singari musiqa ham bevosita saroyga xizmat qilganligi bizga tarixdan ma’lum. Musiqa - diniy marosimlarga, saroydagi marosimlarga o’zgacha yorqinlik, zavq-shavq, hashamatlilik ko’rsatishi kerak edi.
Qo’shiq va raqslar avloddan avlodga o’tib, avvalgidek odamlar hayotining bir bo’lagi bo’lib qoladi. Shunday qilib, san’at ikkiga bo’lingan: xalq san’ati va professional san’at. Vavilon, Siriya, Misr va Qadimgi Sharq davlatlarida juda katta professional musiqachilar ansambllari bo’lgan. Cholg’ulardan eng ko’p rivojlangan urma-zarbli cholg’ular (katta va kichik barabanlar, tarelkalar va boshqalar), puflama-damli cholg’ular (fleyta, truba, shox, sibizg’a), torli-kamonli cholg’ular (arfa, lira, lyutnya) edi. Bu cholg’ular juda ko’p davlatlarda har xil turda, turlicha ko’rinishda bo’lgan. San’at - mashhur boy zodagonlarning uylarida o’yin-kulgu, qo’shiq raqs, cholg’u sozlarida chalish bilan birga insonga xursandchilik olib kelishda, hayotda zavqlanishga olib keldi va gullab yashnadi. Qadimiy san’at madaniyati sinkretizm ruhida sug’orilgan. Musiqa avvalgidek so’z bilan qo’shiq o’yin, pantomima bilan hamohang yurdi.
Qadimgi Misr - Oziris xudosiga bag’ishlangan misteriyasida sinkretik xarakter yotadi. Bu teatrlashtirilgan ko’rinishda, uning o’limi va qayta tirilishi tarixi ko’rsatilgan. Ular marosimli raqslar, aza-yig’i qo’shiqlarini qo’shishgan. Bu musiqaning tili ham boyib bordi. Qadimgi Iudeyada masalan: xor antifon kuylashlar (xor ikkiga bo’lingan bir-birlariga qarama-qarshi gruppalar ketma-ket, navbatmanavbat chiqishgan) urfga kirgan. Ehrom bayramlarida ohanglami yorqin, samarali, hashamatli chiqishiga ahamiyat berishib, yakkaxon kuylash qayta ishlab chiqilgan. Yakkaxon kuylashni ajoyib namunalaridan biri bu - mashhur David psalmasidir. Bu borada, Injil bizgacha undagi matnlarni yetkazib bergan, lekin ular shoirona - musiqali asar sifatida yaratilgan. Kuylar jo’rlikda cholg’u sozlarida ijro etilgan. Shu tariqa kuylash psalmalashtirish deb atala boshlangan. Bu davming badiiy amaliyotida musiqa tilining keyingi rivojlanish bosqichi sodir bo’la boshladi. Pentatonika keng tarqala boshladi, melos turli tarzda shakllanib bordi, cholg’Ularning tembrlaridan yorqinroq foydalana boshlandi.3
Musiqa - atamasi lotincha so’zdan olingan boiib, muzalar (ilhom parilari) san’ati degan ma’noni anglatadi. Musiqa - bu ohang san’ati bo’lib, borliqni tovushlar orqali ifoda etadi. Musiqiy badiiy jarayon tovushli matn (tovush balandligi, cho’zimi, tembri va jarangdorligi)ga qaratilgan. Tovushli matn - insonni eshitish taassurotlari bilan bog’liq ichki hissiy olamini aks ettiruvchi fikrni o’ziga xos obrazli talqinidir. Musiqani rivojlanish tarixi bevosita insonni hissiy qobiliyatini o’sishi (musiqaning estetikasi) hamda o’zgaruvchan madaniy muhitda tovushli matnni eshitish orqali o’zlashtirish jarayoni bilan bog’liq. Yevropa musiqa tarixining ilk davri aynan Qadimgi Yunon madaniyati rivoji bilan bevosita bog’liq. Antik musiqa madaniyati katta tarixiy davmi (miloddan avvalgi V asrdan, to milodning III asrigacha) qamrab oldi. Antik san’atda - hayotga irodalilik va muhabbat, hayotiylik, yerdagi dramatizm hamda garmonik insonni go’zalligi o’z ifodasini topadi. Antik san’atning mukammal mavzusi sifatida inson tanasi tanlangan. Antik tragediyalari esa san’atni sinkretik birligini gavdalab beradi.

Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə