Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə5/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Uyg’onish davri musiqa san’ati. “Uyg’onish” deganda, o’rta asrda jamiyatni mudrab yotgan ongi uyg’onishi, antik davr san’ati va ijtimoiy hayotning qayta jonlanib tiklanishi, kuch-quvvatga to’lib, o’rta asr zulmatidan ozod bo’lgan yangi davr kelishini namoyon etgan. Uyguonish davri buyuk jug’rofiy kashfiyotlari bilan dunyo haqida inson tasavvurlarini butkul o’zgartirdi. Qadimdan qolib ketgan diniy qoidalardan voz kechish, o’z navbatida, ilm sohasining dadil rivojlanishi va gullashiga, jamiyatda shakllangan yangi erkin samarali iqtisodiy munosabatlar yangicha ko’rinishda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy qadriyatlarni rivoj topishiga turtki berdi. Asta-sekin “gumanizm" (humanus - lotinchadan insoniylik) nomi bilan ataluvchi yangi insoniyattafakkuri shakllandi.
Shunday sharoitda tasviriy san’at, adabiyot va musiqa san’ati ham gurkirab rivoj topdi. Agar o’rta asr musiqa san’atida muallifning shaxsiy uslubi imkon qadar bostirilib, yo’qqa chiqarilgan bo’lsa, bu davrda aksincha, uning timsoli birinchi darajaga ko’ tarilib, iqtidorini yangicha nazar bilan baholandi. M a’lumki, avvallari jamiyatda “rassom”, “kompozitor” kabi tushunchalar katta ahamiyat kasb etmagan.
Darhaqiqat., Rafael, Leonardo da Vinchi tasviriy polotnolariga, Mikelandjelo haykallariga e’tibor qaratganimizda, ularda inson va uning qadr-qimmati alohida bo’rttirilib namoyon qilinganining guvohi bo’lamiz. Djovanni Pyerluidji va Palestrina, Josken Depre, Ioxaness Okegem va Orlando Lasso musiqiy asarlari yuqori, aniq va yuksak insoniy hissiyotlar tizimini aks etuvchi yangi davr tarovatini namoyon etadi.
Ushbu davrda o’ziga hosligi bilan ajraluvchi yangi milliy musiqa maktablari shakllandi. Shular qatorida Niderland (Frankflamand maktabi nomi bilan ham e’tirof etiladi) polifonik maktabi - G. Dyufai, I. Okegem, Ya. Obrext, J. Depre, O. Lasso nomi bilan; nitalyan milliy maktabi - Dj. Palestrina, Dj. Gabriyeli; ispan maktabi K. Morales va T. de Viktorirya; ingliz maktabi - U. Byord va T. Talis; nemis maktabi - X. L Xasler, L. Zenfl; polyak maktabi – Shamotulli Vatslav, Lvovli Marsin, M. Zelenskiy; chex maktabi - Y. Turnovskiy, K. Garant kabi kompozitorlar nomi bilan mashhur. Ushbu kompozitorlar ijodida cherkov va dunyoviy musiqiy janrlar, jumladan, messa, motet, madrigal, qo’shiq va turli xil raqslar (pavana) keng rivoj topadi. Dunyoviy va cherkov musiqasida ko’p ovozlikning eng yuksak ko’rinishi -polifoniya yuqori cho’qqilarga qadar ko’tariladi. Barokko davri musiqa madaniyati. XVII asr va XVIII asr boshlari musiqa tarixida katta ziddiyatlar va o’zgarishiar ro’y berishi bilan belgilandi. Fransuz “Quyosh” qiroli Lyudovik XIVning hukmronlik davri, Angliyada Oliver Kromvel boshchiligidagi burjua inqilobi kapitalizm davrida yangi bosqichni namoyon etdi (1642-1660). Absolyutizmga qarshi chiqqan ijtimoiy harakat (1648-1653) “fronda” nomi bilan mashhur bo’lib, urush davri (1618-1648) o’zining safiga ko’plab Yevropa mamlakatlarni jalb etib, nihoyat, Vestfal tinchligi bilan yakun topdi va Gabsburglar hokimiyatini xonavayron bo’lishini anglatdi.
XVII asrda ro’y bergan ijtimoiy notinch voqeliklar badiiy madaniyatda, adabiyot va san’atda o’z aksini topdi. San’atkorlar e’tibori nafaqat jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar, balki inson, uning ichki olami birinchi o’ringa ko’tarilib, san’at asarlari mavzusiga aylandi.
Ayniqsa, bu “barokko” uslubi deb nom olgan yo’nalishda yorqin ifodasini topdi (italyan tilidan “ajoyib”, “g’aroyib” deb izoh etiladi).

Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə