Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə6/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Barokko uslubi vaqtincha hokimlikni qo’ldan boy bermagan feodal doiralarda keng gullab-yashnadi. Italiya, Ispaniya, Germaniya mamlakatlarida bu hol kapitalistik munosabatlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Adabiyot va san’atda barokko saroy ahlining o’zini yorqin dabdabadorlik bilan burkab, o’zining kuch-qudrati, noziktaabligini baralla ovoza qilishdan iborat bo’lgan. Bu borada katolik va protestant cherkov namoyandalari qo’shgan hissalari nihoyatda katta. Ammo tashqi ko’r-ko’ronalik tagida ilg’or san’at namoyandalari jamiyatda aks etgan hayajon, noilojsizlikni haqqoniy va ifodaviy yoritib bera olganlar. Hayotiy idrokning yorqin dramatizmi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at asarlarida fojiaviy mavzularga murojaat qilinishida ko’rinadi, Aynan XVII asr va XVIII asrning birinchi yarmida yangi davr san’atida muhim rol o’ynagan yangi janr -operaning rivojlanishi Yevropa mamlakatlarining madaniyatida alohida voqelikka aylandi.
XVII asr g’arb - yevropa cholg’u musiqasi. Ijodning mustaqil sohasi bo’lgan cholg’u musiqasi o’z o’rnini birdaniga topa olmadi. Uzoq vaqt qo’shiqqa jo’rlik qildi. XVII asrda musiqa bilan shug’ullanishdagi turli shakllar - turmush va konsert ijrochiligining jadal rivojlanishi tufayli sezilarli darajada burilish yuz berdi. Bu jarayonni polifonik va gamofonik musiqaning parallel rivojlanishi sifatida tasavvur qiiish mumkin.
Polifoniya (ko’p ovozli ma’nosini anglatadi) - bir nechta bir xil ahamiyatga ega bo’lgan tovush yo’nalishining uyg’unlashuvi. Shu bilan polifoniya monodiyadan - bir ovozlikdan farq qiladi, monodiyada kuy bir yoki bir necha ovoz unison bo’lib ijro etiladi. Ko’p ovozli uslubning asosiy ko’rinishlari - gomofonik va polifonik uslublaridir. Gomofonik uslubda barcha ovozlar ustidan bittasi, asosiysi ustunlik qiladi, u kuyni boshqaradi, boshqalari bo’ysunuvchi ahamiyatga ega. Polifonik musiqada bosh va bo’ysunuvchi, melodik va jo’r bo’luvchi ovozlar yo’q, ularning har biri mustaqil ahamiyatga va o’zining rivojlanish yo’nalishiga ega.
XIV-XV asrlarda polifoniya yuksak san’at darajasiga ko’tarildi. O’sha davrning o’zida ko’p ovozli musiqa “kontrapunkt” (“nota-notaga qarshi”) nomini oldi.

Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə