Mavzu: Musiqiy didni rivojlantirishda ko’p ovozli musiqaning o’rni



Yüklə 277,86 Kb.
səhifə7/20
tarix12.06.2023
ölçüsü277,86 Kb.
#116775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
BMI Hasanova Ma\'muraxon 19.30

Kontrapunkt - bu kuyni boshqarib borishning muayyan tizimi, bir nechta kuyni birga, o’zaro kelishuvdagi uyg’un sadolantirish san’ati. Polifoniyaning eng muhim belgisi imitatsiyadir. Imitatsiya so’zi taqlid ma’nosini bildiradi. Polifoniyada bu ovozlarning navbat bilan o’z ijrosini boshlashi, unda har bir ovoz ma’lum vaqt o’tgandan so’ng o’sha kuyni takrorlaydi. Cholg’u polifoniya birinchi navbatda organ musiqasining rivojlanishi bilan bog’liq.
XVII asrda cholg’u musiqasi, xususan, organ polifonik musiqasi o’zining yetuk darajasiga erishdi. Asosiy janrlarning rivojlanish yo’nalishi aniqlandi: turli uslub va xarakterdagi epizodlarning erkin uyg’unligini o’zida namoyon etuvchi improvizatsion yo’nalish; imitatsiya tamoyillariga hamda izchillikka qat’iy rioya qiluvchi yo’nalish. Improvizatsiya turidagi pyesalarga - prelyudiyalar, fantaziyalar, tokkatalar kiradi; imitatsion uslubdan fuganing shakllanishi boshlanadi. Barcha janrlarning tugal shakllanishi I.S. Baxning ijodida ko’rindi.
XVI - XVIII asrga kelib Yevropa shaharlari raqslari nihoyatda rang-barangligi bilan farq qiladi, Ularning qatorida vazmin, sokin harakatli (pavana, allemanda, sarabanda, chakona), o’rta-tez, sirpanuvchi (kuranta, menuet), turli sakramlar, tez irg’ishli (galyarda, burre, gavot, jiga) raqslari o’rin olgan. Raqslarning deyarli har biri xalq ichidan chiqqan bo’lib, shahar shart-sharoilida birmuncha o’zgarib, o’zini xalqchil negizlaridan uzoqlashib borgan. Aristokratlarning ulug’vor kuchini ko’rsatish maqsadini ko’zlagan va saroy marosimlarining asosiy qismiga aylangan bu raqslar jonli va xalqchil soddalik belgilaridan yiroqlashib, dabdabali ko’rinishga ega bo’ldi. Xususan, yirik aristokratlar saroyida xizmat qilgan kompozitorlar ijodida yangi raqslarni yaratish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, knyazlarning tantanavor chiqishlari, kelinlarni cherkovga kuzatish, ruhoniylarni diniy chiqishlari kabi hodisalar g’ururli “pavana" yoki “paduana” raqslari jo’rligida o’tgan. Bu raqslar bilan, shuningdek, saroy ballari va maskaradlari ochilar edi. Tahmin qilishlaricha, pavana so’zi lotinchadan “pavo”, ya’ni tovus degan ma’noni biidirgan, chunki raqqoslai o’zining “boy kiyim-ust boshlari va dabdabaii vazmin harakatlari bilan tovus qushini eslatganlar” (tarjima bizniki-T. R.). Shahar ballari va majlislarni o’sishi bilan pavana oldingi xarakterini yo’qotib, birinuncha sodda va harakatchan bo’lib qoldi. Bunday o’zgargan holatda u allemanda (nemis) jamoalikka mos sekin raqsning tug’ilishiga turtki berdi.
XVII asrlarda vazmin turdagi raqslardan bo’lgan sarabanda mashhurlikni qozondi. Sarabanda uch xissali, ispan-mavritan ildizlari mavjud bo’lgan va akkordli jo’rnavozlik bilan ijro etiladigan raqsdir. Bu raqsni g’amgin, motam va bosiq shiddatli xarakteri kechki yuz yilliklarning motam marshlariga yaqin bo’ldi.
Kompozitorlar sarabandaning ritmiga o’z ijodlarida ko’p murojaat qilganlar. Masalan, K.V.Glyuk o’zining “Orfey” operasida, o’liklar saltanatidagi Evridika soyasining g’amgin raqsida sarabandaning il’odaviy xususiyatlarini qo’lladi. Betxoven esa “Egrnont” uvertyurasini XVI asr ispan hukmronligida bo’lgan Niderland davlatini aks ettiruvchi g’amginqayg’uli sarabanda mavzusi bilan boshlagan. Sarabandaning turlari qatoriga chakona va passakalya raqslari kiradi. Bu raqslarning musiqasi - bas ovozida takrorlanuvchi bitta mavzu va bir nechta variatsiyalardan tashkil topadi. Chakonada (“doimo o’sha”, ya’ni “o’sha bas ovozi” ma’nosi) bosh mavzu ko’p hollarda pastga harakatlanuvchi ko’rinishda beriladi. Bu raqs belgilari yorqin holda Betxovenning “32 variatsiya’’ mavzusida namoyon bo’lgan.
Birmuncha tantanavor va vazmin passakalya (ispan so’zidan ko’chani o’tish, yurish ma’nosini anglatadi) ko’chada o’tkazilayotgan yurish va marosimlarning sharafli marshi bo’ldi. Ko’p holatlarda passakalya raqsi bilan shahar majlislari yoki ballari yakunlangan. Bu holatda bas ovozidagi takrorlanuvchi, past harakatli kuy uy bekalarini mehmonlar bilan xayrlashuvini aks ettiradi. Qadirngi vazmin suratdagi raqslar o’rtacha, tez yoki harakatchan raqslar bilan ketma-ket almashinib turganlar. Shunda pavanadan so’ng galyarda (yoki saltarella) italyancha sho’x va jonli raqs ijro etilar edi. Pavana va galyarda bir-birini kontrastli bo’yoqlar bilan to’ldirib borgan. Keyinchalik pavana o’z o’rnini allemandaga, galyarda esa kuranta (fransuzcha raqs, uch xissali o’lchovda, ancha silliq harakatli)ga bo’shatib berdi.
XVII asrda saroy ahlining va byurgerlarning maishiy hayotida ular muhabbatini qozongan raqs menuet bo’ldi. O’tmishda fransuz xalq davra raqsi bo’lgan menuet, saroy sharoitida o’z ko’rinishini o’zgartirib dabdabali, bo’rttirilgan (egilishlar, reveranslar va o’tirib-turishlar) bal raqsiga aylandi desak, mubolag’a bo’lmaydi.
XVIII asrda esa bu raqs yuqori tabaqali jamoa qatlamini xarakterlovchi musiqiy mavqeyiga ega bo’ldi. Jumladan, Motsartni “Figaroni uylanishi” nomli operasida bosh qahramon Figaro kekkaygan amaldor Almavivani “burnini ishqab qo’yislr’ maqsadida menuet ritmdagi kavatinasini kuylaydi.
XVIII asrning boshida menuet Rossiya davlatida Pyotr I uyushtirgan assambleyalarda ijro etilgan. Bu raqs turiga XVII-XVIII asrning ko’plab kompozitorlari murojaat qildi. Masalan: Jan-Batista Lyulli menuetni o’z opera-balet spektakllariga; Bax va Gendel - cholg’u syuitalariga kiritadi. XVIII asrning ikkinchi yarmida bu janr sonata, simfoniya va kvartetlarga sonata-simfonik turkumining bir qismi sifatida kiritiladi. Tezkor, sho’x, sakrashlar bilan ijro etilgan raqslar XVII-XVIII asrlarda ochiq havoda o’tkazilgan turli tantanavor bayramlarning (dehqon, ustalar va boy bo’lmagan shahar aholisi qatnashgan) asosiy qismini tashkil qilgan.
O’sha davrda talpinuvchi jiga, burre, gavot juda mashhur bo’lgan. Burre - Fransiya qishlog’i Overn o’rmonchilarining qadimgi raqsi bo’lib, “yog’ochlarning bir vog’i” degan ma’noni anglatadi. Raqs tushganlar har bir uchinchi taktdan so’ng, oyoqlari bilan qattiq to’pillatib, keskin sakrab harakat qilishgan. XVII asrda katta o’zgarishlar bilan bu raqs saroy va Lyullini opera-balet raqslari qatoridan o’rin oldi. Lyulli davrida yana bir tez, sho’x fransuzcha raqs - to’rt xissali (takt oldi ikki xissali) bo’lgan gavot ham keng tarqaldi. I.S. Baxning “gavoti” bunga misol bo’lishi mumkin. Gavotni o’rta qismini myuzet tashkil etadi. Pastoral xarakteridagi myuzet raqsiga jo’rnavoz bo’lgan ohang xalq cholg’usi volinka (myuzet)ni eslatgani uchun, shu nomni ham oldi. Shu qatorda qadimgi provansal raqsi bo’imish rigodonni ham eslab o’tish joiz.
Bosmadan chiqarilgan bir qator to’plamlar kuylash yoki uy sharoitida musiqiy cholg’ularda (lvutnya, arfa. klavesin, skripka) ijro etiladigan raqs pyesalaridan tashkil topgan. Turli xarakterdagi kontrast raqslarni taqqoslanishi qadimgi raqs syuitasi asosida yotadi. Qadimgi raqs syuitasi XVII asr italiyan lyutnyachilari va fransuz klavesinistlari ijodida shakllandi. Syuita asosini to’rtta raqs tashkil etgan: allemanda - o’rtacha-vazmin; kuranta - harakatchan; sarabanda - juda vazmin; jiga - juda tez. Gohida sarabanda va jiga oralarida boshqa raqslar ijro etiladi: burre, gavot va menuet, qadimgi polonez. oz-moz kechroq esa anglez (kontrodans) ham. Syuitalarni nafaqat yakkasoz, balki cholg’uchilar orkestri uchun ham mo’ljallab yozilgan.
Syuita musiqasi endilikda raqs harakatlari uchun jo’rnavozlik vazifasini bajarmaydi. Paydo bo’lgan raqs shakllari syuitada o’zining amaliy mavqeyini yo’qotib, yuqori badiiy ma’no bilan boyitildi. Keyinchalik syuita tarkibiga raqs shaklida bo’lmagan musiqa ham kirib bordi. Buyuk nemis kompozitorlari Bax va Gendel ijodida qadimgi raqs - syuitaning eng yuksak namunalari yaratildi. Ularning syuitasidan oldin uvertyura, prelyudiya yoki variatsiyali ariya ijro etilgan.
Italiyada skripkachilar maktabiga asos solgan Arkandjelo Karelli syuitani qadimgi sonata bilan yaqinlashtirdi. U sonataning bir qismini raqs xarakterida yozgan edi: sarabanda, menuet, jiga. Karelliasarlari - bu katta konsert pyesalaridir, ularda raqs o’zining xalqchil, maishiy raqs musiqasi bilan boMgan aloqalarini butunlay uzadi. Kompozitor asarlarida qo’llagan raqsning nomini ham kiritmay, faqat temp bilan belgilab o’tadi: adajio (vazmin), andante (shoshmay), vivace (juda tez harakatli).

Yüklə 277,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə