Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


-MAVZU:Korreksion (maxsus) pedagogika. Ta’lim menejmenti



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə76/80
tarix30.12.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#165438
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Mavzu pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning me

14-MAVZU:Korreksion (maxsus) pedagogika. Ta’lim menejmenti.
Reja:

  1. Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.

  2. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari.

  3. Nutqida nuqson bo‘lgan, eshitish, ko‘rish qobiliyati buzilgan va tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish yo‘llari.

  4. Inklyuziv ta’lim va uningmaqsad va vazifalari.

  5. Ta’lim muassasasini boshqarish haqidatushuncha.

  6. Boshqarish funktsiyalari.Boshqaruv metodlari va usullari.

  7. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasining boshqaruv organi sifatida.

  8. Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari.Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish yo‘llari.

  9. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi.Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash yo‘llari



Tayanch tushunchalar:korrektsiya, korrektsion pedagogika, korrektsion pedagogika sohalari, anomaliya, korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari, inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog..
1.Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya- yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarinio‘rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:


Pedagogik lug‘atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi14.


Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.
2.Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
-rivojlanishida turli kamchiliklar bo‘lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
-differentsatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish;
-anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
-rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqish;
-bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
-anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
-anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish.
3.Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.Anomal o‘quvchilar bilan olib boriladigan korrektsion ishlarning asosiy yo‘nalishlari.Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish – murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korrektsion ishlar quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1. Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalar bilan korrektsion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korrektsion-pedagogik ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan korektsion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o‘quv-metodik bazasi yaratish.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korrektsion ishlar tamoyillari va metodlari. Rivojlanishida kamchiliklar bo‘lgan bolalar maxsus, korrektsion-rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiyaga muhtoj bo‘ladilar. Anomal bolalarga yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi, bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korrektsion ishlarni amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan sonli va sifatli ko‘rsatkichlarini aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o‘qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida korrektsion-rivojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar (PMPK) shug‘ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o‘z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o‘z vaqtida yaratib berishdan iborat bo‘lib, u bolani izchil va batafsil o‘rganish, uning yo‘lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o‘rganish tamoyili bolaga tashhis qo‘yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo‘yicha olingan ma’lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo‘lsa, bola qayta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish tamoyili bolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o‘rganish uning o‘quv, mehnat va o‘yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o‘rganish tamoyilga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o‘qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vo‘gotskiyning “yaqin rivojlanish zonasi” - bolalarning o‘qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta’limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo‘lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qa’tiylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta’lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
Rivojlanishida mavjud bo‘lgan chetlanishlar darajasiga ko‘ra differentsatsiyalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).
8. Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va ularga korrektsion yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsulьtatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.
Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim differentsial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular syujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak bo‘lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni o‘tkazishda bola haqida zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
4.Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari. Aqli zaiflikni o‘rganish bilan bog‘liq masalalar korrektsion pedagogikada (defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qorinidaligi miyasi shikastlangan bolalar.
Tug‘ilishi paytida yoki tug‘ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994 yilda aqli zaiflikning quyidagi to‘rt darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam), o‘rtacha, og‘ir va chuqur darajalar.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar. Aqli zaif bola bilan korrektsion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o‘z vaqtida o‘tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korrektsion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog‘chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog‘chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o‘qitish maxsus bolalar bog‘chasidagi kabi maxsus dastur bo‘yicha olib boriladi.
5.Nutqida nuqson bo‘lgan, eshitish, ko‘rish qobiliyati buzilgan va tayanch-harakat apparati buzilgano‘quvchilarni korrektsion o‘qitish yo‘llari.
Nutqida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo‘lgan muhim psixik funktsiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to‘ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, oldini olish va korrektsiya bilan korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so‘z va paideia - tarbiyalash) shug‘ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o‘z-o‘zilan yo‘qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korrektsion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:
-tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;
-psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.
Tibbiy-psixologik turda ko‘riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:
-og‘zaki nutqning buzilishi;
-yozma nutqning buzilishi.
Og‘zaki nutqning buzilishio‘z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:
-nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;
-fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo‘llashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo‘naltirilgan korrektsion-rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko‘ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi) ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo‘llashdagi buzilishlar.
Eshitish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Eshitish qobiliyatining buzilishi sabablari, ularni turlarga ajratish. Anomal bolalar orasida eshitish qobiliyati turli darajada nuqsonli bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil etadilar. Eshitish – borliqni tovushli hodisalar shaklida aks ettirilishi, inson (tirik jonzod)ning tovushlarni anglash va farqlash qobiliyati. Eshitish eshitish organi yoki tovush analizatori (tovush ta’sirini qabul qiluvchi va ajratuvchi murakkab nerv tizimi) yordamida amalga oshiriladi.
Eshitish qobiliyatining buzilishi ko‘p hollarda muddatli bo‘ladi. Masalan, o‘rta qulog‘ning tashkil topishi, shamollash, oltingugurt to‘siqlarining yuzaga kelishi, tashqi va o‘rta qulog‘ining anomal tuzilishi (quloq suprasining bo‘lmasligi yoki yetarlicha rivojlanmaganligi, eshitish yo‘llarining bitib qolishi, quloq pardasidagi nuqsonlar va boshqalar) kabi holatlarda. Zamonaviy meditsina ularni davolashning samarali metodlariga ega. Ular qatoriga konservativ va operativ metodlarni kiritish lozim. Odatda samarali davolash, ba’zan uzoq vaqt davolash tadbiri olib borilganda eshitish qobiliyati tiklanadi.
Eshitish qobiliyatining buzilishiga yuqumli kasalliklar bilan og‘rish, zaharlanish, akustik yoki kontuziyali jarohatlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Qulog‘i og‘irlik yoki karlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: nasliy, tug‘ma va kelib chiqqan tarzda turlarga ajratiladi. Yoshlikda eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keluvchi sabablar orasida quyidagilari alohida ko‘rsatiladi: homiladorlikning birinchi uch oyida onaning virusli kasalliklar bilan og‘rishi (qizamiq, kor, gripp, gepatit viruslari va boshqalar), rivojlanishdagi tug‘ma nuqsonlari (masalan, labi va tanglayidagi yoriq), chala tug‘ilish, kichik vaznli tug‘ilishi (1500 dan kam) hamda yomon tug‘ilishi kabilar. Eshitish qobiliyatining buzilishiga homiladorlik davrida onaning spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilishi, antibiotiklarni qabul qilishi ham sabab bo‘lishi mumkin. Karlikning nasliy o‘tishi holati juda kam kuzatiladi.
-Eshitish qobiliyatidagi kamchiliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
-eshitish qobiliyatining zararlanganlik darajasi;
-eshitish qobiliyati zararlanganda nutqiy rivojlanish darajasi;
-eshitish qobiliyatida buzilishning yuzaga kelish vaqti.
Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlarga ko‘ra eshitish qobiliyatining buzilishi qulog‘i og‘irlik va karlik kabi guruhlarga ajratiladi.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida korrektsion o‘qitish. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan surdopedagogika shug‘ullanadi. Surdopedagogika (yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi korrektsion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Eshitish analizatorining normal ishlashi bolaning umumiy rivojlanishi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Eshitish analizatori buzilganda bolaning nutqi, psixologik rivojlanishi yomonlashadi, idrok etish faoliyati, umumiy rivojlanishi ortda qoladi. Statistik ma’lumotlariga qaraganda eshitish organi funktsiyasi buzilgan va eshitmaydigan bolalar soni doimiy ravishda ortib bormoqda.
Ayni vaqtda surdopedagogika oldida quyidagi vazifalar turibdi:
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslar, ularning individual xususiyatlari, shuningdek, eshitishi, nutqi buzilishi xususiyatiga ko‘ra ularni o‘qitish qonuniyatlarini pedagogik jihatdan o‘rganish;
- eshitish qobiliyati buzilgan turli kategoriyadagi bolalar uchun maxsus ta’lim mazmunini ishlab chiqish, uni ilmiy jihatdan asoslash va amaliy amalga oshirish;
- eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarni o‘qitishning didaktik va maxsus metodikalarini yaratish;
- qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha maxsus ta’lim texnologiyalarini yaratish, pedagogik sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va boshqalar.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Ko‘rish qobiliyati buzilishi turlari, ularning sabab va oqibatlari. Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash xususiyatlari bilan tiflopedagogika shug‘ullanadi (yunoncha «typhlos» – ko‘r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Ko‘rish - ko‘rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko‘rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma’lumotlarni oladi.
Bolaning ko‘rish qobiliyati buzilganda uni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash jarayonlarida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Bolalarda ko‘rish qobiliyati buzilishining sabablari turlicha bo‘lib, ular nasliy kasalliklar, homila ona qorinida rivojlanayotganda ko‘rish organlari patologiyasining yuzaga kelishi, homiladorlik paytida onaning tokeplazmoz, qizamiq va boshqa og‘ir kasalliklar bilan og‘rishi va hokazo omillardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish qobiliyatining buzilishi tug‘ma yoki orttirilganbo‘ladi.
Tug‘ma ko‘r bo‘lishhomilaning zararlanishi sababli yuzaga keladi. Ko‘rish nuqsonlarining yuzaga kelishida nasliylik ham ko‘zga tashlanadi.
Orttirilgan ko‘rlik odatda ko‘rish organlari – to‘r pardasi, shoh parda yoki markaziy nerv tizimining kasallanishi (meningit, miya shishi, meningoentsifalit), organizmning umumiy kasallanishidan keyingi asoratlari (kor, gripp, skorlatina), shuningdek, miya yoki ko‘zning jarohatli shikastlanishi (boshi yaralanishi, shikastlanishi) oqibatida bo‘lishi mumkin.
Ko‘rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
-ko‘r tug‘ilganlar.
-erta ko‘r bo‘lib qolganlar;
-uch yoshidan keyingi ko‘r bo‘lib qolganlar.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni ommaviy, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida korrektsion o‘qitish va tarbiyalash. Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash masalalari bilan tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» – ko‘r) – korrektsion pedagogika (defektologiya)ning yana bir sohasi shug‘ullanadi.
Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar bilan ish olib borayotgan o‘qituvchi korrektsion ishlarning o‘ziga xos jihatlarini bilishi zarur.
O‘qituvchi o‘quvchining doska, jadval va xaritadagi o‘quv materiallarini qabul qilishi va tushunishini nazorat qilib borishi kerak. Anomal refleksiyali bolalarda ko‘zi charchashi ko‘p kuzatiladi. Shuning uchun dars paytida ularga ko‘rish ishlarini boshqa turdagi ishlar uyg‘unlashtirib berishi zarur. Anomal refleksiyali bola 10-15 minut davomida intensiv ko‘rish ishlarini bajargandan keyin bir necha minut uzoqqa (doska yoki derazaga) qarashi kerak, bu ko‘rish charchog‘ining bartaraf etilishiga yordam beradi.
Ko‘rish qobiliyati ancha og‘ir bo‘lgan – ko‘r va yomon ko‘radigan bolalarni o‘qitish maxsus ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ba’zan ko‘rish qobiliyati og‘ir buzilgan bolalar ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktablariga qabul qilinadilar. Bunday vaziyatda anomal bolalar uchun maxsus sharoitlarni yaratish zaruriyati yuzaga keladi.
O‘z sinflarida og‘ir ko‘rish qobiliyati buzilgan bola bo‘lgan o‘qituvchilar bolaga differentsial yondashuv asosida munosabatda bo‘lishlari zarur. Buning uchun sinfdagi o‘quvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi, sinf xonasi yaxshi yoritilgan, ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan bolaning ish o‘rni esa ko‘shimcha yoritilgan bo‘lishi kerak. O‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘qituvchining nutqi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning nutqi aniq, tushunarli, ifodali bo‘lishi zarur. O‘qituvchi o‘zining har bir harakati mohiyatini so‘z yordamida sharhlab borishi,
Sinfida ko‘r yoki yomon ko‘radigan bola bo‘lgan o‘qituvchi ularning individual xususiyatlari va imkoniyatlarini bilishi, ular normal ko‘radigan tengdoshlaridan farq qilishlarini yaxshi anglashi maqsadga muvofiqdir.
Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish. Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish sabablari. Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-harakat apparati funktsiyalarining buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar tserebral paralichi (BTSP), poliomielit);
2) tayanch-harakat apparatining tug‘ma patologiyasi; sonning tug‘ma chiqqanligi; bo‘yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa nuqsonlari; umurtqa pog‘onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo‘l yoki oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo‘li barmoqlarining anomal rivojlanishi; artrogripoz (tug‘ma mayiblik);
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa miya, bosh miya va qo‘l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomielit), skelet tizimi kasalliklari (raxit, xondodistrofiya).
6.Inklyuziv ta’limva uning maqsad va vazifalari.Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi: ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korrektsion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilarning ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish;
jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mexr-muhabbat munosabatini shakllantirish.
Inklyuziv ta’limda resurs pedagog va uning vazifalari.Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o‘qitish maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi. Inklyuziv ta’lim amaliyotda maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘lishi mumkin. Hamma vaqt resurs o‘qituvchi sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishi va bu maxsus ta’lim sohasida mutaxassislikka ega bo‘lishi talab qilinadi.
Maktablararo qatnab yuruvchi resurs pedagog nogiron bolalar uchun kerak bo‘lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash, homiylar topish, ota-onalarni maktabga yordam berishga jalb qilish va imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘rnatish, maxsus resurs qo‘llanmalarni ta’minlash orqali yordam berish, ota-onalar, bolalar, oddiy sinf o‘qituvchilari va maktab ma’muriyatiga maslahatlar berish, shuningdek, maxsus ta’limga muhtoj bolalar uchun faoliyatini tashkil etish va ularga mos keluvchi ta’lim dasturlari haqida muhokamalar yuritish, hatto nogiron bo‘lmagan bolalarning ota-onalariga ham ma’lumotlar etkazib turadi.
Resurs o‘qituvchi faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad: umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat.
Inklyuziv ta’lim tushunchasi.Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion - uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo‘llpaydi, va yutuqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga imkon yaratadi.
Inklyuziv ta’limni amalga oshirish uchun va turli xil o‘qish qobiliyatlari mavjud talabalarni yaxshiroq moslasha olishlari uchun ta’lim tizimi, o‘qitishning tuzilishi va o‘qitish amaliyotini namoyish etish ko‘proq moslashadigan xamkorlik tarzida bo‘lishi zarur7.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib, qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa, unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar uchun foydali bo‘ladi. Inklyuziv ta’lim maktablari bolalarning bilim olishi uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi. Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, kamaytiradi.
Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.
Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining uncha katta bo‘lmagan qismi sifatida faoliyat yuritadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o‘qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ularning o‘z oilasidan uzoqda bo‘lishga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o‘rganib qoladilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishini amalga oshirish maqsadida inkyuziv ta’lim siyosati faol amalga oshirilmoqda.
Inklyuziv ta’lim madaniyati.«Salamanka deklaratsiyasi»ga muvofiq, har bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llab- quvvatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadi, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biroq bu kontsepsiya universal foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqdi. Dunyo bo‘yicha maktablarda inklyuzivga ko‘pincha umumta’lim maktablarida nogironlarni o‘zlarining tengdoshlari bilan birga ta’lim olish deb qaraladi. Biroq inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda yetarli emas. «Inklyuziv» va «integratsiyalashgan» atamalari ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi.
Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo‘yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati heklangan bolalarning umumta’lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida «inklyuziv» yoki «integratsion» ta’lim atamalari bilan ataladi. Integratsiyalashgan ta’lim bu - diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib-ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.

  1. Inklyuziv ta’limda resurs pedagogning ro‘lini tushuntirib bering.

Ta’lim muassasasini boshqarishning pedagogik- psixologik asoslari. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo‘lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to‘g‘ri tashkil etilishi juda muhim.
Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o‘ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko‘rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta’sir etish» tushunchasining o‘rniga «o‘zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo‘llanilmoqda.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo‘sh, menejment va menejer atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta’lim muassasida davlat-jamoa boshqaruvining pedagogik-psixologik asoslarini tushunishimizda ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o‘z mulklari va xodimlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib etganlaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti xaqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati xaqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:

  • uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;

  • ta’limning normativ-huquqiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);

  • menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida O‘zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o‘zini vakolatlik doirasida:

  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;

  • o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etadi, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;

  • davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

  • pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.

Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:


Xalq ta’limi bo‘limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo‘ysunadi. Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ikki yuqori organ nazorati ostida tashkil etiladi:


Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko‘maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlarini tayinlash ham kiradi.


Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo‘limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o‘rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg‘or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlaydi, maktab direktori va o‘qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko‘rsatadi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv-ta’lim va kasb-hunar dasturlarini birlashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlsh, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi (O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi), uning hududiy boshqarmalari tomonidan tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda amalga oshiriladi1.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o‘tkaziladigan maktab konferensiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferensiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari xaqidagi Nizom, ta’lim muassasasalarining Ustavi – ta’lim muassasalarini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy hujjati. O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizomda quyidagi masalalar yoritilgan:

  1. Umumiy qoidalar.

  2. Umumiy o‘rta ta’limning maqsadi va vazifalari.

  3. Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish.

  4. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  5. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  6. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish.

  7. Mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

  8. Xalqaro hamkorlik.

Nizomga asosan, umumiy o‘rta ta’limning maqsadio‘quvchilarni davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash hamda shaxsning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini yoritish Nizomning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib,majburiy va qo‘shimcha komponentlar umumiy o‘rta ta’lim mazmunining asosini tashkil etadi.
Majburiy komponentdavlat ta’lim standarti bilan belgilanadi va o‘quvchilarni tayyorlashning o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta o‘rganish va kasb egallash uchun etarli bo‘lgan zarur darajasini belgilaydi.
qo‘shimcha komponento‘quvchining ehtiyojlari va qobiliyati, maktabning moddiy-texnika va kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi. qo‘shimcha o‘quv yuklanmalarining hajmi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan normativlariga muvofiq belgilanadi. O‘quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o‘tkazish ham nazarda tutila di.
Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim xalqaro hamkorlik asosida ham tashkil etiladi. «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomning sakkizinchi bo‘limida qayd etilganidek, umumiy o‘rta ta’limni boshqarish organlari va ularning mahalliy organlari sanalgan ta’lim muassasalari halqaro hamkorlikni pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning tajriba o‘rganish va malaka oshirish maqsadida progressiv xalqaro jamg‘armalar va tashkilotlarning grantlarini olish sohasidagi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim (maktab)ni har tomonlama boshqarish mohiyatini o‘zida ifoda etadi.
«Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 204-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan. Ushbu Nizom mazmunida quyidagi maslalar yoritilgan6

  1. Umumiy qoidalar.

  2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish.

  3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni.

  4. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

  5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish.

  6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti.

  7. Xalqaro hamkorlik.

Umumiy qoidalarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumiy o‘rta ta’lim negizida o‘qitish muddati 3 yil bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanishi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga muvofiq amalga oshirilishi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yuridik shaxs hisoblanishi, qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi bayon etilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:

  • davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturini bajarish;

  • o‘quvchilarning uzluksiz ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni davom ettirish, tanlagan mutaxassisliklar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun zarur va etarli bo‘lgan bilimlar ham kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;

  • respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.

Nizomda akademik litseylarning oliy ta’lim muassasalari huzurida, kasb-hunar kollejlarining esa hududlarning demografik va geografik sharoitlari, tegishli soha mutaxassisliklariga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining asosiy vazifalari sirasiga o‘quvchilarni qabul qilish, umumiy va kasb-hunar dasturlarini amalga oshirish, nazorat turlarini tashkil etish, kursdan-kursga, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining bir turidan boshqasiga o‘tkazish hamda diplom berish kabilar kiradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar, ta’lim muassasasiga professor-o‘qituvchilar va muhandis pedagoglarni ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib o‘tiladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tartibi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartini ishlab chiqish hamda joriy etish, o‘quv ta’lim va kasb-hunar dasturlarini bir xillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash tarmoq vazirliklari, idoralar va korxonalar bilan birgalikda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi), ularning hududiy boshqarmalari, shuningdek, ta’lim muassasasi direktori tomonidan amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash amaldagi qonunchilikka muvofiq ta’minlanadi. Ta’lim muassasasining moliyaviy mablag‘lari uning tasarrufida bo‘ladi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan bitimlar tuzish huquqiga ega bo‘lib, xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashi mumkin.
Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi:

  1. davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi;

  2. bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni echa olishga o‘rgatish).

SHuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiluvchi talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan.
Mazkur o‘quv yurtida o‘quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to‘laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi» Xalq ta’limi Vazirligining 221-sonli (1998 yil 17 dekabr), «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Ustavi» esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli (1998 yil 5 yanvar) qarorlari bilan tasdiqlangan. Mazkur Ustavlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim muassasasi Ustavini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Ta’limni boshqarishning vakolati mas’ul davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim muassasasining joylashgan o‘rni, uning turi, ta’lim tili, guruh raqbarlari, o‘qituvchilarning huquq va burchlari, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalarining huquq va burchlari, shuningdek, ta’lim muassasasining iqtisodiy tuzilishi va xujalik faoliyati, boshqarish tartibi aniq belgilanishi ko‘rsatib berilgan.
Ta’lim muassasasining Ustavi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:

  1. Qisqacha ta’lim muassasasi xaqidagi ma’lumotlar.

  2. Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari.

  3. Ta’lim muassasasini boshqarish;

a) ta’lim muassasasini boshqarishning oshkoralik, demokratik va o‘z-o‘zini boshqarish asosida amalga oshirilishi;
b) pedagogik-jamoa Kengashi;
v) direktor, uning huquq va burchlari;
g) direktorning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining huquq va burchlari;
d) ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining huquq va burchlari.

  1. O‘quv-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish:

a) ta’lim mazmunining Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilanishi;
b) o‘quv jarayonini tashkil etish;
v) iqtidorli yoshlar bilan ishlash;
g) ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish tartibi;
d) qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarni joriy etish;
j) kunlik ish tartibi (seminar, mashg‘ulotlarning davom etishi, tanaffuslar, uy vazifalarini berish tartibi va hokazolar).

  1. O‘qituvchi. Huquq va burchlari.

  2. O‘quvchi. Huquq va burchlari.

  3. O‘quv-ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ma’muriy va yordamchi xodimlarning huquq va burchlari.

  4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

  5. Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti.

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Mazkur o‘rinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz1. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:




Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari xaqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi belgisiyagonaligi hamda uni bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir.Ikkinchi belgisitizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi.Uchinchi belgisitizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lgani bilan, o‘zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo‘ladi. To‘rtinchi belgisita’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligidir.CHunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.
SHuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e’tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg‘unlashtirish ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
YAkka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o‘quvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a’zosining javobgarligini yo‘qqa chiqarmaydi.
O‘z navbatida yakkahokimlikning o‘ziga xos jihatlari bor. YAkkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta’minlaydi.
Qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma’qul bo‘lsa, qarorning ijrosini ta’minlashda yakkahokimlikka bo‘ysunish ma’quldir.
Ta’lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi. Ta’lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq, to‘liq yig‘ilsa yoki haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.
Ta’lim muassasasining rahbari o‘zining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. SHuning uchun u o‘z faoliyatida kuzatish, anketa, test, instuktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta’lim muassasasi ma’muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta’lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta’lim muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir
Axborotlar jamg‘armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.
Maktab ichki boshqaruvining o‘ziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq ko‘rinadi:

  1. Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.

  2. Maqsad qo‘yish va rejalashtirish.

  3. Tashkil qilish.

  4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.

  5. Tartibga solish.



Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan, avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib bo‘lmaydi.


Ta’lim muassasasini boshqarish samaradorligi rahbarning ham, o‘qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bog‘liq. Agar o‘z vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon to‘g‘ri tahlil qilinmasa, jamoa orasida o‘zaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:

  1. kundalik tahlil;

  2. tizimli tahlil;

  3. yakuniy tahlil.

Kundalik tahlilo‘quv jarayonining borishi va natijasi xaqida har kuni ma’lumot yig‘ib, undagi kamchiliklarning sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilning predmetiga o‘quvchilarning har kungi o‘zlashtirish va intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.
Tizimli tahlildarslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta’lim metodlarini to‘g‘ri uyg‘unlashtirish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, o‘qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatini ko‘tarish hamda ta’lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta’minlash kabilardan iborat.
YAkuniy tahlilo‘quv choragi, yarim yillik va o‘quv yili yakunida amalga oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yo‘llarini o‘rganishga qaratiladi. YAkuniy tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, o‘quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo‘yish va rejalashtirishdan iborat.
Boshqaruv faoliyatining maqsadi – ishning umumiy yo‘nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad – rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qo‘shimcha maqsad qo‘yiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma’lum bir muddat davridagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib bo‘lgandan so‘ng qabul qilinishi mumkin.
Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo‘llaniladi:

  1. muddatli (perspektiv);

  2. yillik;

  3. yakuniy.

Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so‘nggi yillarda ta’lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga mo‘ljallab qabul qilinadi.
Ta’lim muassasasida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan muddatli reja quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  1. Rejalashtirilgan muddatda ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalar.

  2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o‘quvchilarning yillik o‘zlashtirish darajasi muddatlari.

  3. Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.

  4. Ta’lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo‘yilgan talablar.

  5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.

  6. Ta’lim muassasasini texnika hamda o‘quv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, ko‘rgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) ko‘lamini rivojlantirish.

  7. O‘qituvchi va o‘quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.

Yillik rejalashtirishbutun o‘quv yili hamda yozgi ta’tilni qamrab oladi. Yillik rejalashtirish o‘quv yili davomida amalga oshiriladi va ta’lim jarayonini tashkil etilishi (chorak, semestr)ga qarab bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
YAkuniy rejalashtirisho‘quv choraklari uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko‘rinishi hisoblanadi. SHu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko‘rinishlari o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar qo‘mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar o‘qituvchilar va sinf rahbarlarining ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi. Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to‘la amalga oshirilishi ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
qabul qilingan rejalarni to‘liq amalga oshirish uchun tizimli harakatning boshqaruvchilari uning tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo‘lishini tashkil etishlari kerak. «Tashkil etish» tushunchasi bir qancha ma’nolarda qo‘llaniladi.
Birinchidan, baho sifatida aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan hamda darsdan tashqari tadbirlarning uyushtirilishini ta’minlaydigan o‘quv-tarbiya jarayonining maqsadida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, tashkil etish deganda belgilangan rejalarni amalga oshiruvchi, oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun butun pedagogik jarayonni boshqaruvchi ta’lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyati tushuniladi.
Boshqarishni tashkil etuvchi asosiy boshqarmalar sifatida ta’lim muassasasining kengashi, pedagogik Kengash, direktor boshqaradigan majlis, direktor o‘rinbosarlarining majlisi, tezkor yig‘ilishlar, metodik seminarlarni qayd etish mumkin.
Pedagogik Kengash faoliyati demokratik va oshkoralik tamoyillariga asoslanib olib boriladi. Pedagogik Kengashlarda anketalar, savol-javoblar, nazorat ishlar, tanlov ishlari ko‘riladi. Bundan tashqari pedagogik Kengash yig‘ilishlarida ta’lim muassasasi hayoti va faoliyatiga doir dolzarb masallar hal qilinadi. SHuning uchun pedagogik Kengashni turli muhokamali, muammoli masalalardan ozod qilish uchun ta’lim muassasalardan direktor yig‘inlari tashkil etiladi. Direktor yig‘ilishlarida rahbariyat va o‘qituvchilar ishtirok etib qolmay, boshqa ishchi xodimlar ham qatnashishlari mumkin.
Ta’lim muassasasi o‘rinbosarlarining yig‘ilishlarida kundalik savollar va ma’muriy boshqarishga oid masalalar muhokama qilinadi. Bunday majlislar ta’lim muassasasi rejasi bo‘yicha o‘quv yilining choragi (semestri)da yoki har oyda bo‘lib o‘tadi.
Tezkor axboriy majlislar ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini tashkil etishning zarur shaklidir. Tezkor axboriy majlislarning mavzusi mavjud sharoitlardan kelib chiqadi. Bu kabi majlislar pedagogik xodimlar, o‘uvchilarning barchasi uchun tashkil qilinadi.
Ichki nazoratham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Nazoratni tashkil etishda etishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha talablarni bilish zarur. Bunday talablargatizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik, to‘ldiruvchilikkabilarni ko‘rsatish mumkin.
Pedagogik boshqaruvga doir adabiyotlarda ta’lim muassasasi ichki nazoratining quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilishi bayon etilgan:

  1. Pedagogik tashkilotchilikka doir savollarning qo‘yilishi.

  2. Ta’lim dasturlari, DTSning bajarilish sifati.

  3. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining sifati.

  4. O‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi.

  5. O‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarining bajarilish holati.

  6. Darsdan tashqari tarbiya ishlarning tashkil etilish holati va sifati.

  7. Pedagogik kadrlar bilan ishlash.

  8. Ta’lim muassasasi faoliyatining o‘ziga xos samaradorligi.

  9. qabul qilingan qarorlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning bajarilishi.

Ta’lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo‘lib qolmoqda. SHunga qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko‘rsatiladi:


Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o‘rganishda ta’lim muassasasi jamoasi, o‘quvchilar guruhi yoki alohida o‘qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta’lim muassasasidagi ta’lim darajasi, shuningdek, o‘quvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimiga e’tibor qaratiladi.


Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida o‘qituvchi faoliyatini o‘rganishga qaratiladi.
Alohida nazorat biror bir o‘qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.
Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta’sir etuvchi o‘ziga xos omillar e’tiborga olinadi.
Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta’lim muassasasida ta’lim olinganlik darajasini aniqlashda qo‘llaniladi.
Mavzuli nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o‘qituvchilari va sinflarning alohida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o‘rganishdan iborat.
Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o‘quv fanlari bir yoki bir nacha sinf (guruh)larda turli o‘quvchilarning ishlarini o‘rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Tartibga solishning asosiy maqsadi ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta’lim muassasasining oldiga qo‘yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yo‘l qo‘yilgan holatlarni tuzatishdan iborat.
Tartibga solish boshqaruv faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi. U o‘tgan o‘quv yilida erishilgan natijalarni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hisob qiladi. Ana shu asosdan kelib chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim muassasasi oldiga maqsad va asosiy vazifalarni qo‘yadi.
Pedagogik Kengash – ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik Kengash ta’lim muassasasi jamoasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik Kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji)ning tayyorlangan muhim hujjatlarini muhokamadan o‘tkaziladi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi;

  • ta’lim muassasasining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • ta’lim muassasasida o‘quv, tarbiya jarayonini tashkil etish va ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi;

  • ta’lim muassasasi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqadi;

  • pedagogik jamoaning ma’lum yo‘nalishlardagi faoliyatini tahlil qiladi va yakuniy xulosa chiqaradi;

  • ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.

Pedagogik Kengash quyidagi huquqlarga ega:

  • ta’lim muassasasini rivojlantirish yo‘nalishlarini istiqbol rejasini belgilash;

  • ta’lim muassasasi jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishini amalga oshirish;

  • o‘quv rejada maktab ixtiyoriga berilgan soatlarni taqsimlash, yillik va taqvimiy ish rejasi mazmuni hamda dars jadvalini muhokama qilish;

  • o‘quv jarayonini tashkil qilishning turli shakl va metodlarini muhokama qilish, amaliyotga tatbiq etish;

  • ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish;

  • pedagoglar malakasini oshirish tizimi, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish;

  • o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashda oraliq nazorat bo‘yicha qaror qabul qilishda qatnashish, uni o‘tkazish shakli va vaqtini belgilash;

  • ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga, kursdan-kursga ko‘chirish va bituvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • ta’lim darayonini tashkil qilish hamda ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha maktab rahbariyatining hisobotlarini tinglash;

  • ta’lim maqsadiga muvofiq holda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va jazolash bo‘yicha masalalarni hal etish;

  • chorak, yarim yillik «semestr», yil yakuniga doir xulosalar chiqarish;

  • pedagogik Kengash a’zolaridan pedagogik faoliyatni bir xil tamoyillarga asosan amalga oshirishni talab qilish;

  • ta’lim-tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan ta’lim muassasasi xodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilish;

  • yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarga o‘rnatilgan tartibda hujjatlar berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Pedagogik Kengash yig‘ilishlari qarorlashtirilib, qabul qilingan hujjatlar ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z aksini topadi:

Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida ta’lim muassasasida saqlanadi. Direktor va uning o‘rinbosarlari vazifalari. Ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayoni va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni ta’lim muassasasi direktori olib boradi.


Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash;

  • o‘quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish;

  • o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  • pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish;

  • ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish;

  • ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;

  • ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish;

  • ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash;

  • ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish.

Ta’lim muassasasi direktorining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining vazifalari:

  • o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash;

  • dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash;

  • har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi pedagogik Kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish;

  • yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

  • sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish;

  • o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish;

  • o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari:

  • ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash;

  • ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;

  • ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish;

  • ta’lim muassasasidagi «Yosh etakchi»ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

Ta’lim muassasasida metodik ishlar, pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish, yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog‘liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
Metodik Kengashning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini ro‘yobga chiqarish maqsadida ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini metodik ta’minlash va muvofiqlashtirish hamda pedagogik kadrlarning metodik jihatdan bilimlarini oshirib borishga qaratiladi.
Metodik Kengashning faoliyat doirasi keng bo‘lib, u tomonidan quyidagi vazifalar1 amalga oshiriladi:

  • ta’lim jarayonining metodik ta’minot holatini o‘rganadi, ta’lim muassasasi metodik ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi;

  • ta’lim muassasasida olib borilayotgan metodik ishlarning istiqbolini aniqlaydi;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalariga umumiy rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

  • ta’limga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullari yuzasidan tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muassasasi o‘quv-metodik ishlariga ekspert sifatida baho berishni amalga oshiradi;

  • o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan muntazam tanishtirib boradi;

  • o‘qituvchilarga ish rejalarining tuzilishi va bo‘limlari mazmuni bo‘yicha tavsiyalar beradi;

  • ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida qo‘llash uchun ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqadi va ularning amaliyotga joriy etilishini nazorat qilib boradi;

  • o‘qituvchilarning pedagogik va metodik mahoratini oshirishga doir ishlarni amalga oshiradi;

  • davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlarining bajarilish holatini tahlil qiladi va tegishli tadbirlarni belgilaydi;

  • tashqi va ichki nazorat natijalariga Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

  • ta’lim jarayonida milliy mafkura va yoshlarda siyosiy ongni shakllantirishga doir ko‘rsatmalar berib borish;

  • o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil ishlarini tashkil qilishga doir ko‘rsatmalar berish;

  • yo‘nalish va fanlar bo‘yicha metodika birlashmalari hisobotini eshitish, muhokama qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;

  • o‘qituvchilarning samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qilish;

  • pedagogik xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha materiallarni tayyorlash;

  • t a’lim muassasasi miqyosida fan oyliklari (haftaliklari), fanlar bo‘yicha darsdan tashqari (fakulg‘tativ, to‘garak) ishlari, fan olimpiadalarining 1-bosqichlari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi va ularning samarasini nazorat qilib borish. Metodika Kengashi yig‘ilishlari qarorlashtirilib, Kengashning quyidagi hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi (chizma).

Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalari1 faoliyat ko‘rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o‘qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo‘yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o‘zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Metodika birlashmalari o‘zida Metodika Kengashining vazifalarini aks ettiradi. SHu bilan birga Metodika birlashmalari quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

  • fanlar bo‘yicha taqvimiy mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

  • oraliq va yakuniy nazoratlar uchun o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

  • ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qilish va ommalashtirish;

  • tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

  • darslarni o‘zaro kuzatishlarni tashkil qilish, natijalarni tahlil etish va mutaxassislarga amaliy yordam berish;

  • ta’lim metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil etish, ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish;

  • ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish;

  • fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Metodika birlashmalari boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitta, V-XI sinflarda esa o‘quv rejasidagi alohida fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodika birlashmasiga birlashadilar, Akademik litseylarda ham Metodika birlashmalari xuddi shu tarzda tashkil qilinadi. Kasb-hunar kollejlarida esa kafedralarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha Metodika birlashmalari tuziladi.
Metodika birlashmasiga ta’lim muassasasi Aedagogika Kengashi qaroriga asosan ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rahbar tayinlanadi. Metodika birlashmalarining faoliyati quyidagi hujjatlar asosida tartibga solinadi.

Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor bo‘lishlarini talab qiladi.


O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo‘yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o‘qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‘z ishig ijodiy yondashish, o‘z burchiga nisbatan fidoiy bo‘lishga bog‘liqdir. Bu dolzarb masalani samarali hal qilish ko‘p jihatdan ta’lim muassasasi rahbari, ularning ta’lim-tarbiyani boshqarish layoqatlari hamda pedagog kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilishga bog‘liqdir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsado‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi o‘qituvchi oldida turgan vazifalarni kengaytirmoqda. SHunga ko‘ra, pedagoglarning malakasini oshirish tizimida ularni ijodiy izlanishga odatlantirish, ijodkorlikdagi faolligini rag‘batlantirish maqsadiga muvofiq ish olib borish muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirishning bir qancha shakllari ishlab chiqilgan. Bu shakllardan nafaqat maktab pedagoglarining malakasini oshirishdagina emas o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari ham xabardor bo‘lishlari va ulardan muvaffaqiyatli foydalana olishlari lozim. Pedagoglarning malakasini oshirish shakllariga quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:


Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish. Pedagog kadrlar attestatsiyasi ularning kasbiy mahoratlarining o‘sishini rag‘batlantirish, ta’lim-tarbiyada ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi natijalarni xolis baholash, egallab turgan yoki da’vogarlik qilinayotgan toifa va lavozimlarga munosiblikni aniqlash, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.


Pedagog kadrlar attestatsiyasi 5 yilda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi tarkibidagi «Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan jadvallar asosida tashkil etiladi. Xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlar tarkibiga professor-o‘qituvchi, o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa va to‘garak rahbarlari kiradi.
Pedagog kadrlar attestatsiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

  • pedagog kadrlar o‘z mutaxassisligi hamda me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovidan, suhbatdan o‘tkaziladilar;

  • pedagog o‘qitayotgan fan bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va o‘zlashtirish darajasi o‘rganiladi;

o‘quvchilar o‘rtasida sotsiologik so‘rovlar o‘tkaziladi.
Pedagogning umumiy bali test, suhbat natijalari, o‘quvchilarning bilim darajasi, ilmiy, o‘quv-metodik ishlari va ixtirolari, ijodiy ishlari, ish staji, pedagogning komissiya tomonidan o‘rganilgan kasbiy mahorati va rahbariyat tomonidan berilgan baholar yiqindisidan iborat bo‘ladi.
Maxsus maktablar, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, madaniyat, sport, san’at sohalari pedagog kadrlari, muhandis-pedagog kadrlar va ishlab chiqarish ustalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha suhbatdan o‘tkaziladilar.
Pedagog kadrlar uchun me’yoriy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha test savollari to‘plami O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», Davlat ta’lim standartlari, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari, yangi pedagogik texnologiyalarga oid masalalardan iborat bo‘ladi.
Komissiya attestatsiya natijalariga ko‘ra pedagogning ushbu jarayondagi faoliyati «Attestatsiyadan o‘tdi», «Attestatsiyadan shartli o‘tdi» va «Attestatsiyadan o‘tmadi» tarzida baholanadi.
Mutaxassis toifaga ega pedagog «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etilganda, shuningdek, tayanch ma’lumoti dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagog kadrlar qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmagan bo‘lsa, tegishli ta’lim muassasasi rahbari pedagogga o‘z mutaxassisligiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tishni hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida malaka oshirishni taklif qiladi. Mazkur takliflarga rozi bo‘lmagan o‘qituvchilarning mehnat shartnomasi (amaldagi qonunchilik asosida) bekor qilinadi.
«Attestatsiyadan o‘tmadi» deb topilgan pedagoglar hamda qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagoglar bir yildan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tkaziladilar.
YOsh o‘qituvchilar bilan ishlash. YOsh o‘qituvchilarning har tomonlama etuk mutaxassis bo‘lib etishishlari bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Xaqiqatan ham yosh o‘qituvchi ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi)ga ishga keldi deylik: uni o‘quvchilar bilan ishlashga tayyor deb ayta olamizmi?
To‘g‘ri, oliy o‘quv yurtida u yaxshi nazariy bilimlarga ega bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda pedagogik amaliyotdan ham o‘tib keladi. Biroq, u oliy o‘quv yurtini tamomlashi bilan o‘qituvchi degan nomga ega bo‘ladi. Tabiiyki, unda o‘quvchilar bilan ishlash tajribasi etarli emasligi bois mehnat faoliyatining birinchi yilidayoq bir qator muammolarga duch keladi. Zero, yosh o‘qituvchiga xarakteri turlicha bo‘lgan o‘quvchilar guruhi bilan ishlash oson kechmaydi. U o‘z o‘quvchilarining qobiliyat darajasi, o‘zlashtirishdan ortda qolayotgan o‘quvchilar shaxsini o‘rganishda ularning har biri o‘ziga xos xotira, fikrlash layoqati va diqqatga ega bo‘lishlarini hisobga olmaganligi sababli o‘quvchilarda bilimlarni hosil qilishni tartibga olish imkoniyatini qo‘ldan boy beradi. YOsh o‘qituvchining eng kata xatosi, u o‘zini bilimi sayoz o‘quvchilar bilan ishlashdan olib qochadi. Uning uchun bilimi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash oson tuyuladi. Natijada qoloq o‘quvchilarning tengdoshlaridan ortda qolishlari kuchayadi, ularning rivojlanishi ta’lim jarayonida tartibsiz kechadi.
YOsh o‘qituvchilarga yordamni tashkil etishda asosiy bo‘g‘in – bu ular bilan bevosita ishlashni yo‘lga qo‘yishdir. Ularga ma’ruzalar o‘qish, nazariy mashg‘ulotlarni tashkil etish shart emas, chunki ular oliy ta’lim muassasasida etarli ma’lumotlarni oladilar. YOsh o‘qituvchi amaliy maslahatlarga ehtiyoj sezadi. Bunday yordamni quyidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. barcha yosh o‘qituvchilarni jalb etish orqali;

  2. ogohlantirish orqali har bir o‘qituvchining darsini kuzatish yo‘li bilan;

  3. yosh o‘qituvchining ishi bilan yaqindan tanishish orqali.

Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta’lim-tarbiyaishlarini o‘rganish, ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatish, yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «YOsh mutaxissislar maktabi»ni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

  1. Korrektsion pedagogika fani nimani o‘rganadi?

  2. Korrektsion pedagogika fani yana qanday nomlar bilan ataladi?

  3. Korrektsion pedagogikaning qanday sohalari mavjud?

  4. Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

  5. Korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?

  6. Anomal bilan olib boriladigan korrektsion ishning asosiy yo‘nalishlariga nimalar kiradi?

  7. Inklyuziv ta’limda deganda nimani tushinasiz?

  8. Inklyuziv ta’limning asosiy mohiyati nimadan iborat?

  9. Inklyuziv ta’lim qanday vazifalarni hal etishga yordamlashada?

  10. Inklyuziv ta’lim madaniyati tushunchasini izohlang.

  11. Inklyuziv ta’limning vazifalarini aytib bering.

  12. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarishga ta’rif berish?

  13. Menejment, ta’lim muassasasi menejmenti deganda nimani tushunasiz?

  14. Ta’lim sohasini boshqarish qaysi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladi? Ularning vakolatlariga nimalar kiradi?

  15. Ta’lim muassasasida jamoatchilik boshqaruvi qanday amalga oshiriladi?

  16. «Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga ta’rif bering.

  17. «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida»gi Nizom xaqida gapirib bering.

  18. Ta’lim muassasasi Ustaviga ta’rif bering

  19. Ta’lim muassasasini boshqarish tamoyillarini aytib bering.

  20. Ta’lim muassasasida ichki boshqaruvning vazifalarini ko‘rsating.

  21. Pedagogik Kengashning vazifalari nimalardan iborat?

  22. Direktor va uning o‘rinbosarlari vazifalarini ayting.

  23. Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda amalga oshiriladi?

  24. Metodik Kengash va metodik birlashmalarning faoliyati xaqida gapirib bering.

  25. Pedagog kadrlar malakasini oshirishdan maqsad nima? U qanday amalga oshiriladi?

  26. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish maыsadini bayon eting.

  27. YOsh o‘qituvchilar bilan olib boriladigan metodik ishlar nimalardan iborat bo‘lishi zarur?

ADABIYOTLAR

      1. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.

      2. Karimov I.A. O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. T.: “O‘zbekiston”, 2011.

  1. Pedagogika. // M.To‘xtaxo‘jaevning umumiy tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati”, 2010.

  2. Ibragimov X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

  3. YUzlikaeva E., Ahmedova M., Qurbonova G., Tashmetova SH., Xushnazarova M. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: TDPU, 2012.

4. Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, fan va texnologiya. 2010.
6. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.
7. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev.-Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
8.Djuraev R.X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008.
9.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘.Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.
10.Xalq pedagogikasi / O‘quv qo‘llanma. M.Mutalipova. –Toshkent, 2015
11.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
12.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə