Mavzu: Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi. Reja



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə1/6
tarix11.10.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#127047
  1   2   3   4   5   6
Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi


Mavzu: Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi.



Reja:


  1. Rossiyada musiqa ta’limi tizimi

  2. Estoniyada musiqa ta’limi

  3. Litvada musiqa ta’limi

  4. Polshada musiqa ta’limi

Rossiyada musiqa ta’limi tizimi. Rossiyada musiqa pedagogika katta muvoffaqiyatlarga erishdi va jahon musiqa jamoatchiligining hurmat e’ti-boriga sazovor bo‘ldi. Shu jumladan, taniqli kompozitor, pedagog, musiqa va jamoat arbobi 1909-1982 yillari ijod qilgan D.B.Kabalevskiy hozirgi zamon musiqiy tarbiyasiga katta hissa qo‘shdi. D.B.Kabalevskiy ishlab chiqqan tarbiya tizimida ichki aloqalar birligi mezoni asosiy o‘rin tutadi. Uning fikricha darsning tarkibiy mushtarakligi mashg‘ulotlar izchilligining asosini tashqil etishi kerak. Birlik mezoni bilan bir qatorda, dasturda, umumlashtirish qoidasiga ham muhim o‘rin ajratilgan. Ta’kidlash lozimki, bolalar bilim egallashida "xususiylikdan umumiylikka" shakllini "umumiylikdan xususiylikka" qoidasi bilan almashtirilgan. Umuman D.B.Kabalevskiyning ishlab chiqqan musiqiy o‘qitish tizimi, musiqiy asarlar orqali hamma bilim va malakalarni bolalarga takdim etish asosida tuzilgan. Shu bilan birga pedagogikaning muammoli o‘qitish tizimi D.B.Kabalevskiyning tizimida asosiy vositalardan biri bo‘lib kolgan. Ya’ni, bolalar o‘zlari fikr yuritib muxokama qilib, o‘qituvchining rahbarligida ma’lum bir bilim va malakalarga ega bo‘lishligi nazarda tutiladi.


Estoniyada musiqa ta’limi. Estoniya musiqa hayotida qo‘shiq bayram-larini o‘tkazish katta vokeadir. Bu bayramlarni o‘tkazishdan oldin har bir tumanda qo‘shiq kunlari o‘tadi. Birinchi ommaviy qo‘shiqlar bayrami 1869 yili Tartu shahrida o‘tkazilgan. Bunday hamma vohalardan erkaklar xor jamoalari, ya’ni sakkiz yuz kishidan iborat ommaviy ravishda qatnashish uchun to‘planadilar. Ushbu bayram bugungi kunga etib kelgan an’analarga asos soldi. Bolalar xor jamoalari 1870 yildan boshlab, doimiy ravishda bo‘lmasa ham qo‘shiqlar bayramida ishtirok etmoqdalar. Qo‘shiqlar bayrami birinchi kundan boshlab, aholining hamma qatlamlarini san’atga jalb etishga asoslangan edi. 1947 yildagi umumrespublika qo‘shiq bayrami 25000dan oshiq qatnashchilarni yig‘ini va umumxalq ommaviy bayramiga aylandi. 1947 yildan boshlab maktab xor jamoalari ham hamma qo‘shiq bayramlarida ishtirok eta boshlaydilar. Dastlab, bayramlarda maktab bolalar xor jamoalari, aralash va ayollar xor jamoalari shunindek, damli cholg‘ular jamoalari ishtirok etdilar. 1960 yildan boshlab o‘g‘il bolalar xor jamoalari ham ishtirok eta boshlaydilar. V.Laul boshchiligidagi o‘g‘il bolalar qo‘shma xorini alohida ko‘rsatish lozim. 1965 yili, birinchi marta respublika yosh skripkachilar ansambli ishtirok etib, qo‘shiq bayramini an’analariga yangilik kiritdi. Maktab xor jamoalari qatnashchilarining soni oshib borayotganligi, shu munosabat bilan qo‘shiq bayramlarini tashkil etishda paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni hisobga olib, umumrespublika qo‘shiqlar bayrami orasida maktab o‘quvchilari xor jamoalarining ko‘riklarini o‘tkazishga qaror qilindi. Birinchi shunday bayram 1962 yilning yozida Tallin shaxrida o‘tkazildi. Qatnashchilarning umumiy soni 20000ga yaqin edi. Xor ishida eng muhim va qiziqarli shakllardan biri 1963 yildan boshlab o‘tkazilayotgan yozgi qo‘shiq oromgohlaridir. Ikki soatlik qo‘shiq mashg‘ulotlari bolalarning kashfiyotlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, sport va boshqa o‘yinlar esa ko‘nning qolgan vaqtini to‘ldiradi. Estoniyadagi qo‘shiqlar bayramiga tayyorgarlik jarayonida seminar va yozgi yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Seminarning alohida shakli - dirijyorlarning respublika qo‘shma xori bo‘lib uning tarkibiga 200dan ortiq musiqa o‘qituvchilari va xor dirijyorlari kiradi. Bu xor jamoasini respublikaning eng yaxshi dirijyorlari, shu qatorda Gustav Emesaks, Yuriy Variste edi. Ularning xorni boshqarishi mamlakat xormeystrlarining malakasini oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar va yoshlarning musiqa madaniyatini rivojlanishiga maktabdan tashqari musiqiy tarbiya ham katta ahamiyatga ega.
1951 yili Yu.Variste rahbarligi ostida Tallindagi o‘smirlar saroyi qoshida bolalar xor jamoasi tashqil qilindi. Bugungi kunga kelib bu jamoa xor maktabiga aylanib, hamma sinf o‘quvchilarini qamrab olgan. Xor jamoasi bitta asosiy va uchta tayyorlov xor jamoalaridan iborat. 1964 yildan boshlab xor maktabi o‘quvchilari nota o‘qishning yangi "Yo-LE- MI" tizimiga o‘tdi, yangi repertuarni muvoffaqiyat bilan egallab, notani juda yaxshi o‘qib, musiqa ohanglarini to‘g‘ri kuylamoq.
1964 yili respublikada bolalar musiqa maktablari o‘quvchilaridan iborat yosh skripkachilar ansambli tashqil etildi. Orkestr repertuarini bolalar o‘zining turar joylarida o‘rganadilar va har yili 3-4 marta konsertlar uchun repetitsiyaga yig‘iladilar. Orkestr qatnashchilarining yoshi 7 dan 17 gachadir, ya’ni o‘qishni boshlayotgan va uni tugatayotgan o‘quvchilar bir jamoaga birlashgan. Orkestr konsertlari doimo muvoffaqiyat bilan o‘tmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodga musiqa-xor tarbiyasi berish ishiga respublikadagi eng yaxshi bolalar xor jamoalaridan biri "Ellerxeyne"ning rahbari X.Kalyustening xissasi kattadir. Bu jamoadagi ijrochilik madaniyatining yuqori saviyada ekanligi - bolalar bilan yaxshi tashqil etilgan ishning bevosita natijasidir.

Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə