Mavzu: Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi. Reja



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə4/6
tarix11.10.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#127047
1   2   3   4   5   6
Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi

Angliyada musiqa ta’limi tizimi. Angliya maktablarida burjua mamlakatlari jumladan, AQSh qatori, yagona dastur va uslubiyotning yo‘qligi sababli mamlakatdagi musiqiy tarbiya ishlarining ahvoli turli saviyadadir. Ijobiy misol tarikasida 1969-1970 yillarda Britaniya radio korporatsiyasining radio orqali 6-7 yoshdagi bolalar uchun tashkil etilgan 10 minutlik musiqa eshittirishlarini keltirish mumkin. Bu eshittirishlardan ko‘zda tutilgan maqsad - bolalarning musiqa cholg‘ulari ijrochiligiga xohishlarini uyg‘otish bo‘lgan, bolalar radio eshittirish jarayonida musiqani ijro etishlari lozim bo‘lgan. Keyinchalik bu dasturlar magnit tasmalariga yozilib, maktablarga, ulardagi "musiqa burchak"lariga jo‘natilgan.
Hozirgi kunda Angliya maktablarida ko‘proq 1816-1880 yillarda yashab ijod qilgan Dj.Kerven tomonidan ishlab chiqilgan relyativ tizimiga asoslangan o‘qitish usullari qo‘llanilmoqda. Angliyada boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ikki yoki uch yillik kollejlar tayyorlaydi. Milliy musiqa, qirollik musiqa kolleji va hatto Qirollik musiqa akademiyasini bitirgan musiqachilar uchun bir yillik maxsus pedagogik kurslar tashkil etilgan. O‘rta maktab musiqa o‘qituvchilarini universitetlarning musiqa - pedagogika fakultetlari tayyorlaydi. Ularda o‘qish muddati to‘rt yilni tashkil etadi. Universitetlar o‘rta maktab uchun universal musiqa o‘qituvchisini tayyorlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganki, o‘qituvchi nafaqat xor jamoasiga rahbarlik qilish, shuningdek orkestrni boshqarish, musiqa va cholg‘u ansamblida mashg‘ulot olib borish, bolalarni musiqiy cholg‘uda ijro etishga o‘rgata bilishi lozim. Angliyada boshlang‘ich sinflarda 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qiydilar. Barcha o‘quv fanlarini bitta o‘qituvchi olib boradi. Boshlang‘ich maktabni bitirgach, bolalar gumanitar yoki texnik yunalishga asoslangan o‘rta maktablarga o‘tadilar. Bularda musiqa ta’limiga ko‘proq e’tibor beriladi.
Sharq xalqlari kasbiy musiqasining o‘xshashligi. Ma’lumki, jahon xalqlari azaldan bir-birlari bilan siyosiy, ijtimoiy, savdo - sotiq va madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Har bir xalqning go‘zal, mukammal va arziguli an’anasi odati boshqa xalqlar ananalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Buni biz hozirgi davrimizdagi yoshlarimiz orasida G‘arb estrada uslubidagi musiqa janrlarining ommalashgani bilan solishtirsak to‘g‘ri bo‘ladi. Demak, o‘tmishdan xalqlarning turli hayotiy tizimlarida boshqa xalq an’analariga o‘xshagan jarayon muqarrar ekan. Biz shu kasbiy musiqa san’ati tizimida tasavvur qilishiga harakat qilamiz. Odatda, musiqiy asarning «nomi», «shakli», «tovush-qatori», «matni» bo‘ladi. Asrlar davomida xalqlarning o‘zaro munosabatlarida esa nomlanishlar, ya’ni iboralar, asarlarning tuzilish shakllari, so‘z tuzilishlari, musiqiy cholg‘ularda qiyosiy - o‘xshatmalar ko‘p bo‘lgan. Maqomlarning nomlanishida umuman olganda, bu tizim maqomot deyladi. Ammo, Ozarbayjonda mugom, o‘zbek-tojik xalqlarida maqom deb yuritiladi. Ayrim xalqlarda o‘zgacha, jumladan hindlarda raga, magrib, arablarda nuba nomlanadigan bu musiqa turi kasbiy musiqaning eng yirik shaklidir. Sharq xalqlarining musiqiy cholg‘ularida ham juda ko‘p o‘xshashliklar mavjud. Jumladan, rubob sozi o‘tmishda Sharq xalqlarida «rebaba», «rabab» nomlari bilan keng ommalashgan. Tanbur sozi ham hindlarda - tampura, arablarda tambura, uyg‘urlarda - tombur deb yuritilib kelinadi. Urma cholg‘ular ko‘pgina Sharq xalqlarida daf, daff, dapp, def degan nomlarda uchragani kabi, damli sozlar ham “nay”, “nev”, “ney”, “noy”, “surnay” esa “zurna”, “suma” nomi deb qo‘llaniladi. Ushbu jarayon nafaqat ularning nomlarida, balki cholg‘u sozlarida ham yaqqol ko‘rinib turadi. Shuni alohida ta’kidlashi lozimki, bo‘lar Sharq xalqlarining turmush tarzi e’tiqodi, mashg‘uloti birligidan kelib chiqqan. Shu bois, Sharq xalqlari an’analarining ko‘p jihatlarida biz turli o‘xshashliklar borligining guvohi bo‘lamiz.
Turk va Ozarbayjon xalqlarining mumtoz musiqasi. Zamonaviy turk estrada musiqasi o‘zining milliy tarovati, Sharqona o‘ynoqiligi bilan jahonga mashhurdir. Ozarbayjon xalqi turk xalqlar avlodiga mansub bo‘lib, o‘zining uzoq o‘tmishiga va milliy qadriyatlariga ega. Ozarbayjon xalqining ijtimoiy hayoti negizida janrlarga boy bo‘lgan an’anaviy madaniy merosi to‘plangan. Liar asosan, turmush tarzi qo‘shiqlaridan iboratdir. Tasnillar Ozarbayjon xalqining usulda ijro etiladigan ko‘plab tizimdagi qo‘shiqlari bo‘lsa, mugomlar erkin ijroga asoslangan badixa uslubiga xos bo‘lgan yirik mumtoz janrdir. Ozarbayjon xalqi musiqiy cholg‘ularga ham boy. Xalq orasida tutek, tulup - zurna, balabon, duduk, kemoncha, soz, tor, daff, gabal, nogora, bala - nog‘ora yoki dumbo‘l kabi milliy musiqiy cholg‘ulari keng ommalashgan.
Turkman xalq mumtoz musiqasi. Barcha xalqlar singari turkmanlarda ham xalq musiqasi, uning sodda va mumtoz nomlari mavjud. Turkman xalq musiqasida, asosan, mehnat, marosim, maishiy, epik va mumtoz namunalar o‘z aksini topgan. Xalq orasida keng ommalashgan musiqiy namunalardan «Xuddi» (alia), «Yagish yagara keldi» bolalar qo‘shig‘i, «Yar-yar» kabi bir qator asarlarni misol qilib keltirish mumkin. Turkman mumtoz musiqasining asosiy janrlari, jumladan dostonlar, badiiy adabiyot namunalariga asoslangan ashulalardir. Turkman xalq ashula va qo‘shiqlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular ko‘proq deklamatsion, ya’ni so‘zlashuv mazmunida ijro etiladi. Turkman xalqi yopiq janr ijrochilarini «baxshi» deb ataydilar. Turkmanlarning eng qadimiy dostoni bu «og‘iznoma»-dir. Bunday tashqari ularning merosidan «Go‘rug‘li», «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Asl va Karim » kabi dostonlar ham joy olgan. Turkman musiqasidagi asosiy cholg‘u sozlari, ya’ni gijjak, dutor, tuyduk, dilli tuyduk va qo‘bizlardir. Turkman xalqi o‘zining o‘tmishda yashab ijod qilgan buyuk allomalari bilan faxrlanadi. Ular orasida turkman xalq shoiri Maxtumqulining adabiy merosiga ko‘pchilik xonandalar murojaat qiladilar. Shu bois mumtoz musiqa merosida Maxtumquli so‘zlari bilan aytiladigan juda ko‘p musiqiy namunalar mavjud. Maxtumquli XVI asrda, ya’ni 1730- 1782 yillari yashab, juda katta meros qoldirgan buyuk shoirdir. Uning merosi nafaqat turkmanlar. balki boshqa xalqlar orasida ham keng ommalashgan.
Eron xalq mumtoz musiqasi. O‘zbek-tojik maqomlariga o‘xshash bo‘lgan Eron kasbiy musiqasining asosiy janri «dastgoh» deb ataladi. Eronda yettita dastgoh turkumi mavjud, jumladan Sluir, Mohur, Humoyun. Segoli, Chorgoh, Navo, Ros, Panjgoh. Har bir dastgoh o‘z navbatida, Mukaddima, Daromad, Qarashma, Go‘sha, Ovoz, Chaxor Mo‘zrob, Bayoti Turk, Abu Ato kabi tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Eronda soz, tanbur, santur, nay, surnay, ud, dovra, chang kabi milliy cholg‘u asboblaridan keng foydalaniladi.
Arab xalqlari mumtoz musiqasi. Xalklari ko‘xna va boy musiqa an’analariga ega. Bu mintaqada jozibador va o‘ziiga xos tarovati bilan farqlanuvchi samoniy, takasim, bashraf muvanshox, maval, dar, kuba, ma’ruf kabi aytim janrlari hamda taxlima, samoniy, takasim, bashraf singari cholg‘ular keng tarqalgan. Qadimda asli Markaziy Osiyoda ixtiro qilingan “al-ud” barasida arab xalqlarining milliy cholg‘u asbobi hisoblanadi. Shuningdek damli cholg‘u turlaridan nay sumay, argul; torli cholg‘ulardan qonun, santur, rubob, tanbur; zarbli cholg‘u asboblardan - nog‘ora, daff, tabla arablarda keng qo‘llaniladi. Diniy marosim janrlari tavjid, madh, zikr, ramazon qo‘shiqlari arab musiqasida azaldan shakllanib kelgan. Arab musiqasining mashhur namoyandalari Uim Qo‘lsim va Said Darveshning nomlari jahonga mashhurdir.
Xitoy xalq mumtoz musiqasi. Xe Lu-Tin va boshqalar ijodida taraqqiy etmoqda. Xitoy qadimiy va boy madaniy an’analarga ega mamlakatdir. Xitoy musiqasi, ayniqsa, xalq qo‘shiqchiligi qadim zamonlardan pentatonika tovushqatorlariga asoslanadi. Tan sulolasi davrida xitoy musiqasining asosiy pardalari va tovushqatorlari Lyuy-lyuy tizimi asosida shakllanadi. XII asrlarda an’anaviy xitoy operasi rivojlanadi. XIX asrda bu janrning 300 dan ortiq shakllari yuzaga keladi. Ashula, rechitativ raqs va cholg‘u musiqasiga asoslangan xitoy operasining mumtoz namunasi sifatida Pekin musiqa teatri Siszuy keng rivojlangan. Zamonaviy xitoy musiqasi mashhur kompozitorlari Si Sin-Xay, Ne Er, Chjan Shu, Xuan Sen kabilar.
Uyg‘ur xalq mumtoz musiqasi. Uyg‘ur kasbiy musiqasi uchta katta xududga ajratiladi. Bulan Qashqar, Kumul markazi Turfon va Ili vodiysi markazi Gulja, Kasbiy musiqada Xi voxasining musiqa san’ati yetakchi hisoblanadi. Uygur musiqasining kasbiy tizimiga kiruvchi janrlar, jumladan maqom va mukom tizimiga kiruvchi turkumiy janrlar doston, naxsho va sanam. Uyg‘urlarning yetakchi milliy cholg‘u sozlari, jumladan tanbur, dutor, safoil qashqar rubobi. gijjak. nog‘ora va surnay. Odatda. musiqa ijrochilari xalq orasida mukomchi, dostonchi, naxshichi, sanamchi, mashrapchi, usulchi, aytimchi va cholg‘uchi kabi iboralar bilan nomlanadi. Uyg‘ur musiqasi o‘ziga xos jozibali va serqochirimdir.
Hind xalq mumtoz musiqasi. Xind xalq musiqasi janrlari juda boy va xilma-xildir. Bunday turli xil folklor janrlari bilan birgalikda jahonga mashhur bo‘lgan mumtoz janr «Raga» larni ham alohida ta’kidlash lozim. Ma’lumki, Hind ragalari o‘z o‘rnida o‘zbek-tojik «Shashmaqom»i singari mukammal shakl va falsafiy mavqeidagi janr sanaladi. Hind musiqiy cholg‘u- lari ham ancha rang-barang. Hind mumtoz musiqasini dunyoga tanitishda Avan Akbar Xon, Hariprost va Yu.V.Narayaposvali kabi mohir ijrochilarning xissalari katta.

Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə