Mavzu: Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi. Reja


O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uning afzalliklari



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə5/6
tarix11.10.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#127047
1   2   3   4   5   6
Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi

O‘zbekistonda ta’lim tizimi va uning afzalliklari. Respublika xukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni mil-liy tiklanish mafkurasi ruhida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish o‘qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali o‘qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilayapti. Hozirgi paytda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ta’lim turlari to‘g‘risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriy etildi. Uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy-me’yoriy asosi yaratildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy muno-sabatni tarkib toptirish, ularda yuksak mehnat intizomini shakllantirish vazifasini qo‘yadi. Rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekistonimiz, xalk xo‘jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga xarakat qilmokda. Bu vazifalarni bajarish ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash demakdir. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi.
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni:
O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni kamrab oladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o‘rta ta’lim;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • ishlab chiqarishda ajralmagan ta’lim;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi. O‘zbekiston Res-publikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy-ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqo-batbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Ta’lim muassasalarini xududiy yunalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzilma-sini o‘zgartirish ishi amalga oshiriladi.


Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə