Mavzu: Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi. Reja



Yüklə 40,31 Kb.
səhifə3/6
tarix11.10.2023
ölçüsü40,31 Kb.
#127047
1   2   3   4   5   6
Rossiya, Estoniya, Litva va Polsha musiqa ta’limi tizimi

Polshada musiqa ta’limi. Polyak pedagoglari bolalarning musiqali salohiyatini ijodiy tafakkurini kuchaytiradigan ijodiy amaliyotga alohida e’tibor beradilar. Bolalar ijodiy amaliyotining eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari quyidagilar:

  1. O‘zi yaratgan yoki berilgan kuy asosida erkin badiha etish;

  2. Musiqa qonunlariga bo‘ysunadigan hamda ongning nazoratini talab qiladigan badiha.

Polyak pedagoglari bolalarga beradigan toshiriqlarning turli variantlaridan keng foydalanadilar, jumladan ma’lum ritmdagi badiha masalan, maqol va matallarning turli vaznlar asosida yoki poliritmiya, polimetriya uslublarida kuylash, kuyni berilgan usulga yoki polyak xalq raqslari usullariga moslashtirish, ma’lum rondo, variatsiya, uch qismli kompozitsion shaklda badiha, she’r va hikoyalarga bag‘ishlab musiqa bastalash. Polyak maktablarida Jak-Dalkroz asos solgan musiqa sadolari ostida ritmik mashqlar keng qo‘llanilmoqda. Tajriba maktablarining 1-4 sinflarida musiqiy-jismoniy mashqlarning quyidagi shakllari bajariladi:

  1. - mashqlar va ritmik o‘yinlar bo‘lib, ularda muayyan vazifalar rejalashtiriladi, masalan, musiqa sur’ati, dinamikasi, ritmikasi o‘zgarishiga bolalarning sezgirligini oshirish;

  2. - usul va jismoniy harakatlardan iborat musiqa shakllari, ya’ni uch qismli, variatsiya va boshqani yaratish;

  3. - tinglagan musiqa asarlariga izoh berish;

  4. - ashula va raqs o‘yinlari.

Barcha sinflarda bir necha daqiqalar davomida musiqani eshitish, joriy etilgan. Sakkiz yillik maktablar uchun fonotekalar tuzilib unga maxsus ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalar ilova qilingan. Mazkur qo‘llanmalarda turli yoshdagi bolalarning ijodiy tasavvurni rivojlantirish, diqqat va xotirani faollashtirish usullari tariflanadi, yozib olingan musiqa asarlarining taxlili beriladi, kompozitor va ijrochilar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Musiqani tinglash jarayoni boshlang‘ich sinflarda polyak tili dasturidagi muayyan musiqa mavzusiga, yuqori sinflarda esa tarix, geografiya, badiiy va fuqorolik tarbiyasi fanlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Polyak maktablari musiqiy tarbiya darslarida musiqa bilan tasviriy san’atlarning uyg‘unlashuviga e’tibor beriladi. Shu maqsadda darslarda musiqa va tasviriy san’atning uyg‘unlashgan shakllari, shu jumladan, audiovizual jihozlari yordamida kino, televidenie kabi turlari qo‘llaniladi. Xor qo‘shiqchiligi bolalarda tasavvur va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, qo‘shiq orqali tashki olamni idrok etish, dunyo haqidagi bilimlarni egallash va boyitishning manbalaridan biri, insonparvarlik tarbiyasining tarkibiy qismlaridan biri sifatida ta’riflanadi. Xor jamoasida qo‘shiq aytish zamonaviy inson uchun zaruriyat hisoblanadi. Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlaridagi musiqiy tarbiya shakl va tizimlarini taxlil qilib, ham ijobiy, ham salbiy tomonlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Ijobiy tomonlardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin, jumladan musiqa qo‘llanmaining asosi sifatida xalq musiqasidan keng foydalanish, musiqa uquvi, ritm, xotirani rivojlantirish, musiqa savodxonligini oshirish yuzasidan ommabop usullarni tadbiq etish, musiqa o‘qituvchilarining pedagogik tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish, o‘qituvchilar musiqiy tayyorgarligining maqsadga muvofiq usullarini qidirib topish, ta’limda texnik vositalaridan keng miqyosdan foydalanish. Xorijdagi musiqiy tarbiya sohasidagi salbiy holatlar, ziddiyatlar, asosan, musiqa o‘qituvchilarning tayyorlash jarayonida, shuningdek, umumta’lim maktablarda yagona o‘quv rejalari va dasturlarining yo‘qligida namoyon bo‘lmoqda.
Jahon musiqiy tarbiya tizimi bugo‘n izlanishlar bosqichidadir. Unda mavjud bo‘lgan turli maqsad va vazifalariga qaramasdan musiqiy tarbiyaning umumiy tomonlarini ham ko‘rsatish mumkinki - uning asosini ijodiy va asosan jamoaviy, ya’ni ommaviy musiqa ijrosi tashqil qilish kerak. Bolalar musiqiy tarbiyaning eng yangi usullari bilan tanishish, tajriba almashish, uchrashuv, seminar, anjumanlar, bolalar xor jamoalari ko‘riklarini o‘tkazish va boshqa chora - tadbirlar bolalar musiqa ta’limi va tarbiyasi sohasida jadal rivojlanishga olib boradi. Hozirda ISMEdan tashqari, konservatoriya va musiqa akademiyalarining Yevropa Assotsiatsiyasi va Umumjahon xor federatsiyasi tashqil qilingan. Ushbu Xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish yurtimizning musiqa pedagogikasi, musiqiy tarbiya nazariyasi va amaliyotining bunday keyinga rivojlanishi va mukammallashuvi uchun zarur bo‘lgan ilg‘or uslubiyotning egallashda muhim o‘rin tutadi.
Fransiyada ta’lim tizimi. Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda “Ta’lim haqida”gi qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib 1975 yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan “Ta’lim haqida”gi qonuni 1989 yil 10 iyulda qabul qilingan bo‘lib, uning o‘zgartirilishiga ta’lim strategiyasida ro‘y bergan o‘zgarishlar mamlakatning ichki va tashqi siyosatida islohotlar yuzaga kelgan. Iqtisodiy sharoitlar chet el pedagogikasidagi ilg‘or texnologiyalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi o‘quv fanlarining integratsiyalari va boshqalar sabab bo‘ldi. Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish shunga yarasha kasb-korga ega kilishdan iboratdir. Bu yerda:

  1. Davlat maktablari;

  2. Xususiy maktablar;

  3. Oraliq maktablar mavjud.

O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O‘rtacha xaftalik soatlar 26 soatdan iborat darsning davo-miyliga esa 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda o‘qish ertalabki va tushdan keyin esa matematika va boshqa fanlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza fani, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya fanlari esa rivojlantiruvchi fanlar hisoblanadi. Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan, jumladan kichik guruh 2­-4 yosh, o‘rta guruh 4-5 yosh, katta guruh 5-6 yosh. Maktabga tayyorlov guruhi 5-6 yosh bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb kilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Tayyorlov bosqichi;

  2. Elementar kurs (bu boskich ikki yil davom etadi);

  3. Chuqurlashtirilgan bosqich.

Tayyorlov bosqichi bir yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga o‘qish va yozishga, kuylashga, uylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga musiqa va mehnatga o‘rgatiladi.
Navbatdagi bosqich - boshlang‘ich kurs bo‘lib bu bosqichda o‘qish 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov shaklida fanlar bo‘yicha olingan bilimlarni yanada takomillashtiriladi.
Boshlang‘ich maktabning 3 - bosqichi chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va boshlang‘ich bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz maktablarining boshlang‘ich bosqichida “Fuqarolik ta’limi”, “Estetik ta’limi” ham o‘qitiladi. Estetik ta’limiga musiqa, tasviriy san’at, sport kiritilgan. O‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash ularni rag‘batlantirish shaxsiy qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ta’limda uzluksiz va vorislikni ta’minlab berish boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga qo‘yilgan bosh talabdir. O‘quv dasturining mazmunini bevosita o‘qituvchining o‘zi belgilaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘qituvchi bolalar bilimiga to‘la mas’ul ekan uning uslub tanlashiga mustaqil harakat qilishiga ham to‘la erkinliklar beriladi. 1990 yildagi xukumat qaroriga muvofiq maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’limiga modullashtirish, bolalarning bilimiga u yoki bu fanga moyilligiga qarab tabaqalashtirish, dars jadvalini ham shu asosda tuzish huquqi beriladi. Bunday dars jadvallari yillik, yarim yillik, choraklik asosida tuzilishi ham mumkin. O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab, o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. O‘rta ta’lim ikki bosqichda, jumladan:
Birinchi bosqichda quyidagi fanlar o‘rgatiladi, ya’ni fransuz tili va adabiyoti, chet tili, shulardan ingliz nemis ispan. italyan tillari, tarix, Fransiya geografiyasi, matematika, tibbiy fanlar. Shunday qilib 6-5-sinflar umumiy o‘rta ta’lim beradi, 4-3-sinflarda o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. Birinchi bosqich yakunlagach o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. Shundan keyin o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O‘qish uch yil davom etib, 2-sinf kichik, 1 - sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi. O‘quvchilar umumiy ta’lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng bakalavr unvoni va diplom ishi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab ko‘riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi. Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat maishiy xizmat ko‘rsatish informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi. Sirtqi ta’lim shahobchalari juda keng bo‘lib, u 500 turdagi o‘rta oliy professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. Fransiyada maktab rahbarligi lavo-zimiga erishmoq uchun ta’limga rahbarlik qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o‘qiydilar. Bunday markazlarda ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, ta’limdagi yuridik masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil etish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo etish kabi jihatlarni o‘rganadi, o‘qish yakunlangach suhbatdan test imtihonlaridan o‘tadilar.

Yüklə 40,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə