Mavzu: Suҳbat metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Pedagogik kuzatish metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Sotsiometriya metodi: turlari va unga qo’yiladigan asosiy talablar Reja


O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili



Yüklə 45,21 Kb.
səhifə13/15
tarix21.12.2023
ölçüsü45,21 Kb.
#153806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mavzu Suҳbat metodi turlari va unga qo’yiladigan asosiy talabl-fayllar.org

5. O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili. Bu tamoyil
har bir o‘quvchining ichki imkoniyatlarini aniqlash asosida pedagogik tuzatish
ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish lozimligini belgilab beradi. Tamoyilning
mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilar bilan psixologik-pedagogik tuzatish olib boriladigan
o‘quvchilarga “ikkinchi toifali o‘quvchilar” singari munosabatda bo‘lmaslik kerak.
Shundagina ularda kuzatilayotgan “ta’limiy og‘ish”ni bartaraf qilish mumkin.
6. “Yuqoridan pastgacha” tuzatish tamoyili (L.S.Vыgotskiy). O‘qituvchi va
psixologning diqqati o‘quvchining “ertangi rivojlanishi”ga qaratilishi lozim. Shunga
ko‘ra, bordi-yu, pedagogk tuzatishning maqsadi “pastdan” boshlangan, ya’ni, quyi
ko‘rsatkichlarga tayanilgan bo‘lsa, u holda uning mazmunini o‘quvchilarning
“keyingi rivojlanish hududi”ni shakllantirish tashkil qiladi. O‘quvchi tomonidan
erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash uning keyingi rivojlanish hududini
“yuqoridan pastgacha” tamoyili bo‘yicha tuzatish maqsadga muvofiqligini
ifodalaydi123.
Korreksion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

o‘quvchini ijtimoiy muhitga moslashtirish (ayniqsa, bolalar bog‘chalariga
qatnamay, uy sharoitida tarbiyalanganlarni, chunki ularning aksariyati odamovi
bo‘lib, ijtimoiy muloqotga kirishga qiynaladi);


o‘quvchini ta’lim jarayoniga moslashtirish;


o‘quvchida ijtimoiy faollikni rivojlantirish;


o‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish;


o‘quvchida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;


o‘quvchining nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish, nutq boyligini oshirish;


o‘quvchining xulqidagi kamchiliklar (tajovuzkorlik, yuqori darajadagi
ta’sirchanlik, tushkunlikka beriluvchanlik, hissiyotni sust namoyish qilish, salbiy
odatlar – tamaki mahsulotlarini chekish, giyohvand moddalar yoki spirtli
ichimliklarni iste’mol qilish, jinoyatga moyillik kabilar)ni tuzatish;


o‘quvchi mansub bo‘lgan oiladgi nosog‘lom muhitni bartaraf qilish va oilaga
ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralarini belgilash.


Yüklə 45,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə