Mavzu: Urug’larni saqlanadigan omborlaning turlari. Tayyor mahsulotni saqlash



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə7/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#155357
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Urug’larn

Bunday omborlarda urug’ni qabul qilish va uzatish ishlari o’rnatilgan mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi, ular ostki va ustki transportyorlar bilan jihozlangan. Ostki transportyorlar omborxona poli ostida galereyalarda o’rnatiladi. 4.2.Paxta chigiti saqlanadigan omborlar. Ko’p yillar davomida yog’ zavodlarida paxta chigiti piramida shaklidagi buntlarda ochiq holda saqlanar edi. Buntda saqlashning kamchiligi shundaki, chigitni buntlash yoki buntni bo’zib undan chigitni ishlab chiqarishda uzatish vaqtida ob-havo o’zgarib namgarchilik bo’lsa, chigit namlanib qoladi va quritish qiyin bo’ladi. Lekin ob-havo qulay bo’lgan vaqtda buntlangan chigit ustiga bir marta yomg’ir yog’ib utgandan keyin uning ustida 5-10sm qalinlikda qatkaloq hosil bo’lganligi uchun u bir necha oy bo’zilmay yaxshi saqlanishi mumkin. Chigit qayta ishlanadigan zavodlarda vagon yoki avtomashinada chigit qabul qilib oladigan joylar bilan omborlar orasida tunnel quriladi va chigit lentali transportyor orqali uzatiladi. Ombor bilan chigit tozalash bo’limlar orasda ham tunnel bo’ladi.

Hozirgi vaqtda yog’-moy zavodlarida zamonaviy paxta chigitini saqlash omborlari qurilgan. Bu omborlar aktiv shamollatish jihozlari bilan ta‘minlangan. Bunday omborlar yigma temir beton konstruktsiyasidan qurilgan bo’lib unda chigitni navlar bo’yicha saqlash uchun sektsiyalarga bo’lingan. Paxta chigiti qabul qilish qurilmasidan 3 noriya orqali ustki galeriyadagi 1 lentali transportyorga uzatiladi. Chigitni sektsiyalariga taqsimlash uchun maxsus 2 novalar o’rnatilgan bo’lib lentali transportyordan chigit shu novalarga beriladi.Chigitni ishlab chiqarishda uzatish uchun omborni ikki tomonida ayvon ostida kanal o’tkazilgan bo’lib uning ichiga 5 lentali transportyor o’rnatilgan. Omborxona polida muhim o’rnatilgan 4 shnekli transportyorlar bo’lib ular chigitni 5 lentali transportyorda uzatish uchun xizmat qiladi. Bunday omborlarda bajarilgan hamma ishlar mexanizatsiyalashtirilgan. Har bir sektsiyadagi urug’ning harorati avtomatik harorat o’lchash qurilmalari yordamida nazorat qilib boriladi.


Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə