Mavzu: Urug’larni saqlanadigan omborlaning turlari. Tayyor mahsulotni saqlash


-sovuq havo oqim yuborib urug’ massasining haroratini pasaytirish uchun



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#155357
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Urug’larn

-sovuq havo oqim yuborib urug’ massasining haroratini pasaytirish uchun;

-turli haroratdagi quruq havo oqimini yuborib urug’ning namligini

pasaytirish;

-urug’lar orasidagi havoni yangilab uning nafas olishi va yetilishi uchun sharoit yaratish.

Urug’ massasini aktiv shamollatishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: havo oqim o’tkazilayotgan urug’ massasi bir xil qalinlikda bo’lishi va havo utmaydigan qismlar hosil bo’lmasligi kerak;

quyilgan maqsadga erishish uchun havo oqimi tez aylanishi kerak;

yuborilayotgan havo oqim holatini urug’ning sorbtsiyalanish xususiyalarini hisobga olgan holda tanlash kerak;

urug’ harorati va havo oqimning haroratini hisobga olish kerak.

Odatda urug’ massasining namligi uning kritik namligidan katta bo’lsa, atmosfera havosi bilan aktiv shamollatish o’tkaziladi,bunda havo harorati urug’ xarotidn 4-50C va undan ko’proq miqdorda past bo’lganida aktiv shamollatish o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yomg’irli va tumanli havoda bu farq 80C dan kam bo’lmasligi lozim. Havo sovuq vaqtlarida urug’ massasini haroratini pasaytirish uchun ham havo atmosferasi bilan aktiv shamollatish o’tkaziladi.

Shamolatishni urug’ harorati havo haroratiga tenglashguncha davom etirish zarur.

Agar bu holatlarga e‘tibor berilmasa,urug’ning o’z-o’zidan qizishi, namlanishi va fiziologik jarayonlar tezlashishi mumkin. Moyli urug’larni sovutilgan holda saqlash urug’ massasi tarkibidagi barcha tirik organizmlarni past haroratni sezuvchanligiga asoslangan. Past harorati (+100C) urug’ning,mikroorganizmlarning va xasharotlarning xayot faoliyati keskin pasayadi. Bu usulni namligi yuqori bo’lgan urug’larni quritguncha yoki qayta ishlashga uzatguncha saqlashda qo’llash mumkin. Sovutib saqlangan moyli urug’ sovutishni tuxtatgandan keyin saqlashga chidamsiz bo’ladi,u mog’orlashi, chirishi va o’z-o’zidan qizishi mumkin. Shu sababdan ham sovutish tuxtatilishi bilan bu urug’ni qayta ishlash yoki quritish zarur. Saqlanayotgan urug’ massasi quyidagi yullar bilan sovitiladi: ventilatsiyalash orqali; tashishda, aralashtirishda ventilyator yordamida sovuq havo oqim yuborish bilan.


Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə