Mavzu: Urug’larni saqlanadigan omborlaning turlari. Tayyor mahsulotni saqlash


Ombordagi urug’ tozalash va quritish qurilmalarining ish unumdorligi qayta ishlaydigan urug’ miqdoriga, texnologik talablarga mos bo’lishi kerak



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə6/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#155357
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Urug’larn

4.Ombordagi urug’ tozalash va quritish qurilmalarining ish unumdorligi qayta ishlaydigan urug’ miqdoriga, texnologik talablarga mos bo’lishi kerak.

5.Omborxona yetarli darajadagi aloqa va yullar bilan ta‘minlangan bo’lishi kerak.

6.Omborxonaning sig’imi iqtisodiy asoslangan bo’lishi va maksimal miqdordagi xom ashyoni saqlash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Omborxonada turli navdagi urug’lar saqlanishi uchun yetarli bo’limlari bo’lishi kerak.

Omborxonada quyidagilar bo’lishi zarur:

- devor va pollari tuzatilgan, osti tekis, shikastlanmagan, derazalarga shisha o’tkazilgan;

-eshiklar tuzatilgan, mustaxkam bekitiladigan, omborxonani shamollatish vaqtida eshiklarga maxsus panjaralar bo’lishi kerak.

-xom ashyo uyumi ustida havoni almashtirish uchun maxsus tuynuqlar kerak,

- omborxona atrofidagi yomg’ir va qor suvlari oqadigan ariqlar tozalangan bo’lishi kerak.

Omborxonalarning xom ashyo qabul qiladigan chuqurlari va tunellar quruq, yaxshi shamollatishga va kuzatishga qulay bo’lishi kerak. Xom ashyoni qabul qilmasdan oldin omborxona yaxshilab tozalanishi va dezinfektsiyalanishi kerak.

Ishlatiladigan hamma qurilmalar texnika xavfsizligi, yong’inga qarshi himoya talablariga javob berishi kerak.

4. Moyli urug’larning saqlash omborlarini turlari

Moyli urug’lar saqlanadigan omborlar u yerdagi ishlarning mexanizmlar yordamida bajarilish darajasiga ko’ra:

1.mexanizasiyalashtirilmagan;

2.yarim mexanizatsiyalashtirilgan;

3.yexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo’linadi.

4.1.Mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalashtirilmagan

omborlar.

Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlarning poli gorizontal bo’lib muhim o’rnatilgan tushirish qurilmalari bilan jihozlangan. Bunday omborlar devori tosh g’isht va yog’ochdan bo’lib balandligi 3,2 bo’ladi, ularning sig’imi,shakli turlicha bo’ladi. Bunday omborlar oldiga urug’larni tozalash va quritish inshootlari ham birgalikda qurilishi mumkin. Bunday omborlarda xom ashyo vaqtincha yoki uzoq muddatda saqlanishi mumkin. Bu tipdagi omborlarni kam xarajat sarf qilib mexanizatsiyalashtirish imkoniyatlari mavjud. Mexanizatsiyalashtirilmagan omborlari urug’larni tushirish va yuklashda kuchma harakatlanuvchi mexanizmlar yordamida bajariladi, bu kuchma mexanizmlarni ishlatish ko’p mexnat va xarajat talab etadi. Bunday omborlarni bir qism muhim o’rnatilgan mexanizmlar bilan jihozlash mumkin, bunda bajariladigan ikki operatsiyadan (yuklash yoki tushirish) biri muhim o’rnatilgan mexanizmlar yordamida,boshqasi qushma mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Mexanizatsiyalashtirilgan omborlarning poli gorizontal va konus shaklida bo’lib unda urug’ uyum holda saqlanadi,ularda bir xil partiyadagi 5-6 ming tonna urug’ni saqlash mumkin.


Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə