Mavzu: Urug’larni saqlanadigan omborlaning turlari. Tayyor mahsulotni saqlash


quritilgan holda saqlash; 2.urug’lar orasidagi bo’shlikdagi havoni almashtirib saqlash (aktiv



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#155357
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Urug’larn

1.quritilgan holda saqlash;

2.urug’lar orasidagi bo’shlikdagi havoni almashtirib saqlash (aktiv

shamolatish usuli).

3.sovutilgan holda saqlash (urug’ va uning atrofidagi havoning harorati + 10 gradusgacha pasaytiriladi);

4.havosiz joyda saqlash;

5.kimyoviy moddalar bilan ishlov berib saqlash (konservalatsiyalash).

Urug’ning quritilgan holda saqlash usuli, past namlikda bo’lgan urug’da fiziologik jarayonlar sekin ketishiga asoslangan bo’lib, bunday erkin suv bo’lmaganligi uchun modda almashinish jarayoni ketmaydi. Erkin suvning bo’lmasligi bu muhitda mikroorganizmlar va xasharotlarning rivojlanishiga noqulaylik tug’diradi. Saqlashda optimal namlik kritik namlik qilib olinadi, bundan yuqori namlikda nafas olish tezlashib urug’ida fiziologik jarayonlar tezlashadi. Bu usulda saqlashdan oldin urug’ massasi turli konstruktsiyadagi quritish qurilmalarida quritiladi, bunda urug’ tarkibidagi mikroorganizmlar va xasharotlar faoliyatiga ham chek quyiladi. Quritish vaqtida urug’ning tovarlik va texnologik xususiyatlari yaxshilanadi. Uzoq muddatda maksimal balandlikga uyum holda saqlanadigan moyli xom ashyolarning namligi quyidagidan oshmasligi kerak: kungaboqar urug’ida 6-7%, paxta chigiti 6-8% va soyada 12% .Aktiv shamollatish - urug’ uyumi orasidan havo oqimni o’tkazish.

Urug’ massasini aktiv shamollatish uning g’ovakligiga asoslangan bo’lib, urug’ massasiga havo yuborish bilan saqlashga chidamliligi oshiriladi. Urug’ massasiga havo ventilyatorlarga ulangan kanallar yoki naylar orqali yuboriladi. Aktiv shamollatish yordamida xul va nam urug’ni saqlash, urug’ni quritish va sovutish imkoniyati bor. Aktiv shamollatish yordamida urug’ning pishib yetilishini tezlashtirish va begona hidlarni yuqotish mumkin Yog’-moy zavodlarida aktiv shamollatish urug’larini omborlari poliga o’rnatilgan statsionar qurilmalar, polga o’rnatilgan kuchma qurilmalar yerdamida amalga oshiriladi.

Aktiv shamollatishda havoni tug’ri yuborish, urug’ massasi holati va yuborilayotgan havo oqim xususiyatlari hisobga olinsa bu usulda yaxshi natijalar olish mumkin.Bu usul urug’ni uzoq muddatda saqlash usuli bo’lmasada,bu quyidagi maqsadlar uchun qulaniladi:


Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə