Mavzu: Urug’larni saqlanadigan omborlaning turlari. Tayyor mahsulotni saqlash



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə5/7
tarix23.12.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#155357
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Urug’larn

bo’lgan omborlar bilan ta‘minlanishi zarur. Moyli xom ashyolarni y erda uyum holda saqlashga mo’ljallangan binolar omborlar deb atalib, ular bir etajli poli gorizontal va qiya shaklida bo’lib devori g’isht, temir-beton yoki yog’ochdan qilingan bo’ladi. Bu omborlarda xom ashyoni 10m balandlikgacha uyum holda saqlash mumkin. Uyum holda moyli xom ashyoni saqlanadigan omborlar konstruktsiyasining tuzilishi va mexanizatsiya darajasiga ko’ra turlicha bo’ladi. Moyli urug’larni siloslarda saqlash usuli, ular balandligining 30-40m bo’lishi bilan xarakterli bo’lib, bu usulda saqlanadigan omborlarga elevatorlar deyiladi. Bunday omborlarda hamma ishlarni to’liq mexanizatsiyalash, avtomatik boshqarish va sig’imlardan to’liq foydalanish imkoniyatlari mavjud. Elevatorlar konstruktiv to’zilishi va joylashishiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. Moyli xom ashyolar saqlanadigan omborlar texnik, texnologik, qurilish va iqtisodiy talablarga javob berish zarur. Bu talablar ichida eng asosiy texnologik nuqtai nazardan xom ashyoga tirik organizm ekanligini hisobga olish zarur.

1.Omborxonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

-moyli urug’ni sifati va miqdori o’zgarmasdan saqlashni ta‘minlanishi.

Buning uchun uni yomg’ir, qor va yer osti suvlardan himoya qilish zarur;

-omborxona issiqlikni kam o’tkazadigan, gigroskopikligi yaxshi bo’lgan qurilish materiallardan qurilishi kerak;

-xom ashyo zaxirasi turli zararkunanda xasharotlar kirishidan himoyalanishi kerak.

-omborxonaning qurilish konstruktsiyalari oddiy bo’lishi kerak. Omborxona devorlari gaz o’tkazmaydigan bo’lishi zarur;

-shamollatish qurilmalari bilan jihozlanishi, urug’lari kuchirish mexanizmlari va o’zining alohida tarozisi bo’lishi kerak.

2.Omborxonada bajariladigan hamma ishlar imkon qadar

mexanizatsiyalashtirilgan bo’lishi kerak.

3.Omborxonalar urug’ni tozalaydigan va quritadigan qurilmalar bilan jihozlangan bo’lishi va bu qurilmalar urug’ xususiyatlarga mos

holda bo’lishi kerak.


Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə