Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi



Yüklə 33,58 Kb.
səhifə10/11
tarix10.09.2023
ölçüsü33,58 Kb.
#121599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-sinf uchun qo\'llanma

O‘quv jarayonining
mazmuni

Vazifalar:
O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.

O‘quv jarayonini
Amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: “Aqliy hujum”, “Juftlikda ishlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Sinkveyn”.
Shakil: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, amaliy mashg‘ulot.
Vosita:Yarim sharlar tabiiy xaritasi, Yevrosiyoning tabiiy va iqlim xaritalari, atlas, yozuvsiz xarita, Yevrosiyo davlatlari bayroqlari maketlari, vatman, markerlar.
Texnik vositalar: Dunyo tabiiy xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o‘quv filmi, tarqatma savollar.
Usul: Tayyor yozma materiallar, Akvarium, mavzuga oid xaritalar asosida.
Nazorat: Savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi: Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Amaliy mashg‘ulot davomida barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.O‘quvchi: Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo‘ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar


Yüklə 33,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə