Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi



Yüklə 33,58 Kb.
səhifə5/11
tarix10.09.2023
ölçüsü33,58 Kb.
#121599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-sinf uchun qo\'llanma

O‘quv jarayonining
mazmuni

Vazifalar: O‘quvchilarda mavzu asosida bilim va ko‘nikmalarni shakillantirish, geografik atlas va xaritalar bilan ishlashga qiziqish o‘yg‘otish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.

O‘quv jarayonini
Amalga oshirish texnologiyasi

Uslub: “Aqliy hujum”, Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash),“Guruhlar bilan ishlash”
Shakl: Savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash, amaliy mashg‘ulot.
Vosita: Dunyo tabiiy xaritasi, 6-sinf o‘quv atlasi, yozuvsiz xarita, 6-sinf darsligi, tarqatma savollar.
Usul: Tayyor yozma materiallar.
Nazorat: Savol-javob, “ Raqamli diktant”.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash.

Kutilayotgan natijalar

O‘qituvchi:
Mavzu belgilangan vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarning darsda faolligi oshadi. Ularda fanga nisbatan qiziqish o‘yg‘onadi. Xarita bilan ishlashda barcha o‘quvchilar baholanadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. O‘quvchilar og‘zaki va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajaradilar, boshqalarga yetkazish, savol va javob berishga o‘rgatiladi.

O’quvchi:

Mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo’ladilar. Guruhlar bilan ishlashni o’rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko’rsata olish ko’nikma va malakalarga ega bo’lish bilan birga ularda o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish; muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish bilan kommunikativ kompetentsiya shakllantiriladi.



Yüklə 33,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə