''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

Xulosa va takliflar 
Kurs ishimdan olgan hulosalarim shuki: mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari 
tizimining tuzilishi ulardan har birining funktsional vazifasini aniqlashga 
asoslanish lozim. Ko’rsatkichlarni tasniflashni mezoni - mehnat natijalarini 
ifodalash usulidir.
Mehnat unumdorligini aniqlash vazifasi, uning tizimini yaratish, o’rganish 
muhim yo’nalish hisoblanadi. Mehnat unumdorligini o’lchash usullari ko’p omilli, 
vektorli va mezonli sifatida tasniflanadi. 
Mehnat unumdorligi rivojlanib boruvchi ko’rsatkich bo’lganligi sababli 
omillar va zahiralarni o’rganish dolzarb muammoga aylandi. Mehnat 
unumdorligini oshirish zahiralar tizimini yaratish eng muhim yo’nalishdir. 
Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini 
ifodalovchi eng muhim ko’rsatkich hisoblanadi, u to’g’ri va teskari ko’rsatkichlar 
yordamida baholanadi. To’g’ri mehnat unumdorligi ko’rsatkichi – vaqt birligida 
ishlab chiqargan mahsulot miqdorini ifodalaydi. Teskari mehnat unumdorligi 
ko’rsatkichi, mehnat talabchanligi – mahsulot birligiga sarf etilgan ish vaqti 
birligini ifodalaydi. Bu ko’rsatkichlar orasida teskari bog’liqlik mavjud. 


 Mehnat unumdorligi darajasini o’rganish muammosi, iqtisodchi-statistiklar 
orasida diskussiya hisoblanib, juda ko’p fikr va mulohazalar bildirilmoqda. G’arb 
statistikasida unumdorlik ko’rsatkichlari tizimi ishlab chiqarish nazariyasi asosida 
tashkil etiladi va bu nazariyaga ko’ra mehnat unumdorligi, unumdorlikning 
xususiy ko’rsatkichi sifatida qaraladi, chunki sarflangan jonli mehnat, faqat ishlab 
chiqarish omillaridan biri sifatida qaralib, texnik taraqqiyot etishi sari uning 
ahamiyati kamayib boradi va shuning uchun mahsulot yaratishda ishtirok etadigan 
ishlab chiqarish omillarini ham hisobga olish lozim. 
Xalqaro statistikada unumdorlik hisob-kitobida, mahsulot ko’rsatkichi 
sifatida yalpi mahsulot ishlab chiqarish, pirovard mahsulot, sof mahsulot, yalpi 
qo’shilgan qiymat, sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlaridan foydalanish 
mumkinligi ko’riladi. Mehnat unumdorligi dinamikasi indeks usuli yordamida 
o’rganilib, bu usul nafaqat mehnat unumdorligi o’zgarishini ko’rsatib, balki turli 
xil omillar ta’sirini ham aks ettiradi. Mehnat unumdorligi bozor sharoitida natijaviy 
ko’rsatkichni oshirishning asosiy omili bo’lib hisoblanadi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə