''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

Istiqbol zahiralari
ishlab chiqarishni qayta tashkil etishni, ancha mukammal asbob-uskunalar 
o’rnatilishi, tayyorgarlik ishlariga kapital mablag’lar va ko’proq vaqt sarflashni 
talab qiladi. 
Zahiralar aniqlanish va foydalanish joyiga qarab xalq xo’jalik, tarmoq va 
ichki ishlab chiqarish zahiralariga bo’linadi. Xalq xo’jalik zahiralariga tabiiy 
resurslar, ulardan har tomonlama foydalanish va shu kabilar kiradi. Tarmoq 
zahiralariga shunday zahiralar kiradiki, ulardan foydalanish umuman tarmoqdagi 
xodimlar mehnat unumdorligini oshiradi (korxonalarning ixtisoslashtirilishi, ishlab 
chiqarishning bir joyga to’planishi va kombinatsiyalanishi, texnika va 
texnologiyaning takomillashtirilishi va hokazo). Ichki ishlab chiqarish zahiralari 
mehnat unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ular joriy va istiqbol 
zahiralardan tashqari, ikki guruhga bo’linadi: mahsulotning sermehnatlik darajasini 
pasaytirish zahiralari va jami ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish zahiralari. 
Ma’lumki, mehnat unumdorligi darajasi ish vaqti birligiga to’g’ri keladigan 
mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Lekin boshlang’ich hajmlar vaqtda ifodalansa, 
mehnat unumdorligi ish vaqti fondining mahsulot sermehnatlik darajasiga nisbati 
sifatida hisoblab chiqariladi: 
M
u

Мс
Ф ив

Bu erda:
у
М

Mehnat unumdorligi (boshlang’ishlab chiqarish hajmlar vaqtda 
ifodalangandagi), 
ИВ
Ф
- Ish vaqti fondi, 
С
М
- Mahsulot sermehnatlik darajasi 


Buning ma’nosi shuki, mahsulot ishlab chiqarish me’yori uni ishlab 
chiqarishga sarflangan vaqt miqdoriga to’g’ri proportsional va uning sermehnatlik 
darajasiga teskari proportsionaldir. Agar mehnat unumdorligi ish vaqt fondini 
ko’paytirish hisobiga ortsa, u holda bu unumdorlikni oshirishning ekstensiv yo’li 
hisoblanadi; agar unumdorlik sermehnatlik darajasini qisqartirish bilan ta’min 
etilsa, bu ekstensiv yo’l hisoblanadi. Bunda mahsulot tayyorlashga sarf etiladigan 
sarf xarajatlarning kamayishi yangi texnika va texnologiya joriy etish, mehnatni 
tashkil etishni takomillashtirish hisobiga sodir bo’ladi.
Mavjud zahiralarni aniqlash ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida 
yoki joriy va oldingi davrlardagi ish turlari bo’yicha mehnat unumdorligi darajasi 
va dinamikasini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Tahlil qilishning asosiy 
usuli joriy davrdagi ko’rsatkichlarni rejalashtirilgan ko’rsatkichlar bilan 
taqqoslashdir. Bunda rejalashtirilgan topshiriqlarning asoslanganligi ham 
tekshirilishi lozim, chunki ularda rejalashtirilgan davrdagi ishlab chiqarishning 
barcha xususiyatlari, shart-sharoitlari, zahiralarini to’la hisobga olinmagan bo’lishi 
mumkin. Shuningdek, yil davomida rejaga kiritiladigan turli aniqliklarni ham 
hisobga olish zarur. Ular boshqa ko’rsatkichlarga - mehnat unumdorligiga
xodimlar soniga, mehnatga haq to’lash fondiga turli o’zgartirishlar kiritilishiga 
sabab bo’ladi.
Ishchi kuchi tejalishini hisoblash uchun sermehnatlik darajasini 
pasaytiruvchi tadbir joriy etilishidan oldingi va keyingi u yoki bu mahsulotni 
tayyorlash yoki biron - bir ish turini bajarishga sarflangan mehnat xarajatlari 
taqqoslab ko’riladi. 
Sermehnatlik darajasini norma-soatlarda o’lchaganda ish kuchining 
tejalishi (Tk) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
T
k

К
в
Фи
Тн

.
.
x M, 
Bu erda: 
T
n
- operatsiyaga sarflangan mehnatni tejash, norma-soat hisobida; 
F
i.v
.
- ishchining yillik ish vaqti foizi, soat; 
K
- mazkur operatsiyada normalarni bajarishning rejadagi koeffitsienti; 


M
- yil oxirigacha amalga oshirilgan operatsiyalar (buyumlar) soni. 
Ish vaqtidan yaxshiroq foydalanish hisobiga mehnat unumdorligining 
o’sish zahiralari avvalo bu vaqtning bekor sarf bo’lishiga barham berish bilan 
bog’liqdir. Haqiqatda ular sermehnatlik darajasining pasayishi zahiralaridan keskin 
farq qiladi hamda faqat mehnat va ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmaganda, 
mehnat intizomi buzilganda, mehnatni muhofaza qilish etarli darajada yo’lga 
qo’yilmaganda va shu kabi hollarda sodir bo’ladi. Bu zahiralar ko’rsatib o’tilgan 
kamchiliklar barham topgach tugaydi. Holbuki sermehnatlik darajasini kamaytirish 
zahiralari cheksiz hisoblanadi. Ish vaqtining bekor sarf bo’lishi hisobiga mehnat 
unumdorligining o’sish zahiralarini aniqlash maqsadida ish vaqtining haqiqiy 
balansini sinchiklab tahlil qilish uni rejalashtirilgan ish vaqti bilan taqqoslash, ish 
kunini sur’atga tushirish va bu ishni mustaqil ravishda amalga oshirish yordamida 
ish vaqtining bekor sarf etilishini aniqlash, ularning sabablarini belgilash va ularni 
kamaytirish yoki to’liq barham toptirish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralaridan biri - kadrlar tarkibini 
takomillashtirishdir. Kadrlar tarkibi deganda sanoat-ishlab chiqarish xodimlarining 
ayrim toifalari o’rtasidagi miqdor nisbati tushuniladi. Asosiy va yordamchi 
ishchilarning miqdor nisbati, shuningdek, ishchilarning barcha xodimlar sonidagi 
nisbati eng muhim. Kadrlar tarkibining ko’rsatkichlari: sanoat-ishlab chiqarish 
xodimlari umumiy sonida ishchilarning salmog’i va ishchilar va butun xodimlar 
umumiy sonidagi asosiy ishchilarning salmog’idir. 
Федорова Н.В., Минченкова О.Ю. Управление персоналом организации. Издательство: М: КноРус, 2005. -416с.
Шапиро С.А. Управление человеческими ресурсами:Справочник. Издательство: М: ГроссМедиа, 2005. -304с. 
Шепеленко С.Г. Организация, нормирование и оплата труда на предприятии. Учебное пособие. Издательство: Март, 2004. -160с.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə