''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

tashkiliy omillarda
korxonalar, 
tarmoqlar va umuman, iqtisodiyot darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish kiradi. 
Xususan, korxonalarni mamlakatimiz hududlari bo’yicha joylashtirish, ham 
mamlakat ichida, ham chet mamlakatlar bilan transport aloqalarini yo’lga qo’yish; 
korxonalarni ixtisoslashtirish va ularning keyinchalik kooperatsiyalashuvi; 
moddiy-texnika, energiya ta’minoti, ta’mirlash xizmati ko’rsatish va hokazolar 
katta ahamiyatga egadir. Korxonalar ichida ishlab chiqarishni tashkil etishning 
yaxshilanishiga doir muhim vazifalar quyidagilardir: rejalashtirish sifatini oshirish; 
ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashni tashkil etish; yangi texnika 
va texnologiyani o’z vaqtida joriy qilish; ishlab turgan asbob-uskunalarni 
zamonaviylashtirish; mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalar, apparatlarni joriy 
va kapital ta’mirlashni ta’min etish, shuningdek, korxona ichida moddiy-texnika 
ta’minotini to’g’ri tashkil etish. 
Barcha tashkiliy omillar bir-biri bilan mustahkam bog’langan bo’lib, ishlab 
chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yagona tizimini hosil qiladi. 
Ulardan to’liq foydalanmaslik, turli tashkiliy kamchiliklarning mavjud bo’lishi 
asosan ish vaqtidan foydalanishda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ish vaqtining bekor sarf 
bo’lishi mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar oqibati bo’lib, 


mehnat unumdorligini pasaytiradi, ish vaqti bekor sarf bo’lishini qisqartirish esa 
mehnat unumdorligining ortishini ta’minlaydi. 
Tashkiliy omillar tizimida kadrlar tarkibining yaxshilanishi - boshqaruv 
xodimlari sonining nisbiy qisqarishi va sanoat - ishlab chiqarish xodimlari umumiy 
sonida ishchilar salmog’ining, bular orasida esa asosiy ishchilar salmog’ining 
ortishi muhim o’rin tutadi. Sanoat - ishlab chiqarish xodimlari umumiy sonida 
ishchilar salmog’i qanchalik yuqori bo’lsa, bitta xodimga to’g’ri keladigan mehnat 
unumdorligi ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə