''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari


Mehnat unumdorligi o’zgarishining omillari va shart-sharoitlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

1.3. Mehnat unumdorligi o’zgarishining omillari va shart-sharoitlari 
Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko’rsatkichdir. U ko’pgina 
sabablar va omillar ta’sirida doimiy ravishda o’zgarib turadi. Ulardan bir xillari 
mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, boshqalari uni pasaytirishga sabab 
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi va o’sishiga 
mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shart-sharoitlar 


qulay bo’lsa, u yoki bu omilning ta’sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo’lsa, 
bu ta’sirni zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy-iqlim sharoitlari qishloq xo’jaligidagi 
mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ishlab 
chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy shart-
sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan shart-
sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. 
Korxonada mehnat unumdorligining oshishi quyidagi tarzda namoyon bo’ladi: 

Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning sifati o’zgarmagan 
holda hajmi oshishi; 

Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning hajmi o’zgarmagan 
holda sifati oshishi

Ishlab chiqariladigan mahsult birligiga mehnat sarfining qisqarishi; 

Mahsulot tannarhida mehnat sarflari ulushi kamayishi; 

Tovarlar ishlab chiqarilishi va aylanishi vaqti qisqarishi; 
Foyda massami va me’yori oshishi tarzida namoyon bo’ladi. 
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko’pgina omillar ta’sir 
qiladi. 
Omillar deb mehnat unumdorligining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan 
harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi.
Ulardan ayrimlari mehnat 
unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga 
sabab bo’lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining 
samarasini ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar 
ijtimoiy guruhlari sharoitining yaxshilanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha tadbirlar 
kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlarning noqulay ta’sir ko’rsatishi, ishlab 
chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy 
elementlarning ta’sir ko’rsatishi kiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, 
ularning hammasini ichki va tashqi omillarga bo’lish mumkin. 
Ichki omillarga
korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini
qo’llanilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning 


energiya bilan ta’minlanishi darajasi, tatbiq etilayotgan rag’batlantirish 
tizimlarining ta’sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, kadrlar 
tarkibining yaxshilanishi kabi korxonani rahbarlariga bog’liq bo’lgan barcha 
narsalar kiradi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə