''Maxsus fanlar'' kafedrasi Kurs ishi mavzusi: Mehnat unumdorligi o’sishining asosiy omillari va mehnat samaradorligini oshirish yo’nalishlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix28.02.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#101644
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
\'\'Maxsus fanlar\'\' kafedrasi Kurs ishi mavzusi Mehnat unumdorlig

Vatanimiz tajribasida 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajm ko’rsatkichlari faqat jonli 
mehnat bilan bog’liq bo’lganligi sababli foydalinayotgan materiallar 
sig’imining va qiymat ko’rsatkichlarining o’zgarishiga duchor bo’lmoqda. 
Moddiy xarajatlarrning har qanday ko’payishi (xoh u ancha qimmatbaho 
material bo’lsin) yoki boshqa korxonalar bilan kooperatsiya bo’yicha 
mahsulot etkazib berish va sotish bo’lsin, baribir mehnat unumdorligining 
ortib borish tasavvurini beradi. Material sig’imining kamayishi esa – mazkur 
ko’rsatkichning pasayishi tasavvurini o’yg’otadi. 
Mehnat unumdorligini o’lchashda material sig’imining o’zgarishi ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning hajm ko’rsatkichiga va mahsulot ishlab chiqarish 
normasiga salbiy ta’sir ko’rsatishiga barham berish uchun qo’shimcha o’lchov 
usullaridan foydalaniladi: shartli sof, normativ sof mahsulot bo’yicha va ishlov 
berishdagi normativ qiymat usullari tatbiq etiladi. Bu usullarni qo’llash material 
sig’imio’zgarishlarining salbiy ta’sirining to’liq yoki qisman barham toptiradi.
Shunga qaramay ularning har biri o’z kamchiligiga ega bo’lib, haqiqatla ulardan 
birortasi ham bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bermayodi. 


Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalaniladigan 
shartli sof mahsulot ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xomashyo
butlovchi ashyolar, energiya, yoqilg’i va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni 
chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu ko’rsatkichdan ish haqi, asosiy fondlarning 
eskirishi va foyda chegirilmaydi. Bu erda moddiy xarajatlar o’zgarishi barham 
toptiriladi, lekin foydanining salmog’i va amortizatsiyaning salmog’i ortadi. 
Ularning o’zgarishi esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi 
ko’rsatkichlarini birmuncha soxtalashtirishi mumkin. 
Mehnat 
unumdorligi 
aniqlashda 
foydalaniladigan 
sof 
mahsulot 
ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu 
jumladan amortizatsiya ajratmalarini ham chiqarib tashlash yo’li bilan hisoblab 
chiqiladi. Xarajatlarni va mehnat unumdorlgini hisoblashda avvalgi mehnat 
xarajatlarining soxtalashtiruvchi ta’siri to’la-to’kis barham toptiriladi, lekin 
foydaning salmog’i jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining 
turlicha foyda berishi sharoitida aynan foyda sof mahsulot va mehnat 
unumdorligini ko’rsatkichlarini soxtalashtirishda asosiy rol o’ynaydi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə