Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   132
kimyo o\'qitish

O`tkazilish shakli 
1. 
Musobaqa va o`yin shaklidagi
darslar 
Tanlov, turnir, estafeta, duel, QZK (KVN), 
musobaqa, tadbirli o`yin, rolli o`yin, 
viktorina
2. 
Ijtimoiy amaliyotda ma`lum 
bo`lmagan ish shakllari va 
uslublariga asoslangan darslar 
Tadiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar 
tahlili, sharh, “Aqliy hujum”, intervyu
reportaj. 
3. 
Muloqotning og`zaki shaklini 
eslatuvchi darslar 
Matbuot anjumani, auksion, benefis, miting, 
munozara, panorama, muloqot 
4, 
O`quv materialini noan`anaviy 
tashkil 
etishga 
asoslangan 
darslar
Donolik darslari, ochiq tan olish, “dublyor 
harakat boshlaydi” darsi, sahnalashtirilgan 
dars 
5. 
Xayoliylashgan daslar
Ertak darslar, sovg`a dars, XXI asr darsi,


30 
6. 
Muassasa 
yoki 
tashkilotlar 
faoliyatiga o`xshash darslar 
Sud, tergov, ilmiy kengash, muharrirlar 
kengashi 
Zamonaviy kimyo darsiga qo’yiladigan talablar. 
Kimyo ta’limi murakkab va o’ta muhim bosqichdir: yaxshi (sifatli) dars 
berish - tajribali o’qituvchi uchun ham oson ish emas. 
Ana shu munosabat bilan zamonaviy kimyo darslariga quyidagicha talablar 
qo’yiladi:
1.
Darsning maqsadlariga erishish aniq yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
2.
Mazmunning ilmiyligi, aynan o’quvchilarga kimyoning asosiy tushunchalari
qonunlari va dalillarini nazariy jihatdan to’g’ri yoritish.
3.
Darsning yuksak g’oyaviy-siyosiy saviyasi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirishga xizmat qilsin.
4.
Predmetlararo bog’liqlikni hisobga olib o’qitishni ta’minlash. 
5.
O’quvchilarning mantiqiy tafakkurlashi, ularni ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri bo’lgan o’quv jarayonining 
muammoli tizimi uchun mazmun va o’qitish metodlarining barcha 
imkoniyatlaridan foydalanishi.
6.
Darsning maqsadi va o’quv materialining mazmuniga mos keluvchi yetarli 
qiyinchilik darajasida o’qitishni o’quvchilarga mosligi, muvofiqligini ta’minlovchi 
o’qitishning turli xil metodlarini chog’ishtirish, kimyoviy eksprementining barcha 
turlari hamda o’qitish vositalari majmuasidan foydalanish.
7.
Darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarining salmog’ini oshirish, frontal, guruh 
bo’lib va yakka tartibda bajariladigan o’quvchilarning ishlarini chog’ishtirish.
8.
Darsning barcha qismlari bir-biriga mos kelishi, ular asosiy didaktik maqsadga 
mos buysunishi hamda o’quv vaqtidan oqilona foydalanish kerak.
9.
Darsda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ishonchi, samimiyatiga asoslangan 
sokin ish muhiti bo’lishi lozim.
Darsning maqsadi va uning predmet mazmuni davlat dasturi va darslik bilan 
aniqlanadi. Shu bilan birga, o’qituvchi darsga tayyorlanayotgan paytda qo’shimcha 


31 
materiallardan foydalanish imkoniga ega. Ammo, muhimi, bu tanlangan 
materiallar o’quvchi yoshiga mos va bu dasturda belgilangan tushunchalardan 
tashqari, qo’shimcha tushunchalarni qamrab olmaslik zarur. Illyustrativ material 
esa darsda asosiy materialni o’zlashtirishga xalaqit bermasligi kerak. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə