Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar


Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
kimyo o\'qitish

Yangi o’tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash
. Yangi o’tilgan 
mavzuni o’quvchilar ongiga mustahkamlash uchun o’qituvchi maxsus tayyorlab 
kelgan savollarni o’quvchilarga havola qiladi, darslikdagi har bir mavzu so’ngiga 
keltirilgan topshiriqlar va masalalardan tanlab yechiladi.
Darsning bu qismiga 10-15 minut sarflash tavsiya etiladi. 


28 
Darsni yakunlash (xulosalash) va uyga topshiriq berish
. Har bir dars 
undan xulosa chiqarish va o’quvchilarga uyda bajarish uchun topshiriq berish bilan 
yakunlanadi. Darsning bu qismiga 4-6 minut vaqt ajratish tavsiya etiladi. 
Maktabda kimyo ta’limi maqsadlari o’quvchilarda boshlang’ich maktabda 
tabiatshunoslik va yuqori sinflar bilan uzviylik aloqalarini saqlagan holda asosiy 
kimyoviy tushunchalar tizimini modellashtirishni ko’zda tutadi. Har sohada 
jadallashib borayotgan o’zgarishlar ta’lim tizimi oldiga faqatgina kimyoviy 
bilimlarni o’rgatishni emas balki, o’quvchilarda bu bilimlarni mustaqil o’rganish 
ko’nikmalarini rivojlantirishni dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda. 
Shunga ko’ra kimyo fani bo’yicha olib borilayotgan darslar an’anaviy 
darslar bilan bir qatorda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan
o’quvchilarning ko’proq o’zlarini mustaqil izlanishga, faoliyatga chorlaydigan 
uslublardan foydalanishni taqozo etmoqda. Bu holat ko’pgina rivojlangan davlatlar 
pedagogika jamiyatlari va olimlari tomonidan qayd qilinib, ta’lim tizimiga 
zamonaviy ta’lim texnologiyalari qo’llanila boshlandi. Shunday uslublardan biri 
o’quvchilarni mustaqil faoliyatga chorlaydigan texnologiya asosida ishlab 
chiqilgan. 
Yangi mavzuni o’rganishga oid 
interaktiv faoliyat darsining tarkibiy 
tuzilmasi quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin. 
I. Motivatsiya
: ta’lim olishga undov, o’quvchilarni yangi mavzuga 
qiziqtirish, mavzuni dolzarblashtirish, mavzuga oid muammoli vaziyatni keltirib 
chiqarish; 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə