Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
kimyo o\'qitish

Zamonaviy dars turlari 
O`quvchilarga o`rgatiladigan mavzu maqsadlaridan va ta`lim mazmunidan 
kelib chiqib, eng samarali dars turi belgilanadi. Umumta`lim maktablari, AL larda 
kimyo fanini o`qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti ta`lim jarayoniga 
tizimli yondashuvdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars 
turlari quyidagi sxemada berilgan: 
Bunday darslarni tashkillash uchun zamonaviy kimyo o’qituvchisi 
quyidagilarni bilishi kerak.
1. Kimyo o’qitish jarayonida o’qitishning ta’lim va tarbiyaviy hamda 
o’quvchilarni rivojlantirish maqsadini; 
2. Maktab yoki akademik litseylarining o’quv dasturlari, darsliklari, o’quv – 
metodik qo’llanmalar; 
3. Kimyo o’qitish metodikasining nazariy asoslari, jumladan, kimyo o’qitish 
metodlarini va ularning natijalarini nazorat qilishni, kimyo kabinetining o’quv 
o’quv jihozlarini, laboratoriyada ishlash vaqtidagi xavfsizlik texnikasini, kimyoviy 
reaktivlarning xossalari va ularni saqlash qoidalarini o’qitishning texnik 
vositalarini va ularni ishlatish yo’llarini; 


32 
4. O’qituvchi psixologik xususiyatlari turli bo’lgan bolalar bilan ish olib boradi, 
ularga ta’lim va tarbiya beradi. Shuning uchun pedagogika va psixologiya fanlari 
asoslarini bilib olishi kerak; 
5. O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omillaridan 
biri ularda kimyoviy masalalar yechish malakalarini shakllantirish va 
rivojlantirishdir. Shuning uchun o’qituvchining o’zi masala yechish malakasiga 
ega bo’lishi kerak; 
6. O’qituvchi ilmiy – ijodiy izlanish malakasiga ega bo’lishi kerak. Bu ko’nikma 
va malakalar o’quvchilarning ped amaliyot vaqtida shakllantiriladi, natijada ular 
mustaqil malakaviy bitiruv ishlari bajaridalar. Bitiruv ishlarini ilmiy – metodik 
yangilik elementlariga ega bo’lishi kerak.
7. Kimyo o’qitishning an’anaviy metodlari o’rniga interaktiv metodlar, jumladan 
innovatsion va axborot texnologiyalarini bilib olishlari kerak. Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi ko’rsatmalarini amalga oshirish, o’qituvchilar tayyorlashni dunyo 
andozalariga javob beradigan darajaga olib chiqadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə