Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
kimyo o\'qitish

 Klaster metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u 
o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o’ylash va 
fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur 
metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi 
tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar 
tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir 
maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi. 
Ikki qismli kundaliklar 
Ikki qismli kundaliklar o’quvchilarga matn mazmunini o’z shaxsiy tajribasi 
bilan chambarchas bog’lash, o’zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini 
beradi. Ayniqsa, o’quvchilar qandaydir adabiyotlarni o’quv auditoriyasidan 
tashqari o’qib chiqish topshirig’ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir.
Ikki qismli kundalik uchun o’quvchilar yozilmagan qog’ozning o’rtasidan 
tik chiziq o’tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Qog’ozning chap tomoniga 
matnning qaysi qismi ularga eng ko’p taassurot qoldirganini qayd etishadi. 
Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg’otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga 
tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik 
hissini uyg’otar. O’ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu tsitatani 
yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg’otdi? Shu munosabat 
bilan ularda qanday savol tug’ildi? Qisqasi, matnni o’qirkan, o’quvchilar vaqti-


45 
vaqti bilan to’xtashlari va o’zlarining qo’shaloq kundaliklarida shunday belgilar 
qo’yib borishlari kerak.
Quyida ana shunday ikki qismli kundalikka misol keltiramiz:
Uglerodning tabiatda tarqalishi 
Uglerodning fizikaviy xossalari 
Uglerodning kimyoviy xossalari 
Demak, o`quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirish va ta’lim 
samaradorligini oshirishga imkon beradigan texnologiyalarning o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lishi bilan birgalikda, ta’lim jarayonida ta’lim beruvchi,
rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, ijodiy faoliyatga yo’llovchi, kommunikativ
mantiqiy fikrlash, aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, o’z faoliyatini tahlil 
qilish, kasbga yo’llash, mo’ljalni to’g’ri olishga o’rgatish, hamkorlikni vujudga 
keltirish kabi funktsiyalarni bajaradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə