Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy h olati. Reja


Menejmentning ilmiy maktablari



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix05.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#108594
1   2   3   4   5   6   7   8
1- ¼áóºÒ

1.2. Menejmentning ilmiy maktablari 
Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar 
mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha 
farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo‘lganlar, shuning uchun 
boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq 
bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez 
o‘zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga
nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar 
boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar 
mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi 
yondashuvlar ishlab chiqilgan. Hammadan avval, 
boshqaruvda har bir maktablarni
ajratish nuqtai nazardan yondashuv.
U, o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai 
nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy 
boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy 
usul. 
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920).
Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil 
qilish” nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX 
asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi 
F.Teylor (1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni 
oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. 
Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu 
maktabning ko‘zga ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev 
(Rossiya)lardir. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə