Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy h olati. Reja


Menejmentning yapon modeli



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix05.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#108594
1   2   3   4   5   6   7   8
1- ¼áóºÒ

Menejmentning yapon modeli 
ham katta shoʻbaiqish uyg‘otadi. Yaponiya jahon
bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Buning asosiy sabablaridan biri u 
tomonidan qo‘llanayotgan menejmentning insoniy omilga qaratilgan modelidir. 
Yaponiyada milliy xarakterning o‘ziga xos alomatlariga mos keluvchi mehnat va hulq 
usullari vujudga kelgan.
Yaponlar insoniy resurslarni mamlakatning asosiy boyligi deb hisoblaydilar. 
Xo‘jalik yuritishning yapon tizimi tarixan vujudga kelgan guruhli jipslashganlik va 
yaponlarni yuqori sifatli mahsulotlarni yaratishga tug‘ma intilishi an’analariga suyanadi. 


Iqtisod qilish va tejamkorlik yapon xarakterining ajralib turuvchi alomatlari 
bo‘ladi. Iqtisod va tejamkorlikni talab qilish bevosita yuqori sifatli mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘langan. 
Yapon menejmentining mohiyati odamlarni boshqarishdan iboratdir. Bunda 
yaponlar amerikaliklarga o‘xshab bitta odam (shaxs)ga emas, balki odamlar guruhiga 
qaraydilar. Bundan tashqari, Yaponiyada tutgan o‘rni guruh tomonidan ma’qullanadigan
yoshi bo‘yicha kattaroq kishiga bo‘ysunish an’anasi vujudga kelgan. 
Yaponlar mehnatning oldida bosh egadilar. Ularni ko‘pincha “mehnasevarlar” deb 
ataydilar. Yapon xalqi boyliklari iyererxiyasida mehnat birinchi o‘rinda turadi. Yaponlar 
yaxshi bajarilgan ishdan qoniqishni his qiladilar. Shuning uchun ular qat’iy intizom, 
keskinlik va ish vaqtidan tashqari ishlashga chidashga rozilar. 
Menejmentning yapon modeli “ijtimoiy insonga” mo‘ljallangan. “Ijtimoiy inson” 
rag‘batlar va motivasiyaning o‘ziga xos tizimiga egadir. Rag‘batlarga ish haqi, mehnat 
sharoitlari, rahbarlik usuli, xodimlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar kiradi. 
Xodimning mehnatdagi muvaffaqiyatlari, uning xizmatlarini tan olinishi, xizmatdagi 
o‘sish, kasbiy mukammalashish, ijodiy yondashuv mehnatga motivasiya bo‘ladilar. 
Keyingi yillarda amerikali tadbirkorlar ko‘pincha Yaponiyaning ilg‘or tajribasi, 
yaponlarni muvaffaqiyatga olib kelgan yangiliklarni o‘z korxonalariga ko‘chirish uchun 
harakatlar qilganlar. Bu “aniq vaqtda”, “sifat to‘garaklari”, xodimlarning uzoq muddatli 
yoki “umrbod yollash” va boshqalardir. Ammo ularni barchasi ham uzoq yashay olmagan. 
O‘tgan asrning o‘rtalarida holat teskari bo‘lgan. Yapon firmalari ishlab chiqarishni 
tashkil qilish, ishlab chiqarish texnologiyasi, tashkiliy tuzilmani tashkil qilish va boshqa 
amerikacha tamoyillarni qabul qilganlar. Mashhur “sifat to‘garaklari” va “aniq vaqtida” 
yetkazib berish tizimi Amerikada vujudga kelgan, ammo dastavval u yerda keng 
tarqalmagan. Ular birinchi marta yapon firmalarida qo‘llana boshlanganlar va yaxshi 
natijalar keltirganlar. Shuning bilan bir vaqtda amerikacha “insoniy resurslar”ni 
boshqarish usullari Yaponiyada qo‘llanish topmagan. 
Bu menejmentning bitta modelini boshqa davlat iqtisodiyotiga uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmasdan ko‘chirish mumkin emasligidan darak beradi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə