Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy h olati. Reja


Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha)



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix05.05.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#108594
1   2   3   4   5   6   7   8
1- ¼áóºÒ

Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 
 
50- yillarning oxirida boshqaruvda tizimlar nazariyasini qo‘llanishi menejmentga 
boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti va Piter F. 
Drukerlarning muhim ulushi bo‘lgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan qo‘llana 
boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv nazariyasi va 
amaliyotiga haqiqiy ta’sirini to‘liq darajada baholashning iloji yo‘q. Shunga qaramasdan 
bugun uning ta’siri juda katta va bundan keyin ham u o‘sib boradi. Tizimli asosda, ehtimol, 
kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va nazariyalarni sintez qilish mumkin bo‘lar. 


Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha).
Bu yondashuv hozirgi 
vaqtda keng qo‘llaniladi. U birinchi marta ma’muriy boshqaruv maktabi vakillari 
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, ular menejerning vazifasini ta’riflashga harakat qilganlar. 
Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu yondashuvga 
ko‘ra, boshqaruv uzluksiz o‘zaro bog‘liq harakatlar (xizmatlar) jarayoni sifatida ko‘rib 
chiqiladi, ularning har biri ham, o‘z navbatida bir necha o‘zaro bog‘langan harakatlardan 
iborat bo‘ladi. Ular kommunikasiyalar va qaror qabul qilishning bog‘lovchi jarayonlari 
bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik (etakchilik) mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib chiqiladi. 
U xodimlarga ta’sir ko‘rsatishning shunday imkoniyatini ko‘zda tutadiki, ular maqsadlarga
erishish yo‘nalishida mehnat qilsinlar.
1.3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi 
O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. 
Yuqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu 
jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi 
murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai 
nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni 
o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana 
shunday shaxslardan Al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), 
Yusuf Xos Xojib (XI-XIIasrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIYAsrlar), Zahriddin 
Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XYAsrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi 
kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg‘i bilik”, 
“Temur tuziklari” va boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor 
islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari , Vazirlar 
Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy 
etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan 
tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish 
dasturi bir qator mamlakatlarda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu model jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun 
mustahkam poydevor yaratdi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə