Metaforaning mohiyati va turlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix30.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#114116
1   2   3   4   5   6
metaforaning-mohiyati-va-turlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
440 
O’rmalash gapga xos xususiyat emas, demak, bu yerda metafora bor. Ammo gap 
nima deb tasavvur qilinayapti? Konkret javob yo’q. Shugina ma’lumki, u qandaydir 
o’rmalay oladigan jonzodga qiyoslanmoqda, ya’ni metafora yaratuvchi o’z ifoda 
vositasini konkret aytmaydi, balki metafora qabul qiluvchini ―yo’llaydi‖. Metaforani 
oxirigacha yechish adresat ixtiyorida qoladi. Kelib chiqadiki, metafora unsurlari 
munosabatining mutanosiblik va konkterlik tabiatiga ko’ra ikki xil ekan:
1. Ifoda vositasi tema bilan mazmunan mutanosib va konkret ifodalangan (ya’ni 
metaforaning asosiy unsurlari mavjud) – asos metafora.
2. Ifoda vositasi konkret ifodalanmaganligi sababli mazmuniy mutanosiblik ham 
qisman noaniqlashgan. Biroq uni aniqlashtirish uchun yo’llanma komponent mavjud 
– yo’llovchi metafora. Bu o’rinda shunga e’tibor qaratish lozimki, yo’llovchi 
metaforaning murakkab lisoniy tabiati mutlaqo ularning keng tarqalishiga to’siq 
bo’lmaydi. Yo’llovchi metafora turlari bo’lmish jonlantirish yoki shaxslantirish 
haqida olib borilgan tadqiqotlar uning eng ko’p tarqalgan metafora turlaridan biri 
ekanligini ko’rsatadi.
Metaforaning sintagmatik qatordagi munosabat belgisiga ko’ra turlari. Metaforik 
qo’llangan so’z sintagmatik munosabatga kirishuvchi so’zni shartli ravishda 
metaforalanayotgan so’z deb ataymiz.
Masalan, 
...Ular mardikorlikka yuborilgan yurt - sovuq do’zax‖ deyishibdi...
(A.Qahhor). Bu yerda metaforik so’z – sovuq do’zax (aniqrog’i, do’zax). 
Metaforalanayotgan so’z yurt. Metaforalanayotgan va metaforik so’z o’zaro 
sintagmatik munosabatda turadi. Ammo bu sintagmatik munosabat ikki xil bo’la 
oladi:
1. Tor – bir jumla doirasida: ...Valixon so’fi muloyim supurgi 
bo’lib ...(A.Qahhor).
2. Keng matn (kontekst) doirasida yoki sharoit (konsituatsiya) doirasida: 
Ayamning odam zavodida tuqqani og’izga tushib ketdi. (A.Qahhor). Odam zavodi 
(aniqrog’i, zavod) metafrik so’z bog’lanadigan so’z ―tug’ruqxona‖ (ancha keng 
matndan ma’lum bo’ladi). Arslonim uyatga qolmasin deb, ikki savat uzum berib 
yuboruvdim (―Shu kunlar shiddati, 118-bet). ―Arslonim sintagmatik bog’lanuvchi 
so’z ―er situativ sintagma (agar shunday ta’bir mumkin bo’lsa, assotsiativ sintagma) 
da munosabatda turuvchi metaforalarni shu sintagmatik munosabatlarning aniqligi 
hisobiga ―ochiq‖, keng sintagmatik munosabatda turuvchi metaforalarni esa ―yopiq 
deb ataymiz.
Metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko’ra turlari.Metaforani asosan poetik 
figura deb qarovchi tadqiqotchilar ham unda ekspressivlik belgisining muntazam 
emasligini tan olib kelganlar. Shunga ko’ra metaforaning ikki turi:



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə