Metaforaning mohiyati va turlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix30.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#114116
1   2   3   4   5   6
metaforaning-mohiyati-va-turlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
438 
ma’noviy qurilishi nutqiy voqelanishidagi ma’nosiga semalar jihatidan mutanosib 
bo’ladi. Chunonchi, oltin – nodir ma’dan, oltin soat, oltin uzuk.
1. Obyektiv yoki subyektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma’noda) 
o’xshashlik.
2. Shu o’xshashlikning lisoniy aksi bo’lgan mutanosib semalar.
3. Narsalardan birining nomi nutqiy sharoit uchun yo’qligi.
Ana shu unsurlar ta’minlaganda, nomning metaforik ko’chishi yuzaga keladi. 
Demak, - Metafora – obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o’xshashlikning lisoniy 
aksi bo’lmish mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi 
o’rnida qo’llanishi‖. Metaforani nom ko’chishining boshqa usullaridan 
farqlovchi ―obyektiv va subyektiv o’xshashlik‖ ka asoslanish belgisi bir qarashda 
juda yaqqoldek tuyulsa-da, uning nazar mohiyatiga nazar tashlash bu ancha 
murakkab hodisa ekanligini ko’rsatadi. Bu ikki omil bilan belgilanadi.
1.
Metaforada ko’chimning ko’chish bazasi doim ham to’la, aniq 
bo’lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko’chayotgan so’z ―oltin‖ aynan qaysi so’z 
o’rinda kelayapti – noaniq. 
2.
Balki qimmatli, aqlli, dono va hokazo so’zlardir. Ammo bu noaniq. 
Sanab o’tilgan so’zlarning har birida ―oltin bilan mutanosib sema bor.
Metaforik ko’chayotgan nom va uning bazasi (ko’chish o’rni) orasidagi 
munosabatlar turli-tuman bo’lishi mumkin.
Metafora gapiruvchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. ―...birinchidan, 
bir narsani nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning ―gapiradigan bo’lish 
zaruriyati. Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki 
xil hodisa nazarda tutiladi:
1. Nomsiz narsani nomlash.
2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi nominatsiya).
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o’tirishga hojat yo’q. Chunki 
nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi nomlash 
zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud bo’lgan nom so’zlovchi nuqtai 
nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta’minlay olmay qolganda yuzaga keladi. Ikkilamchi 
nomlash quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir. 
Metaforani tanish: Matnda uchragan hukm uning obyektiv borliqdagi bilimlari 
asosidagi hukmlardan farq qila boshlasa, bu uning qandaydir ko’chimni 
uchratganidan darak beradi.
Valixon so’fi – muloyim supurgi ... Valixon so’fi – odam, binobarin, u supurgi 
bo’la olmaydi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə