Metaforaning mohiyati va turlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#114116
1   2   3   4   5   6
metaforaning-mohiyati-va-turlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
437 
chetda qoldirish natijasida metafora nom ko’chish bilan aloqador bo’lmagan 
hodisalar (simvol, metamorfoza, ...) ham qamrab olinadi. Nom ko’chish deganda, 
odatda so’zlarning o’zaro munosabati natijasida semantik qurilishning o’zgarishi, 
semantik vazifalarning o’z so’z birikmasi a’zolari o’rtasida qayta taqsimoti, 
assotsiativ yoki sintagmatik qatorda munosabatda turuvchi til birliklarining o’zaro 
ta’sirlashuvi natijasida so’z birikmasi unsurlaridan biriga yangi ma’no berilishi 
tushuniladi. Demak, nom ko’chishi so’z birikmasi a’zolaridan birining assotsiativ 
yoki sintagmatik munosabatlar natijasida yangi semantik qurilish kasb etish ekan.
Komponent tahlil nazariyasisiz metaforaga yondoshish metaforani sof nutqiy 
tasodifiy hodisa sifatida ko’rsatadi. Biroq nutqiy hodisalarning hammasida ham 
lisoniy asoslar mavjud va mana shu asoslarni biz komponent tahlil etish natijasida 
qo’lga kiritamiz. Metaforik ma’no nutqiy hosila bo’lsa-da, u lisoniy imkoniyat va 
qonuniyatlarga tayanadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ma’noviy qurilishda bu semalarning, asosan ifoda semalarining bo’rttirilishi 
darajasiga ko’ra so’zlar ichki ifodali (ingred konnotatsiyali) so’zlarga, (chunonchi, 
qiblagoh, padar, volida, tashrif buyurmoq) va mo’tadil ifodali (atrend konnotatsiyali) 
so’zlarga (ota-ona, kelmoq, qizil, yetim) bo’linadi. Ichki ifodali so’zlarda uslubiy 
bo’yoq so’zning ma’noviy tarkibida bo’ladi. Mo’tadil ifodali so’zlarda uslubiy 
bo’yoq mo’’tadil befarq bo’ladi va nutqda ko’chma okkazional qo’llanishda hosil 
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ichki ifodali so’zdan nominativ semalar ajratilsa, 
ichki lisoniy uslubiy ma’no qoladi. So’zlarning ma’noviy tuzilishini har taraflama 
o’rganish shuni ko’rsatadiki, leksemaning ma’noviy tarkibi atash va ifodalash 
semalari bilan cheklanmaydi. Leksemalarda, ayniqsa, jamiyat a’zolari orasida keng 
qo’llanadigan, muhim ahamiyat kasb etadigan narsa, buyum, belgi, harakat, holatlarni 
ifodalovchi leksemalarda atash va ifoda semalaridan tashqari qo’shimcha yoki 
ijtimoiy shartlangan semalar ham mavjud. Bu semalar ma’lum bir narsa – buyum, 
belgi – xususiyat, harakat – holat shu jamiyat a’zolari orasida qanday yodosh 
(assotsiativ) qo’shimcha ma’lumotlarga aloqadorligi bilan bog’lanadi. Chunonchi
o’zbek tilida ―qo’y – mo’’tadil ifodali so’z bo’lib, uy hayvonlarining bir turini atab, 
nomlab keladi. Lekin shu bilan birga, bu so’zda yuvoshlik go’llik, semalari ham 
mavjudki, bular qo’shimcha ijtimoiy shartlangan semalar sifatida qaralishi kerak. 
Yoki sariq rang – o’zbeklarda xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma’no 
denotativ ma’no semalari va qo’shimcha ma’no semalari asosida yaratiladi. 
Qo’shimcha ma’no hosil qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi. Ma’lumki, 
so’zning ma’nosi nutqiy hosilalar – so’z birikmalari va gaplar tarkibida voqelanadi. 
Shunga ko’ra, to’g’ri (uzual) qo’llanishda leksemaning bizning ongimizdagi 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə