Metaforaning mohiyati va turlari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#114116
1   2   3   4   5   6
metaforaning-mohiyati-va-turlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
439 
Qayta qurish. Bu jumboq (odamni supurgiga tenglashtirish) ni yechish jumlani 
ko’proq tushunarli shaklga solib qayta qurishni talab qiladi. Valixon so’fi xuddi 
muloyim supurgi kabi tabiatan egilib-bukuluvchan, harom-xarishdan hazar 
qilmaydigan kishi.
Tahlil qilish. Bu bosqichda ko’chim ostida nima turganligi jihatidan o’rganiladi. 
Masalan, Valixon so’fida quyidagi motivlar ajratiladi: 1-shaxs, 2-moslashuvchanlik, 
3-yumshoq so’z, 4-laganbardor, 5-harom-xarishdan hazar qilmaydi.
Supurgi-narsa, yumshoq, harom-xarishni tozalaydi.
Valixon so’figa xos 3- va 5-semalar ―supurgi‖ so’ziga xos 2-3-semalar bilan 
mutanosib o’xshash. Demak, bu yerda tinglovchi (o’quvchi) metaforani uchratgan.
Bu uchala bosqichni hozirgi (balki boshqacharoq) holatda tiklash ochuvchi-
tilshunos-tadqiqotchiga xos. Tushunuvchi ongida bu bosqichlar stixiyali ravishda 
kechadi.
Metafora nihoyatda murakkab hodisa bo’lib, uning tasnifi bir necha xil belgiga 
ko’ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi.
Metafora unsurlarining o’zaro munosabatiga ko’ra turlari. Bizga ma’lumki, 
metafora uch unsur – tema, ifoda vositasi va qiyos uchun asosdan tuziladi. 
Masalan, ...Qishloqning bo’risi ham yuzboshi, tulkisi ham yuzboshi (A.Qahhor) 
gapida quyidagi metaforalar amal qiladi: ―yuzboshi - bo’ri‖, ―yuzboshi - tulki 
metaforasida bo’ri va tulki so’zlarida, ―Bo’ri so’zi shavqatsiz, ochko’z, yulg’ich 
ma’nolarini ifodalaydi, ―tulki – ifoda vositasi, ayyor, yulg’ich – tema. Shu o’rinda 
ta’kidlab o’tish lozimki, metaforada nom ko’chish odatda miqdoran tenglik asosiga 
qurilavermaydi. Faqat mazmuniy tenglik zaruriy hisoblanadi. Shuningdek, bu tenglik 
ham nisbiy aniqlanadi. Ya’ni metaforik qo’llangan bir so’z aynan bitta so’zning 
o’rnida kelgan deb bo’lmaydi. Yuqoridagi misolda qiyoslang: bo’ri – shavqatsiz, 
ochko’z...
Demak, bu yerda miqdoriy emas, mazmuniy tenglik nazarda tutiladi va bu 
tenglik ham nisbiydir. Chunki ―bo’ri‖ so’zida qiyoslash uchun asos bo’lgan semalar 
bilan mutanosib motivlar nutqiy sharoit talabiga ko’ra turlicha bo’la oladi: xarakter 
jihati, tabiiy jihatlar, tashqi ko’rinish va hokazo. Metaforaga xos bo’lgan ana shu 
xususiyat haqida fikr yuritib, Dj. Miller metafora yaratuvchi ―...aniq so’zlarni 
nazarda tutgan ham, tutmagan ham bo’lishi mumkin, ular ishlatilmagani tufayli biz 
buni hech qachon aniqlay olmaymiz... deydi. Metafora unsurlarining bu xil 
munosabati yanada chuqurlashtirilishi mumkin. Ya’ni temagina emas, ifoda vositasi 
ham konkret so’zlar bilan ifodalanmaydi: …―chiqdi - chiqdi‖ degan gap o’rmaladi 
(A.Qahhor).



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə