Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 Bo‟lajak kadrlarni kasbiy moslashtirish muammosi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix02.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#104021
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Кasbiy ta’lim metodikasidan fanidan referat

1. Bo‟lajak kadrlarni kasbiy moslashtirish muammosi 
O‟zbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridayoq birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov ta‟lim tizimida erishilgan muvaffaqiyatlar va mavjud 
kamchiliklarni ob‟ektiv tahlil qilib, kadrlar tayyorlashda tub islohotlarga ehtiyoj 
borligini isbotlab berdi. SHuningdek, I.A. Karimov o‟z nutqida mazkur masalaning 
ijtimoiy zaruratini asoslab, “Fanga iste‟dodli yoshlarning kirib kelishini ta‟minlash 
uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu borada oliy 
maktabning, hatto, umumiy ta‟lim maktablarining faoliyatini tubdan isloh qilish 
kerak”, deya ta‟kidlaydi 
3
.
Darhaqiqat, mazkur masalalarni hal etish respublikamizdagi mavjud ta‟lim-
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uzluksiz ta‟lim tizimini shakllantirish orqali 
yuksak ma‟naviyatli shaxsni shakllantirish maqsadini nazarda tutadi. Shunday 
ekan, barkamol shaxsni tarbiyalash, uni mutaxassis sifatida shakllantirish, 
jamiyatda munosib kasbiy-ijtimoiy statusga ega bo‟lishida oliy ta‟limi 
muassasalarining o‟rni katta.
Oliy ta‟lim muassasalari va ulardagi o‟quv-tarbiya jarayonini 
modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat–monitoringini 
oshirish, bo‟lajak o‟qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalar 
bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani 
shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish 
jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.
Rivojlangan 
mamlakatlar, 
xususan, 
Buyuk 
Britaniya, 
Avstraliya, 
Shveytsariya, Germaniya, Malaziya, Kanadaning mutaxassilar tayyorlash bilan 
bog‟liq tajribasi shuni ko‟rsatadiki, kasbiy ta‟limning asosiy vazifasi talabalarda 
tanlangan mutaxassislikning o‟ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va 
mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo‟lib, mazkur vazifani bajarish 
3
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. B– 84 


~ 7 ~ 
asosida ta‟lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta‟minlanadi
4
. Bunda kasbiy 
tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo‟lajak mutaxassisning faoliyatga 
amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, ko‟nikma va malakalarning 
o‟zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish darajasi belgilanadi.
Darhaqiqat, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida 
ma‟naviy-axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy 
kompetentlikning shakllanishi uchun zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalar 
darajasini ifodalaydi. 
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta‟lim 
muassasalari oldiga qo‟yiladigan masalalardan eng muhimi ya‟ni bo‟lajak 
o‟qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab 
etadi. Bunda:
- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va 
iqtisodiyotning eng so‟nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib 
turiladigan kasbiy ta‟lim dasturlarini yaratish; 
- uzluksiz ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o‟zaro mustahkam 
integratsiyani yo‟lga qo‟yish; 
- ta‟lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o‟quv-uslubiy 
adabiyotlar bilan ta‟minlansh; 
- oliy ta‟lim tizimiga yuqori malakali o‟qituvchi, metodist va 
muhandispedagoglarning jalb etish; 
- bo‟lajak o‟qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini 
rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish; 
- oliy ta‟lim muassasalari o‟quv amaliyotiga innovatsion o‟qitish 
texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi. Jarayon 
samaradorligini belgilovchi ushbu omillar “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” 
mazmunida kichik mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo‟yilgan ijtimoiy 
4
Tolipov O’.Q. Oliy pedagogik ta’lim tizimida umummehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarni 
rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari / Monografiya. – T.: Fan, 2004.B –73-80. 


~ 8 ~ 
talablarining amaldagi ijrosini ta‟minlab, kasbiy tayyorgarlik mazmunini 
takomillashtirish bilan bog‟liq fundamental tadqiqotlarga zaruratni yuzaga 
keltiradi. 
Ma‟lumki, kasb tanlash, kasbga yo‟naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari 
tasavvuf ilmi bilan uyg‟unlashgan Sharq pedagogikasida ming yillar davomida 
xalqimiz ma‟naviyatining shakllanishida muhim manba bo‟lib kelgan “Qur‟oni 
karim”, Hadisi shariflarda, shuningdek, buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-
Buxoriy, Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud Qoshg‟ariy, Abu Nasr Forobiy, 
YUsuf Xos Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher Navoiylarning 
ilmiy merosida nodir fikrlar tarzida o‟z ifodasini topgan. 
Mazkur fikrlarning tasdig‟ini Abu Rayhon Beruniyning o‟qituvchi 
faoliyatiga bergan izohidan ham ko‟rishimiz mumkin bo‟ladi. Beruniy yoshlarni 
o‟qitish uchun o‟qituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb 
bilgan. Buning uchun o‟qituvchi xushmuomala, rostgo‟y, o‟z fanini va o‟qitish 
qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna bo‟lishini talab 
etadi. Agar, – deydi Beruniy, – tarbiyachining o‟zi o‟rnak bo‟lmasa, aytgan gapiga 
o‟zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir
5
. Yangi davr 
pedagogikasining asoschilaridan sanalmish Mahmudxo‟ja Behbudiy, Abdulla 
Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida ham ta‟lim-tarbiya va bu jarayondagi 
o‟qituvchining o‟rni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy hayotidan kelib chiqib, 
o‟ziga xos ravishda talqin etilgan. 
Jumladan, Abdulla Avloniy o‟qituvchi faoliyatiga alohida to‟xtalib, 
bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga 
yuklaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‟p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, 
muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir 
vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g‟ayratli, bo‟lishiga sabab bo‟ladur. Bu tarbiya 
5
Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.– T.: O’qituvchi, 1996. B–10-12 


~ 9 ~ 
muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi 
muallimning tarbiyasiga bog‟liqdir”, – deydi
6
.
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o‟qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga 
keng ta‟rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya‟ni axloqli, odobli, 
bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta‟limtarbiya 
jarayoni uchun asosiy negiz bo‟lsa, ijodiy izlanish o‟qish va o‟qitishning yangi 
shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o‟qituvchining eng muhim kasbiy 
sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o‟qituvchi faoliyatiga 
nisabatan akmeologik yondashuvni o‟z davri qiyofasida olg‟a suradi. 
Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta‟lim-tarbiya masalalariga alohida 
e‟tibor beriladi. Xususan, olim ta‟lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, o‟qituvchi 
Talabalarning o‟zaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan 
6
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O’qituvchi, 1992. B – 16. 
Bugungi 
kun 
maktablarni 11-
yil bulganligi 
O’quv 
qo’llanmalar 
Malaka 
oshirish 


~ 10 ~ 
chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning (eski 
maktab o‟qituvchisi) nodonligiga chek qo‟yib, ularni o‟qitish usullarini 
Talabalarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan o‟zgartirish zaruratini bayon 
qiladi 
7

Uzluksiz ta‟lim tizimini modernizatsiyalash va mazmunan takomillashtirish 
orqali bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosi bugungi kunda ham 
zamonaviy pedagogikaning asosini tashkil etmoqda. 
So‟nggi yillardagi zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarda bo‟lajak 
o‟qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada 
o‟rganilib, uning ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi. 
Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida tashkil etilgan uzluksiz 
ta‟lim tizimida ta‟lim sifatini boshqarish, ta‟lim menejmenti muammolari SH.E. 
Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur 
muammoning echimi yuzasidan ta‟lim sifatini boshqarish modeli ishlab chiqilgan
8

Uzluksiz ta‟limning muhim bo‟g‟inlaridan bo‟lgan o‟rta maxsus va 
kasbhunar ta‟limi tizimida ta‟lim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy 
va tashkiliy-uslubiy asoslari esa U.I. Inoyatov tomonidan keng o‟rganilgan. U.I. 
Inoyatov o‟z tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini samarali boshqaruv tuzilmasini 
shakllantirgan holda ta‟limda sifat nazoratini amalga oshirish modelini ishlab 
chiqqan 
9

Pedagog olim N.A.Muslimovning tadqiqotlarida esa pedagogik va texnik 
bilimlarning integratsiyasi asosida o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi tizimida 
faoliyat olib boradigan kasb ta‟limi o‟qituvchilarining kasbiy shakllanishi 
muammolari, uning kasbiy-pedagogik faoliyatini modellashtirish, bo‟lajak kasb 
ta‟limi o‟qituvchisini tayyorlash jarayonini standartlashtirishning metodik asoslari, 
bo‟lajak kasb ta‟limi o‟qituvchisining shakllanganlik darajasini baholash 
7
Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.– T.: O’qituvchi, 1996. B–36-40 
8
Qurbonov SH., Seytxalilov E. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: pedagogik ilmiy tadqiqot muammolari va 
yo’nalishlari. – T.: Fan, 1999 y. – 189 b 
9
Inoyatov U.I. Teoreticheskie i organizatsionno-metodicheskie osnovi upravleniya kontrolya kachestva 
obrazovaniya v professionalьnom kolledje: Diss. ... dokt. ped. nauk. – T.: 2003. – 327 s. 


~ 11 ~ 
metodikasi va pedagogika fanlarining bo‟lajak kasb ta‟limi o‟qituvchisini kasbiy 
shakllantirishdagi imkoniyatlari kabi muammolarning amaliy echimiga alohida 
e‟tibor qaratilgan 
10
.
Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I. Dyachenko va A.M. Stolyarenkolar 
bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish 
darajalari bilan bog‟lab quyidagicha yoritadilar:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, ya‟ni, statik 
komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko‟nikma, malakalar, 
zaruriy sifatlar hamda shaxsning zarur bo‟lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi. 
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, ya‟ni, 
mutaxassisning tezkorligi, o‟zgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday 
holat va sharoitda aniq masalalarni echishga yo‟nalganligi bilan ifodalanadi 
11

Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli 
falsafiy-metodologik yondashuvlar mavjud bo‟lgan hamda hozirda ham mavjudligi 
ko‟rinmoqda. Dastlab, “ta‟lim” tushunchasiga to‟xtalamiz. B.M.Bim-Badning 
ta‟rifiga ko‟ra, ta‟lim o‟zida tarbiya, o‟qish va o‟qitishni qamrab oladi. 
V.I.Andreev «ta‟lim»ni «madaniyat»da o‟z aksini topuvchi, o‟qitish va tarbiya 
orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. o‟z navbatida “o‟qitish” 
kategoriyasi insonning “ta‟limi”, “tarbiyasi” va “rivojlanishi” tushunchalari orqali 
ochib beriladi. Ba‟zi adabiyotlarda “rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish” 
orqali amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” 
orqali deb ta‟kidlanadi. Bunga qaramasdan, ko‟plab mualliflar “rivojlanish” 
tushunchasining nisbatan kengroq va qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy 
motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil etuvchilari o‟zgarishlar 
dinamikasini ifodalashda ko‟proq qo‟llanilishini e‟tirof etadilar. 
Ma‟lum ma‟noda murakkabroq bo‟lgan “rivojlanish” tushunchasidan farqli 
ravishda, “moslashish” tushunchasi ko‟proq darajada tashqi va ichki omillarning 
10
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.fanl.dokt. ... 
diss. – T.: 2007. – 357 b 
11
1 Ilin N.E. Motiv i motivatsii. – M.: Piter, 2008. S– 44. 


~ 12 ~ 
faol shakllari ta‟sirida shaxs rivojlanishiga ta‟sir ko‟rsatishning natijasini o‟zida 
aks ettiradi. 
Psixologik lug‟atlarda “Moslashish (lot. adaptare moslashtirmoq) - sezgi 
a‟zolarining qo‟zg‟ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning 
o‟zgarishi” sifatida ta‟riflanadi. Moslashish hodisasida sezgirlik ortishi hamda 
kamayishi mumkin kuchli ta‟sirotdan kuchsiz ta‟sirotga o‟tganda sezgirlik asta - 
sekin ortib boradi; ta‟sirot kuchayganda esa, sezgirlik aksincha kamayib boradi. 
Moslashish qonuniyati barcha sezgilarga xosdir. Pedagog olima 
N.Egamberdieva o‟zining ilmiy izlanishlarida moslashish jarayonlarining shaxs 
ijtiomiylashuvi bilan bog‟liq holda yoritib, mazkur tushunchaga nisbatan quyidagi 
mulohazalarni ilgari suradi: “Moslashish – insonning ijtimoiy muhit bilan o‟zaro 
faol munosabatda bo‟lish va uning potentsialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish 
qobiliyati; ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‟zlashtirishdir. Zamonaviy fanda 
ijtimoiylashuv 
tushunchasi 
shaxsning 
moslashuvi 
va 
individuallashish 
jarayonlarini o‟zaro bog‟laydi. ...Bu jarayon uch asosiy sohada amlga oshadi: 
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‟lga kiritish, 
erkin mo‟ljal olish. 
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-
atvor me‟yorlarini o‟zlashtirish. 
Kasbiy moslashish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga 
qiziqish, kasb tanlash motivatsiyasi, balki ushbu faoliyat turi bilan shug‟ullanishga 
nisbatan layoqatning mavjud bo‟lishi ham talab etiladi. 3. Shaxsiy “Men” obrazini 
faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‟z ijtimoiy mansubligi va 
o‟rnini anglash, o‟ziga baho berishni shakllantirish . 
Tahlillarimizdan ma‟lum bo‟ldiki, “moslashish” kategoriyasi ko‟proq 
ijtimoiy tarbiya muammolariga bag‟ishlangan pedagogik tadqiqotlarda uchraydi. 
Ammo, uning shaxs imkoniyatlarini muayyan faoliyat turiga nisbatan yo‟naltirish, 
sub‟ekt va ijtimoiy muhitning o‟zaro faol yaqinlashuvi jarayoni natijasi sifatida 
qaralsa, hamda, kasbiy faoliyat ijtimoiy faoliyatning bir turi sifatida tatqiq etilishi 


~ 13 ~ 
nazarda tutilsa, moslashish va ijtimoiylashuv kategoriyalarini izohlashda 
alohidalikka intilish o‟zini oqlamaydi. 
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arzikulov talabalarining kasbiy 
moslashtirish jarayonini tabaqalashtirilgan ta‟lim tizimining tarkibiy qismi sifatida 
e‟tirof 
etadi. 
Ushbu 
tadqiqotlarda 
kasbiy 
moslashtirishning 
zaruriy 
shartsharoitlaridan biri sifatida tabaqalashtirilgan ta‟limning tuzilmasi va 
mazmunini tashkillashtirish muammolari, tabaqalashtirilgan ta‟limning kasbiy 
moslashtirish jarayoniga ta‟siri qarab chiqilgan. 
Yuqorida tahlil etilgan ta‟riflardan shu holat ma‟lum bo‟ldiki, bir guruh 
olimlar shaxsning kasbiy moslashishi tushunchasini motivlar tizimi, ikkinchi guruh 
olimlar shaxsning tashqi olamga bo‟lgan ustuvor qarashlar hamda uchinchi guruh 
olimlar inson faoliyatini belgilab beruvchi xususiyatlar sifatida talqin qiladilar. 
Yuqoridagi fikrlarni umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish – shaxs 
kamolotining muhim jihatlaridan biri bo‟lib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy 
faoliyatni tanlash bilan bog‟liq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy 
rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini, uning borliqqa, atrofdagilarga, o‟ziga 
nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi). 
Kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini 
tanlash bilan bog‟liq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning 
ifodalanishi bo‟lib, talabalar bilan amalga oshiriladigan maqsadga yo‟naltirilgan 
ishlar bilan bevosita bog‟liq bo‟ladi. 
Shunday qilib, kasbiy moslashtirish bo‟lajak mutaxassisda pedagogik 
faoliyatga bo‟lgan ehtiyojni rivojlantiruvchi, unga nisbatan mas‟uliyatli hamda 
ijodiy yondashuvni, ijtimoiy qadriyatlar motivatsiyasini tarbiyalovchi hamda 
shaxsga qaratilgan yo‟nalish kasb etuvchi jarayonlar alohida tarkibiy qismlarining 
o‟zaro integratsiyasi sifatida qarash mumkin. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə