Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Bo‟lajak kadrlarni kasbiy moslashtirish omillari va shart-sharoitlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#104021
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Кasbiy ta’lim metodikasidan fanidan referat

3.Bo‟lajak kadrlarni kasbiy moslashtirish omillari va shart-sharoitlari 
O‟zbekiston Respublikasida mehnat va ta‟lim xizmatlari bozorini 
rivojlantirishning strategik rejalarini ishlab chiqishda mutaxassislarning kasbiy 
tayyorgarlik darajasi hamda faoliyat talablariga moslasha olish qobiliyatini 
shakllantirish masalalariga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Bu esa o‟z navbatida 
bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni samaradorligini oshirish 
bilan bog‟liq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi: 
- bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish mazmunini pedagog 
mutaxassislar tayyorlashga qo‟yiladigan mehnat bozorining zamonaviy talab va 
takliflariga asoslanib belgilash;


~ 27 ~ 
- kasbiy bilim, ko‟nikma va malakalarni sifatli o‟zlashtirilishning 
innovatsion potentsialini shakllantiruvchi pedagogik-psixologik omillar va 
shartsharoitlarni aniqlash; 
- tizimli yondashuv asosida ijodiy-hamkorlik muhitiga asoslangan kasbiy 
moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash va amaliyotga tatbiq 
etish; 
- bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishning ijtimoiy-pedagogik 
jihatlari, nazariy masalalari va talabalarning mustaqil ta‟limi uchun xizmat qiluvchi 
yangicha nashrlar, elektron darsliklar, o‟quv-metodik majmualar ishlab chiqish va 
amaliyotga tatbiq etish. 
Ma‟lumki, bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish aniq maqsadga 
yo‟naltirilgan, tizimli jarayon hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik-psixologik 
tadqiqotlarda bo‟lajak mutaxassislarni kasbiy moslashtirish jarayonining 
bosqichlarini turlicha tavsiflanadi. 
Xususan, tadqiqotchi olima N.Egamberdieva moslashuv bosqichlarini 
quyidagicha izohlaydi: 
1) muvozanatlashish – individ va muhit o‟rtasida o‟zaro qadriyatlar tizimi va 
xulq-atvor me‟yorlariga nisbatan hurmat ko‟rinishidagi muvozanatning vujudga 
kelishi; 
2) soxta adaptatsiya - sharoitga tashqi moslashuv va uning me‟yorlariga 
nisbatan salbiy munosabat birligi; 
3) ko‟nikish – yangi muhitning qadriyatlarini tan olish va qabul qilish; 
4) o‟xshatish – individning psixik qayta orientatsiyasi, avvalgi qarashlar, 
orientatsiya, ustanovkalar transformatsiyasi. 
B.Jo‟raev esa bo‟lajak o‟qituvchilarning yangi ijtimoiy-madaniy muhitga 
moslashuv bosqichlarini boshlang‟ich davr, ko‟nikish davri, akkomadatsiya davri, 
assimilyatsiya davrlariga bo‟lib o‟rganadi
18
. Bunda individning qadriyatlar 
18
Egamberdieva N.M va mualliflar jamoasi. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi. – 
T.: “Fan va texnologiya”nashriyoti, 2012.- B. .203 


~ 28 ~ 
tizimidan 
individ, 
guruh 
va 
muhit 
qadriyatlar 
tizimining 
o‟zaro 
uyg‟unlashuvigacha bo‟lgan davrlar qamrab olinadi. 
Tadqiqot davomida bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishga 
qo‟yiladigan zamonaviy talablar, kasbiy moslashuvchanlikni shakllantirishning 
pedagogik-psixologik 
aspektlarini 
o‟rganish, 
shuningdek, 
oliy 
ta‟lim 
muassasalarining mazkur jarayondagi imkoniyatlari diagnostikasi xulosalariga 
tayanib, bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoni quyidagi 
bosqichlarda kechishi aniqlandi: 
I-bosqich. 
Kasbiy 
faoliyatga 
motivatsion 
yo‟nalganlik; 
kasbiy 
tasavvurlarning shakllanishi; kasbiy bilimlarning o‟zlashtirilishi; kasbiy faoliyat 
talablarining anglanishi (pedagogika kollejlaridagi umumta‟lim va umumkasbiy 
fanlar mazmunida beriladigan ijtimoiy-nazariy va pedagogik-psixologik bilimlar 
vositasida). 
II-bosqich. 
Kasbiy 
faoliyat 
talablarini 
o‟zlashtirish; 
kasbiy 
kompetentsiyalarni bilish, o‟zlashtirish, muloqotga kirishish, kasbiy ijodkorlik; 
faoliyatga innovatsion yondashuvning qaror topishi (maxsus fanlar, pedagogic 
amaliyot, to‟garaklar, ijodiy kastinglar, sinfdan tashqari ishlar, mustaqil ta‟lim 
vositasida). 
III-bosqich. Kasbiy o‟z-o‟zini anglash, moslashish; kasbiy ko‟nikma va 
malakalarning rivojlanishi; pedagogik qobiliyat va kasbiy sifatlarning shakllanishi 
(umumkasbiy va maxsus fanlar, o‟quv amaliyoti, mustaqil ta‟lim vositasida). 
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tadqiqot davomida bo‟lajak 
o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoniga ta‟sir etuvchi omillar va zaruriy 
shart-sharoitlarni ishlab chiqish va uni nazariy jihatdan asoslash vazifasiga alohida 
e‟tibor qaratildi. 
Keltirilgan vazifalarning samaradorligini ta‟minlashning muhim sharti bu 
bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoniga ta‟sir etuvchi ob‟ektiv va 
sub‟ektiv (tashqi va ichki) omillarni asoslashda namoyon bo‟ladi.


~ 29 ~ 
Pedagogik olim V.A. Slastenin bo‟lajak o‟qituvchilar kasbiy tayyorgarligini 
shakllantirish masalalarini tadqiq etar ekan, yuksak professionalizm, ya‟ni kasbiy 
etuklikka erishishning ob‟ektiv omillariga olingan ta‟limning sifatini, sub‟ektiv 
omillariga esa shaxsning qobiliyati, kasbiy yo‟nalganligi, pedagogik vazifalarni 
samarali hal qila olishdagi mas‟uliyati va mutaxassislikka yondashuvini kiritadi
19

Shuningdek, pedagog olim bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish 
jarayoni muvaffaqiyatiga ta‟sir etuvchi omillarni ham ikki turkumga bo‟ladi: 
sub‟ektiv (ichki) va ob‟ektiv(tashqi) omillar. Muallif bo‟lajak mutaxassisning 
kasbiy moslashuviga ta‟sir etuvchi ichki omillarni uning individual-psixologik 
sifatlari bilan bog‟lasa, ob‟ektiv omillarga muhit va ta‟lim shart-sharoiti bilan 
bog‟liq jihatlarni taklif etadi. 
Bo‟lajak kadrlarni kasbiy moslashtirishga ta‟sir etuvchi omillar 
Sub‟ektiv omillar 
Ob‟ektiv omillar 
Ijtimoiy-demografik 
(yoshi, 
jinsi, 
oilaviy holati, ma‟lumot darajasi); 
Fiziologik 
o‟ziga 
xoslik; 
Emmotsional(hissiy) barqarorlik; O‟z-
o‟zini adolatli baholash; Shaxs faolligi; 
Sohaga oid dastlabki kompetentsiyalar; 
Faoliyatga ijtimoiy-kasbiy tayyorgarlik; 
Ta‟lim 
muassasasidagi 
mavjud 
shartsharoit; 
Pedagogik 
jarayonni 
tashkil etilishi; Vaqt byudjetining to‟g‟ri 
rejalashtirilishi. 
Shuningdek, yana ba‟zi bir psixologik-pedagogik adabiyotlarda bo‟lajak 
o‟qituvchilarni kasbiy moslashish jarayoniga ta‟sir etuvchi omillarning 4 guruhi 
ajratiladi. Birinchi guruh omillari ijtimoiy-iqtisodiy bo‟lib, u taraqqiyotning turli 
boqichlarida jamiyat hayotiga kirib kelayotgan yoshlarga o‟zlaridagi mavjud kuch 
va imkoniyatlarini sarflashga turli sohalarni taklif etadi. Birinchi navbatda bu 
kasblar turi, ularning o‟zgarishi va rivojlanish istiqbollari, jamiyatning u yoki bu 
mutaxassislarga ehtiyojiga dahldordir. Ijtimoiy-psixologik omillar ikkinchi guruhni 
19
Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Moliya, 2003. – B. 54-56 


~ 30 ~ 
tashkil etadi. Mazkur jarayonda shaxs ijtimoiylashuviga ta‟sir etuvi mikro, mezo 
va makro muhit ta‟siri muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy muhit ta‟sirida 
shaxsning qadriyatli yo‟nalganligi, kasblarning turli guruhlariga munosabatning 
o‟ziga xos ijtimoiy ko‟rsatmalari va sterotiplar shakllanadi. 
Uchinchi guruh asl psixologik omillardan iborat bo‟lib, bu shaxsiy qiziqish 
va moyilliklar umumiy va xususiy qobiliyatlar, aqliy va shaxsiy rivojlanish 
darajasi xotira xususiyatlari, diqqat motorikasining o‟ziga xosligi va shu kabilar. 
Nihoyat to‟rtinchi guruh individual psixofiziologik xususiyatlarni o‟z ichiga 
olib, ulardan ko‟p o‟rganilgani nerv tizimining asosiy xossalarini faoliyat turlariga 
munosabatini ta‟siri masalasidir. Ular psixik jarayonlar kechishining dinamik 
tavsifnomalarini belgilaydi turli temperamentlar ko‟rinishida ifodalanadi va 
ma‟lum faoliyat turini bajarishga ko‟maklashishi, yo aksincha uni qiyinlashtirishi 
mumkin bo‟ladi
20
.
Demak, mazkur fikrlar, ilmiy-pedagogik tadqiqot jarayonida olingan 
kuzatish va empirik tahlil natijalarini nazariy jihatdan tahlil etish, umumlashtirish 
natijasida bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonining samaradorligi 
quyidagi omillarga asoslanishini aniqlandi: 
- motivatsion omil – bo‟lajak o‟qituvchilarni tanlangan kasb va uning 
mohiyatidan xabardorlik darajasi, kasbiy yo‟nalganlik va kasb tanlash motivlari 
bilan ifodalanuvchi jihatlar; 
- ijtimoiy omil – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muhit va kasbning ijtimoiy 
nufuzi, shuningdek, talabalar tomonidan kasbiy – ijtimoiy normalarning 
o‟zlashtirilishi, ijtimoiy tajribaning shaxsiy – kasbiy ustanovkalar tizimida 
qo‟llanilishi;

axborotli-mazmunli 
– omil-tanlangan kasbiy faoliyat sohasini 
muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bo‟lgan ijtimoiy-nazariy, pedagogikpsixologik 
va maxsus-metodik bilim, malaka va ko‟nikmalar majmuasi; 
20
Rahimov B.X. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-madaniy munosabatlarning shakllanishi.: Ped. fan. nom. … diss. – T.: 
2002. B – 61-67 


~ 31 ~ 
- faoliyatli omil – o‟zlashtirilgan maxsus kasbiy bilim, malaka va 
ko‟nikmalarni aniq vaziyatlar va zaruriy holatlarda tatbiq eta olish, o‟zini-o‟zi 
tahlil qilish va rivojlantirish motivatsiyasi;
- tashkiliy-metodik omil – innovatsion ta‟lim turlari: shaxsga yo‟naltirilgan, 
tabaqalashtirilgan ta‟lim, interfaol ta‟lim, hamkorlik ta‟limi, dasturiy ta‟lim, 
muammoli ta‟lim, o‟yin texnologiyalari, modulli ta‟lim, mustaqil ta‟lim va 
boshqalardan o‟quv-tarbiya jarayonida samarali foydalanish; o‟qituvchi va 
talabalarning o‟zaro hamkorligi; talabalarning mustaqil ta‟lim olish ko‟nikmalariga 
egaligi, talabalarning bilim olishga nisbatan ijodiy yondashuvlari, ularda mustaqil 
fikrlash ko‟nikmalarining shakllanganligi; axborotlashgan ijodiy muhitning qaror 
topganligi; sog‟lom raqobatning mavjudligi; talabalar bilish faoliyatining ob‟ektiv 
baholanishi;
- didaktik omil (vositalar) – maxsus jihozlangan (kompyuterlash-tirilgan) 
o‟quv xonalarining mavjudligi; o‟quv manbalari (takomillashtirilgan o‟quv 
dasturlari, ma‟ruza matnlari, elektron darsliklar, o‟quv va metodik qo‟llanmalar, 
elektron ishlanmalar, grafik organayzerlar, auditiv vositalar), o‟quv jihozlari va 
qurollari, axborot texnologiyalari. 
Mazkur omillar va pedagog mutaxassislar tayyorlashga qo‟yiladigan mehnat 
bozorining zamonaviy talablaridan kelib chiqib, bo‟lajak o‟qituvchilarda kasbiy 
moslashuvuvchanlikni shakllantirish mazmuni bevosita ulardagi fiziologik, 
psixologik, ijtimoiy va tashkiliy molashish bilan belgilanishi ma‟lum bo‟ladi. 
Pedagogika oliy ta‟lim muassasalari talabalarining ijtimoiy-nazariy 
tayyorgarligi motivatsion va ijtimoiy omillar ta‟sirida kechib, uning mazmunida 
umumta‟lim fanlari doirasida o‟zlashtiriladigan axborotlar, bilimlar, fan asoslari 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarning pedagogik-psixologik tayyorgarligi esa ta‟lim-tarbiya jarayoni 
tamoyillari, ta‟lim mazmuni va uning mohiyatini yorituvchi hujjatlar, o‟qitish 
shakllari, metodlari va vositalari, shuningdek, ta‟lim oluvchi shaxsining yosh va 
individual xususiyatlarini bilish hamda ularning psixologik holatini boshqara olish 


~ 32 ~ 
borasidagi kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarni o‟zlashtirish darajasi bilan 
belgilanadi.
Tadqiqotlar 
doirasida bo‟lajak o‟qituvchilardagi kasbiy 
faoliyatga 
amaliyfaoliyatli moslashish ko‟nikmalari bevosita maxsus-metodik tayyorgarlik 
negizida shakllanishi ma‟lum bo‟ldi. Bunda ta‟lim oluvchining o‟quv-tarbiya 
jarayonini to‟g‟ri loyihalashtirish va amalga oshirish, o‟qituvchi va ta‟lim oluvchi 
faoliyatini tashkil qilish hamda boshqarish, Talabalarning bilish faoliyatini to‟g‟ri 
yo‟naltirish, o‟qitish, nazorat va baholashning shakl, metod va vositalaridan fan
mashg‟ulot va mavzu doirasida samarali foydalanish ko‟nikmalariga egalik 
darajasi asosiy komponentlar sifatida tavsiflanadi. 
Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayoniga qo‟yiladigan 
zamonaviy talablardan biri bu innovatsiyalarni faol o‟zlashtirish va amalga tatbiq 
etish ko‟nikmalaridir.
Innovatsion tayyorgarlik –mutaxassis shaxsidagi pedagogik faoliyatga 
nisbatan aksiologik, akmeologik, kreativ, refleksiv yondashuvning shakllanganligi, 
ta‟lim jarayonida ijodiy hamkorlik muhitining yaratilishi, o‟qitish jarayoniga 
innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, innovatorlik faoliyatiga bo‟lgan faol 
motivatsiyaning qaror topganligi bilan belgilanuvchi kasbiy tayyorgarlik 
mezonlaridan sanaladi.
Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonini yana bir e‟tiborli 
jihati bu yuqorida ta‟kidlab o‟tilgan yo‟nalishlardagi kasbiy bilim, ko‟nikma va 
malakalarni o‟zlashtirish va amaliyotga to‟laqonli tatbiq etishning zaruriy 
shartsharoitlari majmuasining belgilanishidir. Chunki, qulay va maqsadga 
yo‟naltirilgan pedagogik sharoit jarayondan ko‟zlangan natijaga erishishini 
engillashtiradi.
N.A.Muslimov o‟z tadqiqotlarida bo‟lajak kasb ta‟limi o‟qituvchi-sini 
kasbiy moslashtirish uning kasbiy shakllanishidagi muhim jihatlardan biri 
ekanligini ta‟kidlab, mazkur jarayondagi muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida 
quyidagilarni e‟tirof etadi: 


~ 33 ~ 
- moddiy-texnik shart-sharoitlar (o‟quv binolari, o‟quv auditoriyalar, o‟quv-
texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar); 
- o‟quv-metodik shart-sharoitlar (davlat ta‟lim standarti, o‟quv dasturlari, 
o‟quv rejalari va boshqalar); 
- kadrlar salohiyati (professor-o‟qituvchilar); 
- ijtimoiy hamda o‟quv-texnologik muhit; 
- tashkiliy hamda o‟quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda 
tizimliyo‟lgaqo‟yilganligi
21

Oliy ta‟lim muassasalarining pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimining 
o‟ziga xosligidan kelib chiqib, tadqiqot doirasida quyidagi pedagogik psixologik 
shart-sharoitlarning ta‟minlanishi kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga xizmat 
qilishi aniqlandi:
1. Axborotli-mazmunli sharoit. Ma‟lumki, ta‟lim mazmuni bo‟lajak 
mutaxassis o‟zlashtirishi lozim bo‟lgan kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarning 
oldingdan loyihalashtirilgan tizimi bo‟lib, bunda DTS, o‟quv rejalari, 
takomillashtirilgan ta‟lim dasturlari, ma‟ruza matnlari, ta‟lim texnologiyalari 
asosidagi o‟quv-metodik majmular, ilmiy va o‟quv-metodik, elektron darsliklar, 
nazorat vositalari: ijodiy pedagogik topshiriqlar, vaziyatli masalalar, masofali 
nazorat, ijodiy loyiha ishlari, mutaxassislik yo‟nalishlari bilan bog‟langan kurs va 
loyiha ishlari alohida o‟rin tutadi.
2. Texnologik sharoit. Tadqiqot maqsadi, ya‟ni bo‟lajak o‟qituvchilarni 
kasbiy moslashtirishning samarali shakl, metod va vositalarini ishlab chiqib, 
amaliyotga tatbiq etish uchun texnologik sharoit asos qilib olindi. Bunda kasbiy 
moslashtirish jarayonida: 
- muammoli o‟qitish; 
- o‟yinli texnologiyalar (rolli-ishchan o‟yinlar, tadbirkorlik o‟yinlari); 
- trening, videotreninglar, - muammoli -seminarlar; 
21
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped.fanl.dokt. ... 
diss. – T.: 2007. – 357 b. 


~ 34 ~ 
- pedagogik muammoli vaziyatlarni echish va tahlil qilish, “Keys-stadi”; 
- kichik guruhlarda o‟qitish, mikro-darslar; 
- ijodiy tadqiqotchilik metodlari; 
- dars va tarbiyaviy tadbirlarni loyihalash metodlari; 
- autotreninglarni tashkil etish va o‟tkazish metodikasining ishlab 
chiqilishiga alohida e‟tibor qaratildi.
Bo‟lajak o‟qituvchilarn kasbiy moslashtirishning texnologik sharoiti nazariy 
asoslanganlik; o‟quv-tarbiya jarayoni mazmuni va tashkiliy jihatlariga yaxlit 
yondashuv, tizimlilik, o‟qitishda ta‟lim oluvchilarning individualligi, kasbiy 
yo‟nalganligi e‟tiborga olish kabi tamoyillariga asoslanadi. 
3. 
Refleksiv 
sharoit. 
Yaratilgan 
pedagogik 
shart-sharoitlarning 
natijaviymahsuli sifatida refleksiv (refleksiya-ortga nazar, tahlil, o‟zgarishlar, 
shaxsning o‟z faoliyatini baholay olish darajasi) sharoit muhitining yaratilishiga 
alohida e‟tibor berildi. Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishga 
yo‟naltirilgan refleksiv sharoit mazmuni quyidagicha belgilandi: 
- faol bilish motivatsiyasini rivojlantirish;
- kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik yondoshuvni qaror toptirish; 
- kreativ ko‟nikmalarni shakllantirish; 
- pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni shakllantirish; 
- o‟zini – o‟zi kasbiy anglash.
Olib borilgan tahlil natijalaridan ma‟lum bo‟ladiki, pedagogik amaliyot, 
mustaqil ta‟lim, to‟garaklar, audtoriyadan tashqari ishlar, jamoaviy tadbirlar, ijodiy 
kastinglar va boshqa turdagi tashkiliy tadbirlar talabalarning kasbiy moslashish va 
rivojlanishdagi muhim vositalardan sanaladi.
Ana shu maqsadda tajriba ob‟ektlarida “Yosh pedagoglar” to‟garagining 
faoliyati takomilashtirildi. “Yosh pedagoglar” to‟garagiga tadqiqot doirasida jami 
37 nafar talabalar va 4 nafar professor-o‟qituvchilari a‟zo bo‟lishdi.
“Yosh pedagoglar” to‟garagining asosiy maqsadi oliy ta‟lim muassasalarida 
tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni jamlash, ularning qobiliyatlari va iqtidorlarini 


~ 35 ~ 
namoyon etishlari uchun amaliy yordam ko‟rsatish va shu asnoda talabalardagi 
kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarni rivojlanishiga refleksiv sharoit yaratishga 
yo‟naltirildi.
Dastlab “Yosh pedagoglar” to‟garagining ma‟naviy-ma‟rifiy choratadbirlar 
rejasi ishlab chiqildi va talabalarning qiziqishlari, talablari, oliy ta‟lim 
muassasalarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‟tkaziladigan turli tadbirlar, 
ularning maqsadi, mazmuni, vazifalari aniq belgilandi. 
“Yosh pedagoglar” to‟garagining harakat dasturini ishlab chiqishda 
quyidagi jihatlarga alohida e‟tibor qaratildi: 
- talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish;
- auditoriyadan tashqari qiziqishlaridan kelib chiqib bo‟sh vaqtni unumli 
tashkil etish; 
- kasbiy sifatlar va kasbiy moslashuvni shakllantirish; 
- ratsionalizatorlik g‟oyalarini amalga oshirish.
Tajriba 
natijalari 
va 
respondent-o‟qituvchilarning 
fikr-mulohazalari 
pedagogik-psixologik shart-sharoitlar integratsiyasining ta‟minlanishi bo‟lajak 
mutaxassilar tayyorlash jarayoni ta‟lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb 
etishini tasdiqladi. Shuningdek, tizimli yondashuv asosida bo‟lajak o‟qituvchilarni 
kasbiy moslashtirishga yo‟natirilgan o‟qitish texnologiyalarining o‟quv 
jarayonidagi imkoniyatlarini amaliy yoritish tadqiqot muammosining ijobiy 
echimini ta‟minlashga yordam berishi aniqlandi. Ishning navbatdagi bo‟limlarida 
mazkur masalalarga alohida e‟tibor qaratildi. 


~ 36 ~ 
takomillashtirilgan ta‟lim dasturlari, 
ma‟ruza 
matnlari, 
ta‟lim 
texnologiyalari 
asosidagi 
o‟quv-
metodik majmular, ilmiy va o‟quv-
metodik, elektron darsliklar,

muammoli o‟qitish;o‟yinli 
texnologiyalar (rolli-ishchan 
o‟yinlar, 
tadbirkorlik 
o‟yinlari); 
trening, 
videotreninglar, 

muammoli seminarlar 
faol bilish 
motivatsiyasini 
rivojlantirish; 
kasbiy faoliyatga 
nisbatan 
akmeologik 
yondoshuvni 
qaror toptirish; 


~ 37 ~ 
XULOSA 
Jamiyat rivojlanib, yosh avlod ta‟lim-tarbiyasiga qo‟yilgan ijtimoiy 
talablarning ortib borishi pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimida ham 
mazmuniy va sifat jihatidan o‟zgarishlar zaruratini yuzaga keltirmoqda. Ushbu 
muammoning dolzarbligini ta‟kidlab, birinchi prezidentimiz I.Karimov “Biz 
yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini, ertaga o‟rnimizga keladigan 
yoshlarni ma‟naviy dunyosini shakllantirishda o‟qituvchi mehnatini qanchalik 
muhim o‟rin tutishini yaxshi bilamiz. Chunki, o‟qituvchi nainki sinf xonasiga fayz 
va ziyo olib kiradigan, balki minglab murg‟ak qalblarga ezgulik yog‟dusini, hayot 
maktabini uqtiradigan mo‟‟tabar zotdir” degan edi. Shuning uchun ham bozor 
munosabatlari sharoitida oliy ma‟lumotli pedagog kadrlarga bo‟lgan jamiyat 
talablaridan kelib chiqib, malakali mutaxassislar tayyorlash zarurati yanada 
kuchaydi. 
Tadqiqot muammosining ilmiy-nazariy asoslarini o‟rganish, olib borilgan 
kuzatishlar va tahlil natijalari OTMlaridagi o‟quv-tarbiya jarayoni bo‟lajak 
o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonida katta imkoniyatlarga ega ekanligini 
ko‟rsatdi. Ammo mazkur jarayonga bir tomonlama yondashish mutaxassislarning 
sifat darajasiga sezilarli ta‟sir ko‟rsatayotganligi ham amaliyotda tasdiqlandi. 
Oliy ta‟lim muassasalaridagi ta‟lim-tarbiya jarayonini ijtimoiy talablar, 
demokratik tamoyillar, shuningdek ishlab chiqarishning mutaxassis shaxsiga 
qo‟yayotgan malakaviy talablaridan kelib chiqib modernizatsiyalash dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi. 
Bo‟lajak 
o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishda ularning shaxsiy 
yo‟nalganligi va kasbiy motivatsiyasi etakchi ijtimoiy-psixologik omillardan biri 
bo‟lib, mazkur jihatlar ta‟lim oluvchilarning tanlangan faoliyat sohasiga 
moslashish jarayonini jadallashtiradi. 
Ya‟ni, empirik tahlillar asosida bugungi kunda pedagog mutaxassislar 
tayyorlash jarayoniga yaxlit loyiha sifatida qaralib, unga nafaqat mazmun, balki 
o‟qituvchi va talabalar faoliyati birligi misolida yondashish e‟tibordan chetda 


~ 38 ~ 
qolayotganligi aniqlandi. Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishga 
qo‟yiladigan zamonaviy talablar mazkur ta‟lim muassasalaridagi pedagogik 
jarayonni tashkillashtirishga nisabatan innovatsion yondashuv zaruratini keltirib 
chiqaradi. Bu esa tadqiqot doirasida kasbiy moslashtirish jarayoniga ta‟sir etuvchi 
pedagogik-psixologik omillar va zaruriy shart-sharoitlarni aniqlashtirishni nazarda 
tutadi. 
Shu bois, tadqiqot doirasida mazkur omillarning bo‟lajak o‟qituvchilarni 
kasbiy moslashtirish jarayoniga ta‟siri o‟rganildi va bu boradagi samarali 
choratadbirlar majmuasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. 
Natijalarning yakuniy tahlili va pedagogik-tajriba sinov ishlarining 
samaradorlik darajasiga asoslanib, ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi xulosalar 
shakllantirildi: 
1. Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish nazariyasi tahlili natijasida 
uning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etildi. 
2. Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish mazmunini pedagog 
mutaxassis shaxsiga quyiladigan zamonaviy kasbiy talab va takliflar darajasida 
takomillashtirish zarurati asoslab berildi. 
3. Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishda o‟quv jarayonini tashkil 
etishga innovatsion yondashuvni qaror toptirish zarurati va bunda yaratilgan 
pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi mutaxassislar kasbiy moslashishini 
shakllantirishga samarali ta‟sir ko‟rsatishini tajriba natijalari tasdiqladi. 
4. Yangicha mazmundagi o‟quv metodik majmualarni yaratish, o‟qitishning 
innovatsion shakl va metodlarini o‟quv jarayoniga tadbiq etish va tizimli 
monitoring jarayonini yo‟lga quyish talabalarning bilish faolligini ta‟minlashda, 
ularning 
kasbiy-ijodiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishda 
hamda 
kasbiy 
tayyorgarlikning shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi.
Yuqorida 
keltirilgan 
xulosalar 
bo‟lajak 
o‟qituvchilarni 
kasbiy 
moslashtirishning mavjud holatini aniqlashga va bu jarayon samaradorligini 


~ 39 ~ 
oshirishga qaratilgan quyidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishimizga asos 
bo‟ldi: 
- bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishning mazmunini zamonaviy 
talablar asosida takomillashtirish; 
- bitiruvchi kurslarda “Innovatsion o‟qitish texnologiyalari”, “Tarbiya 
texnologiyalari” kurslarining o‟qitilishini yo‟lga qo‟yish; 
- bo‟lajak o‟qituvchilardagi kasbiy moslashishni shakllantirish jarayonida 
pedagogik amaliyot ishlarini samarali tashkil etilishiga alohida e‟tibor qaratish; 

o‟quv-tarbiya 
jarayonida 
shaxsga 
yo‟naltirilgan 
pedagogik 
texnollogiyalardan maqsadli foydalanish. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkin, bo‟lajak kadrlarni malakasini oshirib 
yanada chuqurlashtirib o‟tish lozim. Ta‟sir qiluvchi omillarni kamaytirib, ya‟ni 
kitoblardan unumli foydalanish zarur. 


~ 40 ~ 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə