Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Ma‟ruza  – odatda oliy o„quv yurtida biror fan mazmunini og„zaki bayon  qilishga asoslangan o„quv jarayoni, metodi.  Malaka



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix02.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#104021
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Кasbiy ta’lim metodikasidan fanidan referat

Ma‟ruza 
– odatda oliy o„quv yurtida biror fan mazmunini og„zaki bayon 
qilishga asoslangan o„quv jarayoni, metodi. 
Malaka
– shaxsning o„zi egallagan bilimlari asosida ularning yangi 
sharoitdagi yangiliklar bilan birga, ma‟lum bir faoliyatni samarali bajarish 
qobiliyatidir. 
Mafkura
- g„oya va qarashlar tizimi. 
Metod
– 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish usuli; 2) 
harakat qilish usuli, tarzi. 
Motiv 
– ma‟lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo„ladigan kishining 
ichki faoliyat mazmuni. 
Muammoli o„qitish
– o„quv mashg„ulotini tashkil etish shakli bo„lib, unda 
pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal qilinishida 
ta‟lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar. 
Pedagogik jarayon
– ta‟lim masalalari, uning taraqqiyotini hal qilishga 
qaratilgan, maxsus tashkil etilgan pedagog va talabalarning maqsadli o„zaro 
munosabatlari. 
Pedagogik malaka
– muayyan toifadagi vazifalarni hal qilish imkoniyatiga 
ega bo„lgan mutaxassisning kasbiy pedagogik tayyorgarligi darajasi va turi. 
Pedagogik faoliyat
– ta‟lim maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan 
ijtimoiy faoliyatning alohida turi. 
Faoliyat
– 1) ongli maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki (ruhiy), 
tashqi (jismoniy) faolligi; 2) atrof-muhitning kishilar tomonidan maqsadga 
muvofiq qayta bunyod etilishi. 
SHaxs
– 1) kishilarning ijtimoiy xulqi, insonlar orasida o„zini tutishini aks 
ettiradigan ruhiy sifatlari majmuini bildiruvchi tushuncha;
2) turli-tuman sifatlar tizimidagi kishining ruhiy, ma‟naviy mohiyati;
O„z-o„zini baholash
– shaxsning o„z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va 
muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi. 


~ 42 ~ 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə