Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


 Kadrlarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#104021
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Кasbiy ta’lim metodikasidan fanidan referat

2. Kadrlarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari 
Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan o‟rganish, tahlil etish va ijtimoiy 
dolzarbligini asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar, kategoriyalar 


~ 14 ~ 
mazmunini yoritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, ilmiy izlanishlar 
davomida kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik aspektlarini: motiv, kasb 
tanlash motivlari, kasbiy yo‟nalganlik, pedagogik kasbga yo‟nalganlik, pedagogik 
faoliyat, kasbiy bilim, ko‟nikma va malakalar, kompetentlik kabi tushunchalarning 
mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga harakat qildik. 
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim 
tajribadan o‟tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo‟lib xizmat qiluvchi 
mashg‟ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug‟ullanuvchi kishilarni birlashtiradi va 
bu faoliyat ichida ma‟lum aloqalar va axloq normalari o‟rnatiladi 
12

E.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha 
bo‟lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya ta‟kidlaydi. 
V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs 
jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy 
manbai bo‟lib xizmat qiladi, deya ta‟kidlaydi. 
Mavjud ta‟riflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: “Kasb 
mehnat faoliyatining asosiy shakli bo‟lib, uni bajarish uchun inson albatta ma‟lum 
bilim, malaka va ko‟nikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy 
sifatlarga ega bo‟lishi kerak”. 
Mutaxassislik – kasbiy ta‟lim, tayyorgarlik yo‟li bilan o‟zlashtirilgan ish 
jarayonidagi maxsus bilimlar, ko‟nikma va malakalar majmuasi bo‟lib, ular u yoki 
bu kasb doirasida ma‟lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. 
Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo‟lib, u 
shaxsiy yutuqlarga yoki o‟ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga 
yo‟naltirilgan bo‟ladi. Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri 
mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. 
Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga ko‟ra, “kasbiy tayyorgarlik 
– bu o‟zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko‟rgan deb 
hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub‟ektiv holatidir”. 
12
Klimov E.A. Psixologiya professionalnogo samoopredeleniya. – Rostov-na-Donu: Finiks, 1996. S–12-14. 


~ 15 ~ 
E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar “kasbiy tayyorgarlik – 
shaxsning aniq kasbiy faoliyat turi bilan shug‟ullanishiga imkon beruvchi nazariy 
bilim, ko‟nikma va malakalarni o‟zlashtirish jarayonidir”, deya izohlaydilar. 
R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy 
tayyorgarlik negizida “bo‟lajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, 
jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarligi” aks etishi kerakligini 
ta‟kidlaydilar
13

Mualliflarning 
fikrlariga 
tayangan 
holda 
“kasbiy 
tayyorgarlik” 
tushunchasini quyidagicha ta‟riflash mumkin bo‟ladi: 
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko‟nikma va malakalar, 
shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni o‟zlashtirish asosida shaxsning kasbiy 
faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik 
darajasi. 
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda 
maxsus nazariy bilim, amaliy ko‟nikma va malakalar, shuningdek, 
ma‟naviyaxloqiy sifatlarni shakllantirish, bo‟lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni 
muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy 
tayyorgarlash jarayonidir. 
Kasbiy moslashtirish – bo‟lajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini 
o‟zlashtirishi, individualashuvi demakdir. 
Ma‟lumki, har bir oliy ta‟lim muassasasining muhim vazifalaridan biri bu 
birinchi kurs talabalarini o‟qitishning yangi tizimiga, yangi ijtimoiy 
munosabatlarga ijobiy 
moslashuvini, 
talabalik 
maqomini 
muvaffaqiyatli 
o‟zlashtirishlarini ta‟minlashdir. 
Talabalarni oliy ta‟lim muassasasi sharoitiga moslashtirishda quyidagi 
jihatlarni alohida ko‟rsatib o‟tish lozim: 
13
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari 
pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – T.: “Iste’dod” jamg’armasi, 2008. – B. 16-18 


~ 16 ~ 
1) talabalarda moslashuv jarayonining kechishi murakkaab dinamiklikka 
ega bo‟lib, ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatli tasavvurlarni o‟zaro 
uyg‟unlashuvini talab etadi; 
2) talabalar uchun o‟qishning birinchi va ayrim hollarda ikkinchi yili 
murakkab vaziyatlar bilan birga kechadi; 
3) oliy ta‟lim muassasasida tahsil olish jarayonida talabalarda o‟zo‟zini 
anglash tuyg‟usi rivojlanadi, atrof-olam va borliqqa doir qadriyatli munosabatlar 
tizimining rivojlanishi davom etadi; 
4) talabalarda bazaviy o‟quv ustanovkalari shakllanadi; 
5) talabalik yillari tashkiliy, metodik va psixologik tavsifga ega bo‟lib, 
shaxsning kasbiy va shaxsiy moslashuvining eng muhim bosqichidir
14

Darhaqiqat, kasbiy moslashuv murakkab va ko‟p qirrali jarayon hisoblanib, 
uning negizida muayyan kasb bo‟yicha muvaffaqiyatli ishlashni ta‟minlovchi 
imkoniyatlar, shaxsning yo‟nalganligi, kasbiy bilim, ko‟nikma, malaka va kasbiy 
sifatlar, mehnat tajribasi ham asosiy mezonlar ko‟rinishida namoyon bo‟ladi . 
Bizga ma‟lumki, shaxs ta‟lim jarayonining faol ob‟ekti va sub‟ekti bo‟lib, 
bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi faolligi uning 
yo‟nalganligi bilan belgilanadi. 
Shaxs yo‟nalganligi muammosini tadqiq etar ekan, S.L. Rubinshteyn uni 
ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e‟tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari 
hamda dunyoqarashlarda ifodalaydi.. 
Psixolog olimlar L.I. Bojovich va R.S. Nemov shaxs yo‟nalganligini 
motivlar tizimi va yig‟indisidir, deya talqin etadilar. 
Kasbiy yo‟nalganlik esa shaxs yo‟nalganligining o‟ziga xos ko‟rinishi 
bo‟lib, motivlar, ehtiyojlar ta‟sirida aks etadi. 
Pedagogik va kasb ta‟limiga doir adabiyotlarda “kasbiy yo‟nalganlik” 
tushunchasi quyidagi mazmunni anglatishiga e‟tibor qaratiladi: 
14
Egamberdieva N.M va mualliflar jamoasi. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi. – 
T.: “Fan va texnologiya”nashriyoti, 2012.- B. .201-202 


~ 17 ~ 
1) “Kasbiy yo‟nalganlik” – shaxsning aniq bir faoliyat turiga bo‟lgan 
qobiliyati, qiziqishlari, ehtiyoji va qat‟iy ishonchi (A.B. Seyteshev); 
2) “Kasbiy yo‟nalganlik” – kasb tanlash, qiziqish, qat‟iy ishonch hamda 
kasb tanlash motivlari o‟rtasidagi aloqaning shaxsiy sifatlarda etakchilik qilishi 
(N.K.Stepankova). 
Ayrim tadqiqotchilarning ishlarida esa bevosita shaxsning aniq kasbiy 
faoliyatga yo‟nalganligi e‟tiborga olingan holda “pedagogik kasbga yo‟nalganlik” 
tushunchasining mohiyatini ochib berishga nisbatan urinishlar ko‟zga tashlanadi. 
Jumladan: 1) “Pedagogik kasbga yo‟nalganlik” – shaxsning “pedagogik kasbga 
qiziqishi va faoliyatning ushbu turi bilan shug‟ullanishga bo‟lgan ishtiyoqi” (N.V. 
Kuzmina); 2) “Pedagogik kasbga yo‟nalganlik” – bolalarga bo‟lgan munosabat, 
pedagogik mehnatga ishtiyoq, pedagogik kuzatuvchanlik qobiliyati. 
Terminologik 
tahlillardan ko‟rinib turibdiki, “pedagogik kasbga 
yo‟nalganlik” tushunchasi asosan kasb tanlash motivlarning faol ta‟sirida 
shaxsning kasbiy shakllanishiga ta‟sir ko‟rsatishini o‟zida aks ettiradi. 
Motiv tushunchasi psixologik adabiyotlarda (lot. movere - harakatga 
keltirmoq) – ma‟lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‟liq faoliyatga undovchi sabab 
sifatida izohlanadi
15

Kasb tanlash murakkab va motivatsion jarayon hisoblanib, shaxsning to‟g‟ri 
kasb tanlashi insonning hayotdan qoniqishi, ijtimoiy mavqeini aniq belgilab 
olishiga sabab bo‟ladi. 
Tadqiqotchi olim E.S.Chugunova ish joyini va kasbni tanlash motivlari 
klassifikatsiyasini ishlab chiqib, istalgan kasbiy faoliyatning sabablarini o‟zida aks 
ettiruvchi kasb tanlash motivlarini quyidagicha belgilaydi: 
- dominant (kasbga qiziqishning ustun turishi); 
- vaziyat bilan bog‟liq (har doim insonni qiziqtirib kelgan shartsharoitlarni 
ro‟yobga chiqarish); 
- komformist; 
15
G’oziev E., Mamedov K. Kasb psixologiyasi. – T.: 2003.B – 13-15. 


~ 18 ~ 
- boshqa kasbiy motivatsiyalar (o‟ziga yaqin ijtimoiy olamning ya‟ni 
yaqinlari, do‟st va tanishlarining maslahatlari bilan). 
A.K. Baymetov esa, aynan pedagogik faoliyatga intilish motivlarini 
o‟rganib, ulardan asosiylarini birlashtiradi: 
a) muqarrarlik motivi (burchli); 
b) o‟qitilayotgan predmetlarning qiziqarliligi va e‟tiborni tortish; 
v) bolalar bilan muloqotga kirishish. 
O‟rganilgan manbalarga ko‟ra, motivatsiya tiplari bo‟lajak o‟qituvchilarning 
kasbiy tayyorgarlik yo‟nalishi va xarakteriga ta‟sir ko‟rsatadi. 
Bu borada N.V. Kuzmina shaxsning pedagogik kasbga yo‟nalganlik 
motivlari uch xil holatda bo‟lishini ta‟kidlaydi: 
1) haqiqiy pedagogik; 
2) rasman pedagogik; 
3) yolg‟on pedagogik yo‟nalganlik
16

Pedagogik faoliyatni tashkil etishda birinchi holat, ya‟ni haqiqiy pedagogik 
yo‟nalganlik pozitiv xarakter kasb etib, pedagogik faoliyatda akmeologik 
darajaning qo‟lga kiritilishiga yordam beradi. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda 
faqatgina birinchi holatdagi pedagogik tayyorgarlik yuqori natijalarning qo‟lga 
kiritilishiga yordam beradi. Haqiqiy pedagogik yo‟nalganlikning asosiy motivi 
pedagogik faoliyatga qiziqish hisoblanadi. 
Bizning pedagogik kuzatishimiz jarayonida va bo‟lajak o‟qituvchilarning 
“Nima uchun o‟qituvchilik kasbini tanlaganliklari” ning asosiy sabablarini 
o‟rganganimizda, respondent-talabalarning 33% i o‟qituvchilik kasbini o‟z 
hohishiga ko‟ra, 31,2% i muayyan fanga bo‟lgan qiziqish va ota-onalarining 
tavsiyalariga ko‟ra, 35,4% i esa pedagogika oliy ta‟lim muassasalarida tahsilni 
davom ettirish maqsadida ushbu ta‟lim muassasasini tanlaganliklari ma‟lum bo‟ldi. 
Ammo o‟qituvchilik kasbining boshqa kasb egalariga nisbatan moddiy 
ta‟minlanganlik holatlarining yuqoriligi ota-onalar ichida shakllangan 
16
Ilin N.E. Motiv i motivatsii. – M.: Piter, 2008. – 50 s. 


~ 19 ~ 
stereotiplarning yoshlarga ham o‟z ta‟sirini o‟tkazmasdan qolmaganligidan dalolat 
beradi. 
O‟ylaymizki, bu o‟rinda kasb tanlash motivlari, kasbiy yo‟nalganlik va 
hayotiy maqsadlarning boshqa-boshqa yo‟nalishlarda namoyon bo‟lishi o‟z o‟rnida 
kasbiy moslashish darajasining past bo‟lishiga yoki uzoq muddatga uzayishiga 
ta‟sir etadi. 
Kasbiy faoliyatga yo‟naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq 
namoyon bo‟lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o‟zigina kasbiy tayyorgarlikning 
shakllanishida etakchi rol o‟ynay olmasligini e‟tiborga olish lozim bo‟ladi. Chunki, 
shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va ma‟naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy 
faoliyatning shaxsga nisbatan qo‟yadigan talablari darajasi bilan mutanosib 
bo‟lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga va 
refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi. 
Kasbiy imkoniyatlar – ma‟lum faoliyatning shaxs irodasi bilan bog‟liq 
ob‟ektiv shart-sharoitlarini o‟zida aks ettiradi
17

Odatda bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning 
ob‟ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat 
talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq 
sanaladi. Masalan, o‟qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar 
bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan 
qo‟yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida 
bo‟lishi kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarni o‟zlashtirishga yordam beradi. Shu 
bois, bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini 
nazariy asoslash va bo‟lajak mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini 
rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratish kerak. 
Bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi 
ayni vaqtdagi amaliy tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ta‟lim 
muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida talabalarda kasbiy 
17
G’oziev E., Mamedov K. Kasb psixologiyasi. – T.: 2003. B – 57. 


~ 20 ~ 
faoliyatni amalga oshirish uchun etarli bo‟lgan kasbiy bilim, malaka va 
ko‟nikmalarni shakllantirish lozim bo‟ladi. 
Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun 
zarur bo‟lgan axborotlar va o‟zlashtirilgan nazariy ma‟lumotlar birlashmasidir.
Bo‟lajak o‟qituvchilarning o‟zlashtirish lozim bo‟lgan kasbiy bilimlar 
mutaxassis shaxsining sifat darajasiga quyiladigan malakaviy talablar mazmunidan 
kelib chiqib belgilanishi kasbiy moslashtirish jarayonining samaradorligini 
belgilovchi muhim mezon sanaladi. 
Bo‟lajak 
o‟qituvchilarga 
qo‟yiladigan 
sifat 
talablarini 
o‟zida 
mujassamalashtirgan Klassifikatorda bo‟lajak o‟qituvchilarning umumta‟lim 
maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko‟rsatishi va ular 
o‟z mutaxassisligi doirasida o‟quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta‟lim 
oluvchilarning bilim darajasini adolatli baholash va nazorat qila olishi yuzasidan 
zaruriy kasbiy bilim, malaka va ko‟nikmalarga ega bo‟lishi lozimligi belgilanadi. 
Shu bois, bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy moslashtirishda ixtisoslashgan 
tavsifnomasida ularning kasbiy tayyorgarligiga qo‟yiladigan malakaviy talablardan 
kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuni quyidagi aspektlar bilan bog‟liq holda 
belgilanishiga e‟tibor qaratish maqsadga muvofiq sanaladi: 
- nazariy – ta‟lim-tarbiya jarayonining maqsadi, tamoyilllari, qonuniyatlari, 
ta‟limotlari, o‟quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari 
xususidagi bilimlar; 
- metodik – o‟quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va 
o‟qitishning shakl, metod va didaktik vositalarini to‟g‟ri tanlash, talabalarning 
bilish motivatsiyasini shakllantirish bilan bog‟liq bo‟lgan bilimlar; 
- texnologik– aniq ta‟lim sharoitida pedagogik vazifalarni, vaziyatlarni echa 
olish, rejalashtirilgan o‟quv-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish bilan 
bog‟liq bo‟lgan bilimlar; 
- prognostik – ta‟lim oluvchi shaxsi rivojlanishini oldindan loyihalashtira 
olish, yuksak ma‟naviyatli, intellektual salohiyatli, mustaqil fikrli va ijodkor 


~ 21 ~ 
shaxsni tarbiyalashning ta‟sir vositalarini oldindan bashoratlash bilan bog‟liq 
bilimlar; 
- ijodiy-innovatsion – pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, o‟qitish va 
tarbiyalashning yangicha shakl, metod va vositalarini yaratish bilan bog‟liq amaliy 
bilimlar. 
Pedagogik kuzatish va tadqiqot natijalari shuni ko‟rsatadiki, oliy ta‟lim 
muassasalaridagi ta‟lim jarayonida talabalarning kasbiy bilimlarni o‟zlashtirishi va 
kasbiy-pedagogik qobiliyatlar, ko‟nikma va malakalarning shakllantirilishi 
o‟rtasidagi integratsion tuzilma etarlicha qaror topmagan. 
Bu esa yosh mutaxassislar faoliyatining birinchi besh yilligida ba‟zi 
qiyinchiliklar, konfliktlar yoki kasbiy muvaffaqiyatsizlikning kelib chiqishiga 
sabab bo‟lishi aniqlandi. 
Masalaning yana bir muhim jihati borki, uning etarlicha e‟tiborga 
olinmasligi ham kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida ba‟zi negativ 
holatlarni keltirib chiqaradi. 
Ta‟kidlash joizki, oliy ta‟lim muasasalaridagi o‟quv faoliyatining mahsuli 
bu kasbiy bilimlarning o‟zlashtirish jarayoni hisoblanadi. Lekin ba‟zida shunday 
vaziyatlar ham uchrab turadiki, kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi tayyorgarlik 
ko‟rgan mutaxassis zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor bo‟lmay qolishi 
mumkin. Bunday holatda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib 
bo‟lmaydi, yoki samarasiz bo‟ladi. Ko‟rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy 
tayyorgarligi unda nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki psixologik 
tayyorgarlikni, o‟zini – o‟zi boshqarish va kerakli faoliyatga yo‟naltirish, 
o‟quvtarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, ma‟naviy va jismoniy imkoniyatlarini 
kerakli sharoitda qo‟yilgan masalani hal etishga to‟g‟ri yo‟naltira bilish bilan 
bog‟liq kasbiy ko‟nikma va malakalarni shakllantirish, jarayonga moslashtirishni 
nazarda tutadi. Chunki, aynan shu ko‟nikma va malakalar bo‟lajak o‟qituvchilarni 
kasbiy moslashtirish jarayonidagi zaruriy fenomenlar sifatida baholanadi. 


~ 22 ~ 
Kasbiy ko‟nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo 
bo‟ladigan, shaxsning o‟zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga 
aylanishidagi avtomatlashgan usuldir. 
Gnostik (yunoncha “gnosis” – “bilish”) malakalar tarbiyachining bilim 
sohasiga taalluqli bo‟lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini 
aniqlay bilish; o‟zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish; 
ilg‟or tajribalarni o‟rganish, novatorlik; pedagogik-psixologik adabiyotlardan 
foydalana bilish; empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni 
mujassam etadi. 
Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) – bu tarbiyachining 
pedagogik jarayonni metodik jihatdan to‟g‟ri loyihalashtirishi va tashkil etishi 
ko‟zda tutiladi. Bunda ta‟lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o‟quv-tarbiya 
jarayonini maqsadli loyihalash, o‟quvchilarning yosh va individual 
xususiyatlaridan kelib chiqib ta‟limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni 
to‟g‟ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish 
bilan bog‟liq malakalar nazarda tutiladi. 
Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo‟lib, 
unda o‟quvchilar va hamkasblari bilan o‟zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. 
Bunda tarbiyachining bolalarni o‟ziga jalb etishni bilishi, o‟quvchilar va ota-onalar 
bilan muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular bilan pedagogik-
kasbiy malakalar
1. Gnostik 
malakalar.
2.Konstruktiv 
malakalar. 
3.Kommunikativlik.
4.Tashkilotchilik 
malalkalari. 


~ 23 ~ 
psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o‟zaro aloqa bog‟lashga, 
shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir. O‟quvchilar 
bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo‟lishi ko‟p jihadan 
o‟qituvchining kommunikativ ko‟nikma va malakalarni uzluksiz ravishda egallab 
borishi, uni qo‟llay olish layoqatiga bog‟liq. 
Tashkilotchilik – tarbiyachining o‟quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, 
jamoani jipslashtira olishi, o‟quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi, 
shaxsiy tajribasi va ilg‟or pedagogik g‟oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi 
bilan tavsiflanadi. 
Shuni alohida ta‟kidlab o‟tish kerakki, tarbiyachi-pedagog kasbiy qiyofasida 
aks etishi lozim bo‟lgan mazkur malakalar nafaqat o‟quvchilar bilan o‟zaro 
aloqaga kirishishda, shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatlarda ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur tadqiqotchilarning o‟qituvchi professiogrammasining namunasi 
borasidagi yondashuvlari etarlicha ilmiy-nazariy asoslangan bo‟lsada, bo‟lajak 
o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri sanalgan - 
ijodkorlik ko‟nikmalarini shakllantirish mualliflarning nazaridan chetda qolgan. 
Zero, kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy yondashmasdan turib, ta‟lim va 
tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq loyihalashtirish, amalga oshirish mumkin 
emas. 
Taniqli pedagog psixolog olim V.A. Slasteninning ilmiy izlanishlarida ham 
pedagogik faoliyat, o‟qituvchi shaxsini shakllantirish, xususan, uning kasbiy 
mahoratini oshirish masalasi keng yo‟nalishlarda tadqiq etilgan . 
Bu o‟rinda pedagog olim V.A. Slastenin bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy 
ko‟nikma va malakalarini shakllantirishda: 
1) mutaxassis ishlashi lozim bo‟lgan aniq vaziyatlarni; 
2) uning mehnat vazifalarini; 
3) talab etiladigan bilim, malaka va ko‟nikmalarni inobatga olish zarurligini 
ta‟kidlab o‟tadi . 


~ 24 ~ 
Muallif o‟z mulohazalarini pedagogika yo‟nalishidagi oliy ta‟lim 
muassasasi talabalari misolida yoritib bergan. Pedagogik faoliyatning mutaxassis 
kasbiy tayyorgarligiga qo‟yadigan umumiy talablari e‟tiborga olinsa, mazkur 
tadqiqotning amaliy g‟oyalaridan bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirish 
jarayonida foydalanish mumkin bo‟ladi. 
Kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish, kasbiy bilim va ko‟nikmalarni 
muvaffaqiyatli o‟zlashtirishdagi asosiy omil kasbiy sifatlarni rivojlantirish masalasi 
tadqiqot doirasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 
Kasbiy sifatlar pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim omillaridan 
biri bo‟lib, ular maqsadga intiluvchanlik; qat‟iyatlilik; diqqatni taqsimlay olish; 
tirishqoqlik; 
kuzatuvchanlik; 
pedagogik 
takt 
va 
pedagogik 
xayolning 
rivojlanganligi; ijtimoiy faollik; tashabbuskorlik; shaxsiy namuna ko‟rsatish; 
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qo‟shish 
kabi jihatlar bilan tavsiflanadi. Kasbiy sifatlarning shakllanishi ta‟lim oluvchilar 
bilan emmotsional birlikni ta‟minlash, darsning kommunikativ tizimi va ijobiy 
iqlimni yaratish, shuningdek, pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish 
imkonini beradi. 


~ 25 ~ 
Tadqiqotchilar L.M. Mitina va O.V. Kuzmenkovalar o‟z tadqiqotlarida 
o‟qituvchining kasbiy rivojlanish kontseptsiyasini shakllantirib, uning 
ijtimoiyahamiyatli jihatlarini tushuntiradilar va shu o‟rinda o‟qituvchining kasbiy 
tayyorgarligiga ta‟sir etuvchi qator ahamiyatli omillarni ajratib ko‟rsatadilar. 
Xususan, tadqiqotchilar, bo‟lajak o‟qituvchilarning kasbiy moslashtirish 
jarayoniga ta‟sir etuvchi muhim omillardan biri bu – kasbiy ahamiyatli shaxs 
sifatlari va qobiliyatlari, kasbiy bilim va ko‟nikmalarining o‟sishi, shakllanishi, 
integratsiyasi hamda pedagogik mehnatda o‟z amaliy tadbiqini topishi kerak 
ekanligini e‟tirof etsalarda, biroq asosiy omil sifatida – kasbiy faoliyatda 
muvafaqiyatli ishlashni ta‟minlovchi shaxsning ichki motivatsiyasi va pedagogik 
kasbga yo‟nalganligini olib qaraydilar. Bunday holat kasbiy moslashtirish jarayoni 
bevosita shaxsning imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida tashkillashtirilishi 
lozimligini ilmiy asoslaydilar. 
Bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishdagi muhim jihatlardan yana 
biri bu shaxsning mavjud mehnat tajribasi sanaladi. Aslida mehnat tajribasi kasbiy-
amaliy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi kasbiy ko‟nikma va malakalarning 
yig‟indisi sifatida ifodalanadi. Biroq, bo‟lajak mutaxassislar, xususan, bo‟lajak 
o‟qituvchilarda mehnat tajribasining etishmasligi o‟zlaridagi mavjud kasbiy 
bilimlarini hali amaliy faoliyatda sinab ko‟rmaganliklari, real kasbiy faoliyat 
talablari haqida aniq tasavvurlarining etarli emasligidan guvohlik beradi. Bu esa 
ta‟limning mazmun va metodik aspektlariga, kasbiy istiqbol rejalarini belgilashga, 
o‟quv-tarbiya jarayonining shaxs imkoniyatlariga asoslangan optimal amaliy 
sharoitini yaratishga to‟sqinlik qiladi. Shu bois, bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy 
moslashtirish jarayonida nazariya va amaliyot integratsiyasini yo‟lga qo‟yishning 
samarali metodik aspektlarini ishlab chiqish va tatbiq etish talabalardagi mehnat 
tajribasining shakllanishi, shuningdek, faoliyatli yondashuv darajasining ortishiga 
olib keladi. 
Bo‟lajak o‟qituvchilarda kasbiy bilim, ko‟nikma va malakalar darajasini, 
kasbiy (ma‟naviy, shaxsiy va jismoniy) imkoniyat va kasbiy sifatlarini faoliyat 


~ 26 ~ 
samaradorligiga to‟laqonli yo‟naltirish kasbiy moslashtirishning zaruriy 
shartsharoitlaridan sanaladi. Mazkur jarayonda shaxs individualligi muhim 
mezonlardan biri sifatida o‟rganiladi. 
Individuallik (lotincha individuum – bo‟linmas, zot) - ijtimoiy-tarixiy 
madaniyat taraqqiyotining sub‟ekti sifatida o‟z faoliyatini amalga oshiruvchi har 
bir inson psixikasining takrorlanmas o‟ziga xosligini ifodalaydi.
Bizning fikrimizga ko‟ra, insonning betakrorligi to‟g‟risidagi fikrlar 
individuallikning tashqi jihatlarini ifodalaydi. Individuallik bu insonning hayvonot 
va ijtimoiy olamdan farqlab turishidir. Insonning individualligida uning hayot va 
kasbiy faoliyati manbai mujassamlashgan. Individualligi rivojlangan individ 
to‟laligicha o‟z kuchiga tayanadi va bu bilan u erkin va mustaqil shaxs sifatida 
namoyon bo‟ladi. 
Individuallik va shaxsni o‟zaro qiyosan qarab chiqilishi inson va jamiyat 
(jamoa va inson) munosabatlarini aniqlashtirish imkonini beradi. Demak, 
shaxsning individualligi, kasbiy sifatlari, bilim, ko‟nikma va malakalar tizimi 
bo‟lajak o‟qituvchilarni kasbiy moslashtirishda muhim omillardan biri bo‟lib 
xizmat qiladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə