Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196
Asosiy tushunchalar:
qog’oz, qog’ozrez, oh’orlash, muh’ralash, mistar, 
mistar bog’lash, wlcham, varaqlar soni, jild, muqova, sah’h’of, mujallid, jadval, 
jadvalkash, vassol, juzv, paygir, naqqosh, muzah’h’ib, shams naqshi, sarlavh’a, 
lavh’a, zarvaraq, unvon, lola naqshi, turunj naqshi, lachak, girih’, islimiy naqsh, 
abri bah’or, rassom, musavvir.
2.1. Manbashunoslikning ywnalishlari asosiy maqsad va vazifalari 
Manbashunoslik fani asosan ikki ywnalishga ega bwlib, u nazariy 
manbashunoslik va amaliy manbashunoslikdan iboratdir. Biz quyida nazariy 
manbashunoslik xususiyatlarini ba
ё
n etamiz. 
2.2.
 
Nazariy manbashunoslik (ywnalishi) 
Nazariy manbashunoslik ywnalishi amaliy manbashunoslik tajribasini 
umumlashtiradi, 
ё
zma manbalarni vujudga kelishi va ularning real tarixiy sharoitni 
wzida aks ettirish qonuniyatlari, manbalarni izlab topish, turkumlash, tavsifga 
olish, tartibga solish asoslarini ishlab chiqadi va ularni ilmiy muomalaga 


9
kiritishning, amaliy wrganishning eng maqsadga muvofiq asosiy usul va ywllarini 
aniqlaydi va amali
ё
tga tavsiya etadi. Ular quyidagilardir. 
2.3.
 
Manbalarni turkumlash 
Sharq 
ё
zma manbalarni turkumlashning yagona aniq bir qoidasi h’ozirgacha 
ishlab chiqilmagan. Mavjud qwl
ё
zma manbalar fih’risti bir qismi asarlar tili nwqtai 
nazaridan kelib chiqib tuzilgan. Masalan, Angliyaning Britaniya muzeyida 
saqlana
ё
tgan sharq qwl
ё
zmalari yirik sharqshunos Charlz Ri
ё
tomonidan ularning 
qaysi tilda 
ё
zilganiga qarab, arab, fors va turkiy tildagi qwl
ё
zmalarni aloh’ida, 
aloh’ida tavsifga olib fih’rist tuzgan. Frantsiya poytaxti Parijdagi Milliy 
kutubxonadagi saqlana
ё
tgan sharq qwl
ё
zmalari h’aqida Edgar Bloshe h’am shu 
tartibda katalog tuzgan. 
Toshkentdagi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 
xazinasidagi qw
ё
zmalar birinchi bor saqlana
ё
tgan tashkilot “Wzbekiston Fanlar 
Akademiyasi Sharq qwl
ё
zmalari majmuasi” nomi ostida turli tildagi va turli 
mavzudagi asarlar tavsifga olinib, ularning wn bir jildda nashr etilgan. Hozir 
qwl
ё
zmalarni qaysi fan soh’asiga oidligiga qarab tavsifga olish boshlab yuborilgan 
mana shunday kataloglar chop etilmoqda. 
Bazi manbashunoslar qwl
ё
zmalarni mazmuniga qarab, asarda qaysi masala 
ba
ё
n etilganiga qarab, turkumlashni lozim topsalar, ularning boshqa bir guruh’i
asarning kelib chiqishiga, yani qaerda va qachon 
ё
zilganligiga qarab turkumlashni 
maqul kwradilar. 
Yana bir guruh’ olimlar esa ularni rasmiy h’ujjatlar, tarixiy, geo-
kosmografik va biografik asarlar kabi turlarga bwlib wrganishni tavsiya qiladilar. 
Manbalarni avtograf – yani muallifning wz qwli bilan ekanligiga qarab 
ё
ki 
kwchirilgan nusxa ekanligigi qarab turkumlash h’ollari h’am uchraydi. 
Hozirgi paytda tarixchi manbashunoslar manbalar ustida ishlashning faqat 
bittasiga, yani ularning turlariga qarab tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb 
h’isoblaydilar. Chunki boshqa tadqiqot ywllari 
ё
zma manbani chuqur va atroflicha 
wrganish h’amda tah’lil qilish vazifalariga twla javob bera olmaydi. 
Birinchidan, 
tarixiy 
manbalar 
ichida faqat bir masala – ijtimoiy-iqtisodiy, 
si
ё
siy, madaniy va boshqaga butunlay bag’ishlangan asar deyarli ywq 
ё
ki juda 
kam.
Til bwyicha manbalarni wrganish 
ё
mon emas, lekin biror mavzuga oid 
manbalarni wrganganda, faqat bir 
ё
ki ikki tilda yaratilgan asarlar bilan 
chegaralanish tadqiqot ilmiy qiymatini pasaytiradi. 
Mana shularni inobatga olganda, tarixiy manbalarni turlariga va qaysi davr 
voqealarini aks ettirganligiga qarab turkumlash maqsadga muvofiqdir. Avvalgi 
paytlarda talaygina markaziy oliy wquv yurtlarida wqitilgan “CCJM tarixi 
manbashunosligi” va “Wrta asrlar tarixi manbashunosligi” darsliklari mana shu 
qoidaga asoslangan.
B. A. Ah’medov “Wzbekiston tarixi (wrta asrlar) manbalari”ni (
ё
zma manbalarni) 
quyidagi uch turga bwlib wrganishni tavsiya qilgan: 1) Ash
ё
viy manbalar, yani 
arxeologik qazishlar natijasida topilgan ash
ё
lar; 2) rasmiy h’ujjatlar; 3) tarixiy, 
geo-kosmografik h’amda biografik asarlar. Ushbu turkumda qayd etilgan 


10
arxeologik 
ё
ki ash
ё
viy manbalar, yani qadimda ajdodlarimiz turmush tarzi va 
ijtimoiy faoliyatini wrganish uchun asosiy manba bwlib xizmat qiluvchi manbalar 
asosan arxeologiya fani tomonidan wrganiladi va biz uchun qwshimcha 
ё
ki 
ё
rdamchi dalil sifatida tadqiqotlarga jalb etilishi mumkin. 
Bizning fikrimizcha, Wzbekiston tarixi 
ё
zma manbalarini asasan ikki turga 
bwlib wrganish maqul kwrinadi. 
1) rasmiy h’ujjatlar – 
ё
rliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, vaqfnomalar, 
h’isob-kitob daftarlari, rah’nomalar, rasmiy 
ё
zishmalar, maktublar va boshqalar. 
Umuman, tarixiy h’ujjatlarning wttizdan ortiq turi mavjud. Hujjatlar ijtimoiy-si
ё
siy 
h’a
ё
tni bevosita qayd etishlari, yani feodal er egaligi, ijtimoiy munosabatlar, davlat 
tuzilishi va shunga wxshash masalalar bwyicha daliliy malumotga boyligi bilan 
tarixiy manbalarning boshqa turlaridan ajralib turadi. Ular asosan h’ujjatshunoslar 
tomonidan maxsus wrganilsa-da, tarixiy manba sifatida manbashunoslikda ilmiy 
qiymati juda katta.
2) tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlar. 
Tarixiy, geo-kosmografik, agiografik h’amda biografik asarlarda rasmiy 
h’ujjatlarga nisbatan tarixiy voqea va h’odisalar keng va twla 
ё
ritiladi. Shuning 
bilan bir qatorda ularda faktik materialning boyligi kwzga tashlanadi. 
Ё
zma manbalarni faqat zikr etilganlari bilan cheklab bwlmaydi. Xususan, 
badiiy adabi
ё
tlarda h’am tarixiy voqealar, shaxslar twg’risidagi malumotlar ba
ё
ni 
mavjud bwlib, faqat ularning wziga xos ba
ё
n uslubi, badiyatini nazardan 
qochirmasdik kerak. Chunki tarixchi bor h’aqiqatni 
ё
zishi kerak bwlsa, shoir 
ё
ki 
ijodkor badiiy twqima, bwrttirish, mubolag’aga ywl qwyish, yani wz istagiga 
muvofiq tasvirlash imkoniga ega. Masalan, Alisher Navoiy badiiy asarlarida shoir 
davriga va zamondoshlariga oid qimmatli fikr, muloh’azalar mavjud. Xususan, 
uning asarlaridagi shoir biografiyasiga oid malumotlar asosida 
İ
zzat Sulton 
“Navoiyning qalb daftari” nomli kitob 
ё
zib, unda Alisher Navoiy biografisini 
tiklashga h’arakat qilgan. 
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarida h’am tarixiy 
malumotlar, xususan Mirzo Ulug’bek shaxsi va uning ilmiy merosi twg’risida juda 
qimmatli malumot mavjud. 
Ё
zma manbalardagi wziga xoslikning biri shuki, ularda ba
ё
n etilgan voqea, 
h’odisalarga subektiv 
ё
ndoshuv, ayrimlarini xaspwshlash 
ё
ki buzib talqin 
h’ollari uchrab turadi. Bunday asarlar ustida tadqiqot olib borilganda ularga 
tanqidiy 
ё
ndoshish talab etiladi. Bu esa manbashunoslikning asosiy ilmiy talab 
va printsiplaridan biridir. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə