Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Bah’r ul-asror fi manoqib ul-ah’



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   196
11.2.12. “Bah’r ul-asror fi manoqib ul-ah’
ё
r” 
“Bah’r ul-asror fi manoqib ul-ah’
ё
r” (“Olijanob kishilarning jasorati 
h’aqidagi sirlar dengizi”) nomli asar muallifi XVII asrda wtgan balxlik yirik 
qomusiy olim Mah’mud ibn Validir. Uning otasi Mir Muh’ammad Vali asli 
farg’onalik, kosonlik bwlib, Shayboniylardan Pirmuh’ammadxon avval (1546-
1567 yy.) davrida Balxga borib qolgan. U wqimishli va keng malumotli kishi 
bwlib, asosan fiqh’ ilmida zamonasining peshqadam kishilardan h’isoblangan. U 
Mir Xislat taxallusi bilan sherlar h’am 
ё
zgan. 
Mah’mud ibn Valining amakisi Muh’ammad Poyanda (1602 yili vafot 
etgan) Samarqand h’okimi Boqi Muh’ammad (1603-1606 yillari Buxoro xoni) 
dnvonida xizmat qilgan. Akasi amir Abulboriy esa fiqh’, tafsir va tibb ilmini 
yaxshi egallagan olim kishi edi.
Mah’mud ibn Vali 1596 yili tug’ilgan. 19 
ё
shga borganda, yani 1614 yili u 
yirik fiqh’ va h’adis olimi MMah’mud ibn Valirakshoh’ Husayniyning xizmatiga 
kiradi va qariyb wn yil undan saboq oladi. Mirakshoh’ Husayniyning boy 
kutubxonasi bwlib, unda, Mah’mud ibn Valining swzlariga qaraganda, tarix, 


132
geografiya, mumtoz adabi
ё
t, fiqh’, h’adis va boshqa ilmlarga doir juda kwp 
kitoblar saqlanar edi. Bu ilmga chanqoq 
ё
sh olim uchun bkbah’o xazina bwldi, 
albatta. Keymnchalik Mah’mud ibn Valining wzi kutubxonadagi kwp kitoblarni 
wqib kwp foyda topganini aytadi.
Mirakshoh’ Husayniy vafot etgan 1624 yil 13 aprel kunidan keyin Mah’mud 
ibn Vali kitobiy ilmini amaliy bilimlar bilan boyitish maqsadida boshqa 
mamlakatlarga sa
ё
h’at qilishga qaror qildi va bir yillik tay
ё
rgarlikdan keyin, 1625 
yilning iyul oyida savdo karvoniga qwshilib Hindiston tomon ywl oldi. U 
Hindistonda qariyb etti yil istiqomat qildi va uning Peshovar, Loh’ur, Deh’li, Agra, 
Haydarobod, Vijayanagar, Kalkutta, Bixar kabi qator yirik shah’ar va wlkalarni 
borib kwrdi va ularning ah’olisi, xalqining urf-odati, tarixi, madaniyati, va 
nih’oyat, osori atiqalari h’aqidagi qimmatli malumotlar twpladi.
1631 yil 20 avgustla Balxga qaytib kelgandan keyin Nadr Muh’ammadxon 
(1606-1642 yillari Balx, 1642-1645 yillari Buxoro xoni)ning xizmatiga kirdi va to 
umrining oxirigacha uning kutubxonasida kitobdor bwlib xizmat qildi. Mah’mud 
ibn Valining qachon vafot etganligi malum emas. 
Mah’mud ibn Vali fanning juda kwp soh’alarini, tarix, geografiya, ilmi 
nujum, madanshunoslik, botanika va boshqa soh’alarni qamrab olgan “Bah’r ul-
asror fi manoqib ul-ah’
ё
r” 
ё
ki “Bah’r ul-asror” nomli wta qimmatli qomusiy 
asarini yaratdi. Bundan tashqari u qator ilmiy va badiiy asarlar yaratgan bwlib, ular 
bizgacha etib kelmagan.
1634-1640 yillar orasida 
ё
zilgan “Bah’r ul-asror” asari mundarijasida 
kwrsatilishicha, etti jilddan iborat bwlgan. Uning II-VII jildlari jah’on tarixiga 
bag’ishlangan bwlib, Wzbekiston va u bilan qwshni mamlakatlarning qadim 
zamonlardan to 1640 yilgacha kechgan tarixidan baxs yuritadi. Asarning birinchi 
jildi ilmi nujum, geografiya, madanshunoslik va botanika fanlariga oid 
malumotlarni wz ichiga oladi. Afsuski, bu muh’im va qimmatli asarning faqat I va 
VI jildlarigina topilgan, xalos. 
Asarning birinchi jildida etti iqlim mamlakatlarining, guningdek, 
Wzbekistonning wrta asrlardagi shah’ar va viloyatlarining geografik h’olati, xalqi 
va uning turmush tarzi h’aqida qimmatli malumotlar keltirilgan. 
“Bah’r ul-asror”ning VI jildi aloh’ida qimmatga ega. Unda XIII-XVII 
asrning birinchi yarmida Chig’atoy ulusi, Wrta Osi
ё
, Mwg’uliston va Shimoliy 
Afg’oniston tarixi keng va atroflicha 
ё
ritilgan. 
Mah’mud ibn Vali va uning mazkur asari ilmiy jamotachilikka 1902 yildan 
beri malum bwlsa-da, h’ali juda kam wrganilgan. Undan ayrim parchalarning 
ruscha tarjimasi V.V.Bartold, B.AyuAh’medov va K.A.Pishulina tomonidan elon 
qilingan. 
“Bah’r ul-asror” asarining olti nafar qwl
ё
zmasi mavjud. Ularning twrttasi 
WzR FA Sharqshunoslik institutida I jild va VI jildning 1-3 qismlari, ikkitasi esa 
Angliya va Pokistonda, VI jildning 4 qismi saqlanmoqda. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə