Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
diplom ishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.2. Plakatlar majmuasi asosida darslarni o`tkazish. 
Mehnat ta`limidan amaliy mashg`ulotlar rejasini o`quv rejasi yoki o`quv materiali bilan 
aralashtirib yubormaslik lozim. Amaliy mashg`ulotlar rejasi faqatgina «yo`l ko`rsatuvchidir», uni 
o`qitish yoki o`rganish materiali sifatida tushunmaslik darkor. Dars rejasi dars jarayonini 
boshqarib boradi va o`qitish va o`rganish materiallari o`rnini olmasligi kerak. Bunday reja o`quv 
maqsadlarini, modul yoki mavzu, amaliy usullarni o`qitish va o`rganish materiallarini, 
shuningdek, qat`iy belgilangan vaqt chegarasini o`zida mujassam etadi. 
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish davomida o`qitish jarayonining ko`zda tutilgan 
uzluksizligini saqlab qolish va rejalashtirilgan o`quv maqsadlariga erishishni ta'minlash lozim. 
Olib borilgan dastlabki tajribalar shuni ko`rsatdiki, amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish 
uchun keng qamrovli tayyorgarlik ko`rish shart emas. Bunday rejani tuzishda amaliyot 
o`qituvchisi o`zi o`zlashtirgan tajribalarga asoslanadi. 
Dars jarayonida ishlatilishi mumkin bo`lgan har qanday ma`lumotni ushbu rejaga kiritish 
tavsiya etiladi. 
"Tikuvchilik korxonalari jihozlari" fani bo`yicha tasvirlaydigan qismlarga bo`lish namunasi (1- 
jadval) mazmuniy jihatlar asosida tuzilsa-da, uslubiy jihatlar bilan ham to`ldirilishi mumkin. 
Amaliy mashg`ulotlar rejasi loyihasining 
variantlari 
Mazmun aspektlari 
bo`yicha tuzilishi 
Uslubiy aspektlar 
bo`yicha tuzilishi 
Mazmun va shu bilan bog`lig` bo`lgan 
uslubiy aspektlar bo`yicha tuzilishi 


36
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan amaliy mashg`ulot rejasining tuzilishini tasvirlaymiz. 
1-Bosqich 
Bu ko`rsatkich mashg`ulot paytida yo`nalishni oson olish uchun zarur. Bosqich biror o`quv 
maqsadi belgilangan mavzuning boshi va yakuni bilan chegaradosh qismini o`zida 
mujassamlashtirishi lozim. 
2-Vaqt 
Bu yerda bosqich davomiyligini baholash va uni rejada belgilash lozim. 
3-Faoliyat 
Bu yerda bosqich bilan bog`liq faoliyatning turi belgilanishi lozim. Bunga quyidagilar kiradi: 
Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishning 4 pog`onali usuli asosan o`quvchilarning amaliy 
ko`nikmalarini o`zlashtirishga qaratilgan bo`lib, 4 pog`ona doirasida kechadi. Bu pog`onalarga 
«tushuntirish», «namoyish etish», «namoyish etilgan tarzda takrorlash» va «mashq qilish» kiradi. 
Masalan, jadvalda keltirilgan amaliy mashg`ulotni o`tkazishda amaliyot o`qituvchisi tikuv 
mashinasiga ip taqish ketma-ketligini tushuntirib beradi va mashinaga ustki va ostki iplarni taqib 
ko`rsatadi. So`ngra o`quvchi shu ishni ko`rsatilgan tarzda qaytarishi kerak. O`quvchi ishni 
bajarayotganda o`qituvchi uning xatolarini to`g`rilab turadi (maqtaydi yoki tanqid qiladi). 
O`quvchilar faoliyatini ushbu sohada ko`rsatib borish ham maqsadga muvofiq bo`ladi. 
4-Tasvir 
Bu yerga katta va kichkina mavzular nomi kiritiladi. So`ngra muhim asosiy tushunchalar va 
yaxshi ishlab chiqilgan savollar kiritiladi. To`g`ri javoblar ham bu yerga qo`shib qo`yiladi va 
alohida yoziladi. 
5-O`quv va didaktik materiallar 
Bu ko`rsatkichga darsga mos keladigan va yordam berib, unga ko`rgazmali tus beradigan 
o`quv va didaktik materiallar kiritiladi. (3-jadval) 


37
Bir paytning o`zida o`quv va didaktik materiallarni ishlatib, biror mavzuni yoritish uchun 
quyidagi muayyan usullar qo`llaniladi: 
-ma'ruza, o`quv suhbati, munozara 
-taqdimot, namoyish, o`yin-mashg`ulot, muayyan holatni o`rganish 
-individual va guruh mashqlari 
Va nihoyat rejaning amalga oshirilgan bosqichlari asosida boshqa zarur hujjatlarni ham 
kiritish mumkin: 
1.Titul qog`ozi: - maxsus o`quv kitobning nomi 
semestr 
o`quv guruhlarining nomi 
ta'lim olish muddati 
2.O`quvchilar tahlili. 
3.Darsni o`tkazish uchun dastlabki shart-sharoitlar tahlili. 
4.Maxsus soha tahlili(maxsus soha bo`yicha grafik tasvir). 
5.O`rganish maqsadlari jadvali. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə