Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago


Rasm. Amaliyotchi talabaning darsga tayorgarlik jarayoni



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
diplom ishi

 
Rasm. Amaliyotchi talabaning darsga tayorgarlik jarayoni
 
 


39
 
 
 
 
 
 
 
 
3.3. Tadqiqot usullari va natijalarini tahlili. 
Xar bir yangilik tadqiqot va natijalarni taxlili asosida yaratiladi. Bu ishlarini olib borishda 
asosiy e`tibor o`rganilayotgan muammoning zarurligini ta`kidlab o`tiladi. Bizning xolatimizda 
bu o`quvchilarni ijodkorlik jarayoniga mos plakatlarni tayyorlash va mehnat ta`limi darslarida 
ulardan foyidalanish dir. 
Ijodkorlik va konstruksiyalash elementlari mavzusini bunday muammo doirasida 
tashkil etilayotgan tajriba ishlarining puxta ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilishi, avvalo, 
ushbu muammoni ijobiy yechimga ega bo`lishini, bu boradagi nazariy g`oyalarning ilmiy 
jihatdan asoslanishini, shuningdek, ularning haqqoniy bo`lishini ta`minlaydi. 
Tadqiqot ishlarini tashkil etishda: 
1.
O`quvchining dars jarayonida ijodiy fikrlash ko`nikmasini shakllantirish uchun zarur shart-
sharoit yaratish; 
2.
O`quvchiga ijodkorlik va konstruksiyalash elementlari haqida nazariy tushunchalarni berish; 
3.
Ijodkorlik va konstruksiyalash jarayonida boshqa fanlar bilan o`zaro bog`lash; 
4.
O`quvchilarda ijodiy fikrlashga doir ko`nikmalarni shakllanishiga erishish; 
5.
Har bir mavzuni o`zlashtirish maqsadida uni ijodiy tahlil qilish; 
6.
Ta`lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish; 
7.
Matematik-statistik metodi yordamida tahlil etish vazifalarini oldimizga maqsad qilib 
qo`ydik. 
Nazariy hamda amaliy mashg`ulotlarini tashkil etishda, birinchi navbatda o`quvchilar 
bilimini quyidagicha tartibda baholash me`yorlariga e`tibor qaratildi.
O`quvchilarning bilimini baholash me`yorlarini turli toifalarga ajratib baholashga harakat 
qilindi. 
O`quvchilarning bilimlarini baholashni quyidagi kategoriyalar orqali ko`rib chiqildi: 
1-kategoriya. Ishni kamchiliklarsiz to`liq bajargan o`quvchilarga «5» baho qo`yiladi (86-
100 ball). 
2-kategoriya. a) bitta qo`pol bo`lmagan xato va bitta kamchilikka yoki b) uchta 
kamchilikka ega bo`lgan to`liq bajarilgan ishga qo`yiladi. «4» baho (72-85 ball): 
3-kategoriya. ishning 2/3 qismini to`g`ri bajargan yoki a) bitta qo`pol xato va ikkita 
kamchilikka yoki b) bitta qo`pol va bitta qo`pol bo`lmagan xatoga yoki v) ikkita qo`pol xatoga 
yoki bitta qo`pol bo`lmagan xatoga va uchta kamchilikka yo`l qo`ygan O`quvchiga qo`yiladi. 
«3» baho (56-71 ball) 
«2» va «3» baho talablariga javob bera olmagan o`quvchiga qo`yiladi, agar u ishni 
umuman bajarmasa, unga umuman baho qo`yilmaydi (ball berilmaydi) hamda, tegishli choralar 
ko`riladi. 
Albatta bu baho me`yorlari taxminiydir. 
YUqoridagi baholash me`yorlaridan ko`zda tutilgan maqsad, dars davomida har bir 
o`quvchini o`z ustida ishlashga majbur etadi hamda, vaqtdan unumli foydalanishni o`rgatadi. 
Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ishining boblarida ko`rib 
chiqilgan bo`lib, har bir mavzu uchun kerakli bo`lgan metodlarni qay tarzda tanlash va 
foydalanish haqidagi ma`lumotlar oqilona tarzda batafsil bayon qilingan. 
Pedagogik tadqiqot natijalarini tahlil qilishda matematik-statistika metodidan 
foydalanildi. 


40
Bunday metodni qo`llash, tadqiqot natijalarini ishonchliligi yoki ishonchsizligini 
isbotlanishini ta`minlashga imkon yaratadi. Shu sababli statistik metodning qo`llanilishi izlanish 
tavsifidagi tadqiqot ko`lamini o`zgartirmaydi.
Tajriba - sinov ishlari 2011-2012 o`quv yilining uchinchi va to`rtinchi choragi davomida
pedagogik amaliyot vaqtida Namangan shahar 13 o`rta umumta`lim maktabida 7-sinflari
o`quvchilari bilan o`tkazildi. 
Pedagogik tajriba-sinov ishlaridan ko`zlangan maqsad, mehnat ta`limi darslarida 
o`quvchilarga maxsus tikuv mashinalarini tuzilishini o`rgatish va bilim, ko`nikma va malakalarni 
ongli yetkazilishini o`rgatishdan iborat. 
O`quvchilarni bilimini ijodkorlik va konstruksiyalash elementlari asosida shakillantirilsa 
amaliy mashg`ulotlari jarayonidagi faoliyati samaradorligi yanada ortadi malakalarini 
rivojlantirishni ta`minlay olishni tekshirib ko`rishdan iborat. 
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, mehnat ta`limidan mashg`ulotlarini samaradorligini 
oshirish, ta`lim jarayonida bir xillikdan qochish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, 
o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o`stirish, ularning ilmiy tafakkur va izlanuvchanlik 
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berish hamda bilim darajasini aniqlashdan iborat edi. 
Mashg`ulotlarini samaradorligini oshirish bo`yicha taklif etilayotgan yangi usul o`quvchilarni 
zarur nazariy bilimlar bilan taminlanganligi ayon bo`ldi. 
Tajriba ob`ektlarda guruhlar “Tajribaviy” guruhlariga, ta`lim yangi pedagogik 
texnologiyalar asosida olib borildi, “Tekshiruv” guruhlarida esa darslar an`anaviy tarzda 
o`tkazildi. 
“Tajribaviy” guruh sifatida Namangan shahar 13 o`rta umumta`lim maktabining 5 B sinf 
o`quvchilari tanlandi hamda,
“Tekshiruv” guruhi sifatida Namangan shahar 13 o`rta umumta`lim maktabining 5 V 
sinf o`quvchilari tanlandi. 
Tajriba o`tkazish jarayonida o`quvchilardan ijodiy masala echish, savol-javoblar va 
yozma ishlar ko`rinishida olib borildi. O`tkazilgan tajriba, tekshirish va kuzatish natijalarini 
matematik-statistika usullari bilan tekshirish va tahlil qilish ishonchli xulosalar chiqarish 
imkonini berdi. 
O`quvchilar bilimining chuqurligi va mustahkamligi darajasini tahlil qilish, ularning 
og`zaki javoblari, test va yozma ish natijalari yuqorida ajratgan uchta kategoriya bo`yicha 
baholandi. 
Pedagogik tadqiqot ishida taklif etiladigan usullarning yoki yangiliklarni samaradorligini 
tekshirish va tajriba natijalarini ishonchliligini baholash uchun eng ko`p ishlatiladigan 
matematik-statistika modellaridan biri bo`lgan hamda, biz ko`rib chiqayotgan farazning 
haqiqiyligini foydalanildi.
Misol tariqasida “Tajribaviy” va “Tekshiruv” guruhlarida olingan natijalarni quyidagi 
jadvalda keltirilgan bo`lib, bunda o`quvchilarning ko`rsatkichlari 100 ballik tizim bo`yicha 
baholandi. 
Qo`yilgan 
muammolar 
bo`yicha 
“Tajribaviy” 
va 
“Tekshiruv”guruhlari 
qatnashchilarining ballari: 
Alimova 
Qo`yilgan 
muammolar 
bo`yicha 
“Tajribaviy” 
va 
“Tekshiruv”guruhlari 
qatnashchilarining ballari: 
“Tajribaviy” guruh sifatida Namangan shahar 13 o`rta umumta`lim maktabining 5 B sinf 
o`quvchilarining erishgan natijalari: 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə