Microsoft Word D. Nurmatova Mehnat ta`limi mashg`ulotlarida texnik ijodkorlikka oid plakatlar majmuasidan foydalanishni pedago


Rejani qayta tekshirish uchun ko`rsatmalar



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/34
tarix07.06.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#115974
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
diplom ishi

Rejani qayta tekshirish uchun ko`rsatmalar 
Bir marta tuzilgan reja quyidagicha qayta tekshirilishi lozim: 
1.O`quv maqsadlarini o`rganish 
Ushbu darsning o`quv maqsadi kerakli maxsus sohaga mos kelishi tekshiriladi, ya'ni 
o`quvchilar qanday amaliy ko`nikmaga ega bo`ldilar yoki qanday ko`nikma va tushunchalarga 
ega bo`lishlari kerak. Darsning yakuniy natijasi qanday bo`lishi kerakligi o`rganiladi. 
2.Guruhlar holatini o`ylab ko`rish 
O`quvchilar maxsus soha to`g`risida nimani bilishlari, ularning maxsus soha bo`yicha 
qanday tushunchalarga ega ekanliklari, guruhning darsni o`zlashtirishi borasida e'tiborga olinishi 
lozim bo`lgan qiyinchiliklar. o`quv guruhi kichikroq guruhlarga bo`linishi kerakmi yoki yo`qmi 
kabi masalalarni o`rganish kerak. 
3.Belgilangan vaqt 
Dars uchun qancha vaqt ajratish kerakligi (boshqa tegishli faoliyatlarni ham inobatga 
olgan holda) kunning qaysi vaqtida dars o`tkazilishi lozimligi, qaydlar yoki vazifalarni 
tayyorlash uchun qancha vaqt zarurligi o`rganiladi. 
4.Jihozlar to`g`risida 
Zaruriy asbob va moslamalar mavjudligi va ular yaroqliligi, sinf xonasi barcha talablarga 
javob berishi, tashqaridan boshqa resurslar -biror shaxs, videofilm yoki boshqa yordamlar 
kerakmi yoki yo`qmi kabi muammolar o`rganiladi. 
5.Maxsus soha bo`limlari 
Maxsus soha tahlili maqsadga erishishda zarur bo`lgan barcha mazmunlarni qamrab olish 
uchun yetarlimi? Darsni qismlarga bo`lish zarurmi? 
Ba'zan darsni qismlarga bo`lish talab etiladi. Shunda quyidagi tuzilma vosita sifatida xizmat 
qilishi mumkin: 
Pog`ona I 
Pog`ona 2 
Pog`ona 3 
Pog`ona 4 
...bilishi shart... 
...o`zlashtirishi mumkin... 
...bilishga yordam 
beradi... 
...bilish uchun 
qiziqarli... 


38
...qila olishi shart... 
...qila olishi mumkin... 
...qila olishga yordam 
beradi... 
...qila olish uchun 
qiziqarli... 
Dars ichidagi tanlash yoki mazmunlar 1- pog`onada turishi lozim. Ularni biz o`quv 
maqsadlariga erishishdagi minimumlar deb ataymiz. 
Agar tasarrufdagi vaqt kutilganidan ko`p bo`lsa, u holda 3-va 4-pog`onalardagi 
mazmunlarni qo`shib qo`yish mumkin. Amaliyot o`qituvchisining ko`plab boshqa sohalardagi 
bilimlarga ega bo`lishi uning mazkur holatni oson boshqarib borishiga yordam beradi. 
Bu yerda asosiy maqsad «o`zlashtirilishi shart bo`lgan bilimlar»ni va «o`zlashtirilishi 
mumkin bo`lgan bilimlar»ni berishdan iboratdir. Bu orqali barcha muhim mazmunlar, dalillar, 
tushunchalar, tamoyillar va usullar dars rejasida qanchalik darajada saqlanib qolgan - 
qolmaganligi nazorat qilinadi. 
Bundan kelib chiqib, tarkibiy qismga tegishli maqsadlarga murojaat qilish va ularga 
erishish jarayonini topshiriqlar va testlar orqali nazorat qilish tavsiya etiladi. 
Bunga ko`ra, biror dars oxirida topshiriqlar ko`rsatilgan yozma nazorat ishi olish va 
uning natijalarini baho varaqasiga qayd qilib borish kerak bo`ladi. O`quv maqsadlariga 
erishilmaganligi aniqlansa, u holda amaliyot o`qituvchisi boshqa choralarni ko`rishi, masalan: 
takrorlash darsini rejalashtirish lozim, shu bilan birga, dars rejasiga tafakkur qilish uchun yordam 
sifatida kiritiladigan qiziqtirish va o`rganish usullarini rivojlantirish mumkin. 
6. O`quv va didaktik vositalarni rejalashtirilgan usullar hamohangligida nazorat qilish. 
Rejalashtirilgan usullarga mos ravishda o`quv va didaktik vositalarning mavjudligi, topshiriqlar, 
shuningdek, namoyishlar va mashqlar nazorat qilinishi kerak. Ular yetarli bo`lmasa, u holda 
ularni yanada rivojlantirish va ishlab chiqish lozim. 
Va nihoyat: 
O`qituvchilarga amaliy mashg`ulotlar rejalarini maxsus jildda saqlash va ularni doimiy 
tarzda to`ldirib borish tavsiya etiladi. 
O`tkazilgan dars yoki amaliy mashg`ulotlardan so`ng shaxsiy natijalarni tahlil qilib ko`rish 
tavsiya etiladi. Buni biz dars jarayonlarining sifatini tahlil qilish, amalga oshirilgan rejaning 
ahamiyati va boshqa amaliyot o`qituvchisi tomonidan o`z hamkasblarining baholanishi, deb 
tushunamiz. Bu amaliyot o`qituvchisiga o`z natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishda 
ko`mak beradi. 

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə