Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза


 Xalqaro stratigrafik va geoxronologik jadval



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

1.3 Xalqaro stratigrafik va geoxronologik jadval 
 
Hududlarning geologik tuzilishi va tarixiy taraqqiyoti stratigrafik tadqiqotlar 
asosida aniqlanadi. Bundan tashqari, stratigrafik tadqiqotlar geologik, tektonik,
litologik-paleogeografik xaritalar va sxemalar tuzishda, shu jumladan foydali 
qazilma konlarini bashorat qilishda va ularni qidirishda keng qo‘llaniladi. 
Yer po‘stining geologik rivojlanish tarixida voqealarning ketma-ketligi, 
asosan, turlicha kelib chiqishga ega bo‘lgan tog‘ jinslarida qayd etilgan. Ulardan 
qatlam
 
deb ataluvchi eng oddiy shakllar hosil bo’ladi. Ular bir-biriga ketma-ket 
yotadi. Boshqalari esa (intruziv geologic jinslar) o‘lchami va shakli bo‘yicha 
murakkab tanalarni hosil qiladi. Ularning vujudga kelgan vaqtini aniqlash muhim 
vazifa hisoblanadi. 
Stratigrafiya fanining asosiy vazifasi yotqiziqlarni stratigrafik tabaqalash va 
taqqoslash
 
sanaladi. Stratigrafik tabaqalash – bu kesmada ma’lum belgilari bilan 
farqlanuvchi alohida gorizontlar va qatlamlarni ajratishdan iborat. Tabaqalangan 
kesmalardagi stratigrafik birliklar yoshi bo‘yicha o‘zaro taqqoslanadi. 
1881-yili Bolone shahrida bo‘lib o‘tgan II Xalqaro geologik kongressda 
birinchi geoxronologik va unga mos keluvchi stratigrafik shkalalar qabul qilingan. 
Ularda yer po‘sti va organik dunyoning rivojlanish ma’lumotlari bo‘yicha Yerning 
butun tarixi vaqt oraliqlarigi (geoxronologik tabaqalar) va shu vaqt oraliqlarida 
hosil bo‘lgan tog‘ jinslarining qatlamalariga (stratigrafik tabaqalar) bo‘linadi. 
Geologik vaqt 
– bu tabiiy kalendar bo‘lib, uning har bir varag‘i, har bir satri 
muayyan bir vaqt birligida ro‘y beruvchi son-sanoqsiz hodisalarning o‘zgarishidagi 
ketma-ketlikni aks ettiradi. Ulardan ba’zilari muayyan chegaralangan hududlarda, 


17 
boshqalari keng mintaqalarda, uchinchilari esa sayyora miqyosida sodir bo‘lib, 
rivojlanayotgan Yerning birligini aks ettiradi. Shuning uchun ham stratigrafiya 
mahalliy, mintaqaviy va umumiy stratigrafik shkalalar tushunchalariga tayanadi. 
Geologik jarayonlarning izlari bo‘yicha hodisalar tiklanadi. Ularni xronologik 
ketma-ketlikda joylashtirib, tadqiqotchilar kesmalarni tabaqalaydi va taqqoslaydi, 
buning oqibatida esa, turli miqyosdagi stratigrafik shkalalarni tuzishga imkon 
beradi. Mahalliy stratigrafik shkalalar o‘zaro taqqoslanib, mintaqaviy shkala ishlab 
chiqiladi. Ular asosida Xalqaro stratigrafik shkala yaratiladi. U esa global etalon 
sanaladi. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə