Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Yarus va zona s
tratigrafik jadvalning asosiy quyi tabaqalari hisoblanadi.
Yaruslar haqidagi tushuncha adabiyotga birinchi marta XX asrning 
o’rtalarida A.d'Orbini tomonidan kiritilgan. U tomonidan geografik nom 
berilgan 27 yarus ajratilgan. Yura va bo’r tizimlari eng aniq va batafsil 
tabaqalangan va ularda 17 qavat ajratilgan. Uchlamchi davr yotqiziqlari 4 
qavatga, trias va paleozoy esa faqat 6 qavatga bo’lingan. Bunday bo’linish 
organik qoldiqlarning turlicha miqdorda uchrashi va o’rganilganligi bilan 
tushuntirilishi mumkin. Masalan, perm, karbon, devon va silur sistemalari 
A.d’Orbini tomonidan yaruslar sifatida ajratilgan.
Stratigrafik jadvalning eng past toifasi zonadir. A. d'Orbini va A. 
Oppellar zamonidan boshlab, zona deganda quyi toifadagi fauna kompleksi— 
turlar, ba’zan avlodlar bilan xarakterlangan yotqiziqlar tushunilgan. 
Kesmalarning zonalli tabaqalanishi A. Oppeldan boshlangan. U yura 
ammonitlarini 
o’rganish 
misolida 
ammonoideyalar 
komplekslari 
almashuvidagi ketma-ketlikni asoslab bergan. Shu bilan A. Oppel tomonidan 
yaruslarni alohida zonalarga ajratish mezonlari ishlab chiqilgan va ular 
yetakchi organik qoldiqlar nomi bilan atalgan. 


14 
Shunday qilib, XIX asr oxirida Xalqaro stratigrafik jadvalning 
shakllanishi yakunlandi. Geologiya kongressining Parijda o’tgan VIII 
sessiyasida (1900 yil) birinchi Xalqaro stratigrafik jadval tasdiqlangan. „Yer 
po’sti mineral massasini“ tabaqalash bir-biriga tobe bo`lgan beshta stratigrafik 
toifani: guruр, sistema, bo’lim (yoki seriya), yarus va zonani ko’zda tutgan va 
ular quyidagi xronologik toifalarga mos keladi: era, davr, epoxa, asr va faza.
Kongress Xalqaro jadvalni tarixan qanday bo’lsa, shunday foydalanish 
lozimligini tavsiya etgan. Unga hech bir o’zgartirishlar kiritmaslik ham tavsiya 
qilingan. Shunday qilib, jadval Yevropa kesmalari tuzilishini mintaqaviy 
xususiyatlariga asoslangan etalon sifatida qabul qilingan. Uni yaratishdagi bu 
tamoyil, uni har qancha o’zgartirishga harakat qilinmasin, hozirgacha saqlanib 
kelmoqda.
XX 
asrda 
stratigrafiyaning 
rivojlanishidagi 
bosh 
xususiyat 
tadqiqotlarning dastlabki bosqichida o’zining Yevropa hududi bilan 
chegaralanganligini asta-sekin yo’qola borishi va planetar ahamiyatga ega 
bo’lishidan iborat. Bunda ancha uzoqda joylashgan mintaqalarning stratigrafik 
tadqiqotlar doirasiga jalb etilishi asosiy ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda, 
Shimoliy Amerika, Sharqiy Yevropa, Osiyo, Janubiy Afrika va dunyoning 
boshqa qismlaridagi kesmalarni o’rganish jarayonida yotqiziqlarni davriylash 
va ularni Yevropa etalonlari bilan taqqoslashdagi tabiiy, tarixiy tamoyillar va 
usullarda bir qator nomuvofiqliklar borligi yuzaga chiqdi. 
Mintaqalararo va butun Yer shari miqyosida yangi taqqoslash usullarini 
qidirish jarayonida paleontologik usullar muhim ahamiyatga ega bo’ldi va u 
stratigrafik tadqiqotlarning yangi sohasi biostratigrafiyaning shakllanishiga 
olib keldi. Kesmalarni tabaqalashda tokembriy va to’rtlamchi davr jinslarining 
mutlaq yoshini aniqlashning radiologik usullari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Stratigrafik tadqiqotlarning kengayishi tufayli kesmalarni Xalqaro jadval 
bilan taqqoslash tobora qiyinlashib bordi. Natijada geologlar mintaqaviy va 
mahalliy 
jadvallarni 
yaratishga 
majbur 
bo’lishdi. 
Bu 
esa 
ko’plab 
mamlakatlarda geologik xaritalash, qidiruv ishlarining keskin rivojlanishi 


15 
sababli amaliy geologiya talablarini to’liq qondira oladigan yangi stratigrafik 
jadvallar yaratish zarurati tug`ildi.
Shuning uchun ham XX asrning 50-yillari mintaqaviy stratigrafiya 
geologik bilimning mustaqil sohasi bo’lib shakllandi. Keyingi o’n yilliklarda 
Xalqaro stratigrafik jadval yarusli tabaqalarining chegaralarini sanalash 
bo’yicha katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Hozirgi vaqtda umumiy jadval 
xronostratigrafik va xronometrik (mutlaq yosh) jadvallarni birlashtiradi.
Xalqaro 
stratigrafik 
jadval, 
o’zining 
stratigrafik 
tabaqalari 
muntazamligini saqlagan holda, muttasil mukammallashib bormoqda va unga 
aniqliklar kiritilmoqda. Xalqaro Stratigrafik komissiya tomonidan amalda 
foydalanish uchun tavsiya etilgan uning oxirgi varianti 2000-yilda Braziliyada 
o’tgan Geologik kongressning navbatdagi sessiyasiga taqdim etilgan. Oldingi 
variantlarga nisbatan permning ikki qismli quyi va yuqori bo’limlarga 
bo’linishi o’rniga uch qismli bo’linishi tavsiya etilgan. Aksincha, karbonning 
uch qismli bo’linishi ikki qismliga almashtirildi. Silur yaruslari hajmi 
bo’yicha ham o’zgartirishlar kiritilgan. Proterozoyning tabaqalanish sxemasi 
umuman boshqa ko’rinishga ega bo’ldi va hozir unda uchta eratema va 10 
sistema ajratiladi. Yarusli tabaqalashning indekslari butunlay o’zgardi. 
Xalqaro stratigrafik jadval butun Yer shari uchun umumiy bo’lgan 
stratigrafik tabaqalarni birlashtiradi. Tog`
jinslari va ularning majmualarida 
aks etgan Yer po’sti va organik dunyo rivojlanishidagi davriylik hodisasi bu 
tabaqalarni ajratishda mezon sanaladi. Chegaralari izotop xronometriya usuli 
bilan belgilangan jadval bir vaqtning o’zida geoxronologik tabaqalar (eon, era, 
davr, epoxa, asr, faza) va ularning xronostratigrafik muqobillari (eonotema, 
eratema, sistema, bo’lim, yarus, zona) orasidagi vaqt munosabatlarini aks 
ettiradi.
Shunday qilib, Xalqaro stratigrafik jadval o’z mazmuni bo’yicha xilma-
xildir. Tarix qa’riga kirib borgan sari axborot yo’qotilishi kuzatiladi. Natijada 
batafsil stratifikastiya uchun imkoniyat kamayib boradi. To’rtlamchi davr 
jadvalining elementar tabaqalari yosh diapazoni yuzlab va o’nlab ming yilni, 


16 
fanerozoy jadvaliniki — 1 — 10 mln yilni, tokembriyniki esa yuzlab mln yilni 
tashkil etadi. Bir vaqtning o’zida jadvalning bu uch qismi stratigrafik 
tabaqalarni ajratishda o’zining yetakchi usullari bilan farq qiladi: tokembriy 
uchun tarixiy-geologik, fanerozoy uchun — biostratigrafik va to’rtlamchi davr 
uchun esa iqlimiy, stratigrafik usul bosh usul bo’lib hisoblanadi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə