Microsoft Word Ернинг геологик эволюцияси Мухаммадова Наргиза



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#137809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
7489872b99b53c945d0a0ae3d08feb4a Yerning geologik evolyutsiyasi

Geoxronologiya
– bu 4,6 mlrd. yilni o‘z ichiga oluvchi geologik 
vaqtning mutlaq shkalasi, geologik hodisalarning kalendaridir. Shkala tog‘ 
jinslaridagi tabiiy radioaktiv elementlar, ularning izotoplari va doimiy tezlikda 
kechadigan parchalanish mahsulotlariga asoslangan radiometrik sanalashdir. 
Paleogeografiya
geologik o‘tmishdagi tabiiy-geografik sharoitlarni – 
quruqlik va dengizlarning tarqalishi, ularning balandligi va chuqurligi hamda 
geologik tarix davomida sezilarli o‘zgarishlarga uchragan iqlimiy zonallikni 
tiklash bilan shug‘ullanadi. Ikki yo‘nalish, ya’ni – paleookeanologiyani ham 
o‘z ichiga olgan paleogeomorfologiga va paleoiqlimshunoslik – hozirgi vaqtga 
kelib mustaqil ahamiyatga ega bo‘ldi, ammo ularning asosiy xulosalari tarixiy 
geologiyada o‘tgan geologik epoxalardagi Yerning umumiy ko‘rinishini 
tiklashda foydalaniladi. 
Paleotektonika
yer 
po‘stining 
harakatlari 
va 
burmali 
tog‘ 
qurilmalarining shakllanishi va keyinchalik, ularning o‘rnida kontinental 


11 
qobiqning stabil palaxsasi – platformalar hosil bo‘lishiga olib keluvchi 
deformatsiyasi tarixini o‘rganadi. 
Stratigrafiya
tog‘ jinslarida saqlanib qolgan organik qoldiqlari 
yordamida nisbiy yoshini aniqlash va taqqoslash orqali cho‘kindi va 
vulkanogen jinslarning qatlamlanish ketma-ketligini o‘rganadi. Nisbiy yoshni 
aniqlash va taqqoslash stratigrafiyaning an’anaviy tarmog‘i – biostratigrafiyani 
tashkil etadi. Bulardan tashqari, stratigrafiyaning magnitostratigrafiya, 
seysmostratigrafiya, litostratigrafiya va ritmostratigrafiya kabi tarmoqlari ham 
mavjud bo‘lib, ularni kompleks qo‘llash olingan natijalarning ishonchliligini 
keskin oshiradi. Chunki kompleks tadqiqotlarda bir usulning kamchiligini 
ikkinchi usulning yutug‘i qoplab ketadi. 
Stratigrafiya
tadqiqotlarida bir qator tamoyillarga tayanadi: 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə