Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
namoyon narsalar orasida eng aziz va sharafli durdir. Va u ilohiy ishdir. Alloh taolo 
Qur’oni karimda ruh haqida shunday deydi:  
 
«Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh Rabbimning ishidandir» (Isro 
surasi, 85-oyat). Ruhning nisbati inson jasadidagi boshqa a’zolaridan ko‘ra sharafliroq. 
Xalq-yaratilish ham, amr-ish ham Allohga xos. Ammo amr xalq qilishdan buyukroq. 
Allohning omonati yuklangan qimmatbaho javhar mana shu ruhdir. Aynan mana shu 
omonat yukini ko‘taruvchi bo‘lgani uchun ham inson osmonlaru yerdan va ulardagi bor 
narsalardan musharraf qilindi. Chunki undan boshqa mavjudotlar bu omonatni qabul 
qilishdan bosh tortgan edilar. Zero, ular amr olamidan qo‘rqardilar. Ammo bu gaplardan 
ruhning qadimligi tushunilmaydi. Uni qadim deya da’vo qiluvchilar esa, aldangan, nima 
deyayotganini bilmaydigan johillardir. Mavzudan tashqari bo‘lgani uchun ruh haqidagi 
bayonni shu yerda to‘xtatamiz. 
 
Demoqchi bo‘lganimiz shuki, ilohiy latofat bo‘lgan qalb Allohga yaqinlashtiruvchi birdan-
bir xususiyatdir. Chunki u Allohning ishi-amridandir. Kelib chiqishi ham, qaytishi ham 
Ungadir. Faqat amr qilish xalq qilishdan oliyroqdir.  
 
Allohning omonati bo‘lgan jasad go‘yo qalbning ulovi, faqat uning harakati – sayri uchun 
vosita vazifasini bajaradi. Haj yo‘lida tuya qanday ulov darajasida bo‘lsa, jasad ham 
xuddi shunday ulov, suv to‘ldirilgan mesh jasadning ehtiyoji uchun qanday zarur bo‘lsa, 
jasad uchun ruh ham shunday zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Har qanday ilm, agar uning 
maqsadi jasad salomatligi bo‘lsa, demakki, u «ulov» manfaatlari jumlasidandir. Tib 
ilmining ziynati, yuqorida zikr qilib o‘tganimizdek, jasadning salomatligi uchun juda 
muhim bo‘lib, hatto inson tanho yashaganda ham unga muhtoj ekani hech kimga sir 
emas. Fiqh ilmining tib ilmidan farqi shundaki, inson tanho yashagan chog‘ida undan 
behojat bo‘lishi mumkin. Lekin inson shunday yaratilganki, u tanholikda yashashi 
mumkin emas. Chunki inson yer haydash, ekin ekish, non pishirish, oshpazlik qilish yoki 
kiyim-kechak va maskan muammolarini hal qilishda bir o‘zi harakat qila olmagani bois 
o‘z-o‘zidan boshqalar bilan aralashib yurishga, hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi. 
Shunday ekan, odamlar bir-birlari bilan aralashganlari sayin shahvatlar va orzu-havaslar 
ham g‘alayonga keladi, keyin ular orasida o‘zaro munozara va tortishuvlar boshlanadi. 
 
Insonning ichida bir-biriga zid unsurlar aralashib ketganida va o‘zaro muvofiq 
kelmaganida, halok bo‘lgani kabi, tashqarida ham o‘zaro tortishuv va munozaralar 
tufayli  halokatga yo‘liqadilar. Tib ilmi bilan inson ichidagi qarama-qarshi 
aralashmalarning mo‘’tadilligi muhofaza etilsa, siyosat va adolat bilan inson tanasidan 
tashqaridagi bahs-tortishuvlari mo‘’tadil qilinadi. Aralashmalarning mo‘’tadil yo‘lini 
o‘rgatuvchi ilmga tib, muomala va fe’llarni mo‘’tadillashtiruvchi ilm turiga fiqh   deyiladi. 
Bu ilmning barchasi ulov vazifasini bajaruvchi jasad muhofazasi uchundir. Nafsiga qarshi 
mujohada qilmaydigan, qalbining islohi bilan shug‘ullanmaydigan, faqatgina tib va fiqh 
ilmi bilan ovora bo‘lgan kimsalar xuddi haj uchun yo‘lga tushmasdan, faqatgina tuya 
sotib olish, uni to‘ydirish yoki mesh sotib olib, uni tikish bilan ovora bo‘lganga o‘xshaydi. 
Mukoshafa ilmiga olib boruvchi qalb islohi yo‘liga kirganlar esa, haj uchun yo‘lga 
chiquvchi yoki uning arkonlarini bajaruvchiga o‘xshaydi. Avvalo, sen bularni yaxshilab 
tushunib ol va bularning hammasini boshdan o‘tkazgan avomu xosga tushuntirishda bor 
jiddu jahdini, jur’atu g‘ayratini sarf etgan kishining nasihatini (Imom G‘azzoliy o‘zlarini 
nazarda tutyaptilar) tekin qabul qil.   


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
 
Tolibi ilmning vazifalariga mana shular kifoya qiladi.  
 
 
Murshid - muallimning vazifalari bayoni 
 
Bilgilki, mol-dunyo to‘plashda bo‘lgani kabi, ilm olishda ham to‘rt holat mavjud. Mol 
sohibining istifoda holati bor, unda muktasib (kasb qiluvchi) bo‘ladi; kasb qilib topgan 
molini jamg‘arish holati bor, u bilan tilanchilikdan qutiladi; o‘ziga infoq qilish holati bor
molidan foydalanadi; molini boshqalarga sarflash holati bor, bu bilan saxiy va fazilatli 
bo‘ladi. Mana shu oxirgisi barcha holatlarning ulug‘idir.  
 
Shuningdek, mol-dunyo kabi, ilm ham yig‘iladi. Unda ham talab va kasb qilish holati, 
so‘rashdan behojat bo‘ladigan darajada tahsil qilish holati, istibsor – hosil qilgan ilmini 
tafakkur qilish va undan foydalanish holati, hamda tabsir – boshqalarga yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatish holati bor. Buning ham oxirgisi ulug‘dir. Kim ilm olsa, unga amal qilsa va 
boshqalarga o‘rgatsa, u kishi osmonlarda ulug‘ inson deb chaqiriladi. U odam quyosh 
kabidirki, boshqalar uchun ziyo tarqatadi va o‘zi ham ziyolidir yoki mushki anbar 
kabidirki, boshqalarni xushbo‘y qiladi va o‘zi ham xushbo‘ydir. Ilm o‘rganib, unga amal 
qilmaydigan kishi esa, boshqalarga foyda berib, o‘zi ilmdan xoli qolgan daftar yoki 
boshqa narsalarni o‘tkirlab, o‘zi hech narsani kesa olmaydigan qayroqtosh yoki 
boshqalarni kiyintirib, o‘zi yalang‘och qolgan igna yoki boshqalarga nur berib, o‘zi yonib 
ketadigan chiroqning piligi kabidir. Chunonchi she’rda aytiladi: 
 
U yonguvchi pilikdirki, atrofga nur taratur, 
Kimlar undan nur emur, u yonib ado bo‘lur. 
 
Inson qachon ilm berishga kirishsa, ulug‘ ishni, katta vazifani zimmasiga olgan bo‘ladi. 
Shuning uchun uning odoblari va vazifalarini yodda tutishi lozim: 
 
Birinchi vazifa: muallim ta’lim oluvchilarga nisbatan shafqatli bo‘lishi va ularga o‘z 
bolalari kabi muomala qilishi kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ota o‘z 
farzandiga qanday bo‘lsa, men ham sizlar uchun shundayman»,
132
 deganlar. Bu vazifani 
muallim shogirdlarni oxirat azobidan saqlashni qasd qilish bilan ado etishi mumkin. Mana 
shu niyat ota-ona farzandini dunyo olovidan saqlashidan ko‘ra muhimroqdir. Shuning 
uchun muallimning haqqi ota-onaning haqqidan ustun qo‘yiladi. Chunki ota vujud va 
foniy hayotning sababchisi bo‘lsa, muallim abadiy hayotning sababchisidir. Muallim 
bo‘lmasa edi, ota tomonidan hosil qilingan narsa abadiy halokatga duchor bo‘lardi. Zero, 
muallim uxroviy hayotning bunyodkoridir. Bu yerda oxirat yoki dunyo ilmlari bilan dunyo 
topishni emas, oxiratni qasd qiluvchi muallimni nazarda tutdim. Ammo dunyo topish 
maqsadida ta’lim berish halok bo‘lish va halok qilishdirki, bundan Alloh saqlasin! 
 
Bir otaning o‘g‘illari o‘zaro muhabbatli va barcha maqsadlarda bir-birlariga yordam 
ko‘rsatishlari lozim bo‘lgani kabi, bir ustozning shogirdlari ham o‘zaro muhabbatli 
bo‘lishlari kerakdir. Ularning maqsadlari oxirat bo‘lsagina o‘rtalarida muhabbat 
uyg‘onadi. Agar maqsadlari dunyo bo‘lsa, o‘rtada hasad va adovatdan boshqa narsa 
hosil bo‘lmaydi. 
 
132. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar rivoyati. 
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə