Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
103
 
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: «Olim qachon ilmiga amal qilmasa, yomg‘ir toshga ta’sir 
qilmagani kabi, uning va’z-nasihati ham qalblarga ta’sir qilmaydi». 
 
Bir shoir deydi: 
 
Ey odamlar voizi, muttaham bo‘lding o‘zing, 
Ularning qilmishin ayblab, lek uni qilding o‘zing. 
Bor kuching birla yana qilursan va’z-nasihat, 
Baski, gunohlarning oqibati qalokat! 
Ayblaysanu dunyoni hamda uni sevgan-kim, 
Ammo o‘zingning ishqing ustunroq emasmikin?! 
 
Boshqa shoir bunday deydi: 
 
Odamlarni qaytarma uzing qilgan ishingdan, 
Bunday qilish sen uchun katta or, agar bilsang. 
 
Ibrohim ibn Adham (r.a.) aytadilar: «Makkai mukarramadagi bir toshning oldidan 
o‘tdim. Unga: «Meni aylantir, ibrat olasan», deb yozilgan ekan. Toshni aylantirdim va 
unda: «Bilganingga amal qilmaganing holda, qanday qilib bilmagan narsangning ilmini 
talab qilasan?» deb yozilganini ko‘rdim». 
 
Ibn Sammok (r.a.) aytadilar: «Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari 
Allohni unutgan. Allohdan qo‘rqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohga 
nisbatan jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qanchadan-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari 
Allohdan uzoq. Alloh yo‘liga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari 
Allohdan qochuvchi. Allohning kitobini o‘qiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin 
o‘zlari Allohning oyatlaridan tashqaridadir”. 
 
Ibrohim ibn Adham (r.a.) deydilar: «Gapirishda e’robga (nahv qoidasi) rioya etib, 
gaplarimizni chiroyli qildik. Lekin  qoidaga rioya qilma amallarimiz ham chiroyli 
bo‘lmadi». 
 
Avzoiy (r.a.) aytganlarki: «E’rob kelsa, xushu’ ketadi». 
 
Makhul (r.a.) Abdurrahmon ibn G‘anamdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, u kishi shunday 
deganlar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashobidan o‘n kishi menga 
shunday xabar bergan: «Biz Qubo masjidida ilm o‘rganar edik. Bir payt Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) huzurimizga chiqib: «Bilishni xohlaganingizcha ilm 
o‘rganinglar. Lekin amal qilmaguningizga Alloh sizga savob bermaydi»,
152
 dedilar». 
 
Iso (a.s.) aytganlar: «Ilm o‘rganib, unga amal qilmagan kishining misoli yashirin zino 
qilib, homilador bo‘lgan, keyin homilasi bilinib, sharmanda bo‘lgan ayol kabidir. Chunki 
ilmiga amal qilmagan kishini Alloh qiyomat kunida guvohlar huzurida sharmanda etadi». 
 
Muoz (r.a.) aytadilar: «Olimlarning adashishidan ehtiyot bo‘linglar. Chunki odamlar 
nazdida ularning qadri yuqori bo‘lgani uchun xatolariga ergashib ketadi». 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olim toyilsa, uning toyilishi bilan mavjudotdan bir 
olam toyiladi». 
 
Yana Umar (r.a) aytadilar: «Zamonaning buzilishiga sabab bo‘luvchi uch narsa borki, 
uning birinchisi olimning toyilishidir». 
 
152. Ibn Abdulbar ta’liq qilgan. Doramiy Muozdan (r.a.) mavquf holda sahih sanad ila rivoyat qilgan. 
 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Olimlar boshiga yaqinda shunday zamon keladiki, unda 
qalblarning shirinligi taxirga aylanadi. O‘sha kunda olim ham, talaba ham ilmdan 
foydalana olmaydi. Olimlarning qalbi sho‘r yer kabi bo‘lib qoladiki, unga osmondan 
qancha suv tushsa ham, tuzi ketmaydi. Qachonki olimlarning qalbi dunyo muhabbatiga 
va dunyoni oxiratdan ustun tutishga moyil bo‘lsa (o‘sha kunlar keladi). O‘shanda Alloh 
ularning qalbidan hikmat chashmalarini olib, hidoyat chiroqlarini o‘chirib qo‘yadi. 
Ularning olimlariga ro‘baro‘ kelganingda, tili bilan Allohdan qo‘rqishini aytadi. Holbuki, 
amalida gunohlar ko‘rinib turibdi. O‘sha kunda tillar naqadar boy, dillar naqadar 
qashshoq. Undan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, buning sababi muallimlar 
Allohdan boshqasi uchun ta’lim bergani, mutaallimlar Allohdan boshqasi uchun ta’lim 
olganidir». 
 
Tavrot va Injilda yozilgan ekan: «Bilganingizga amal qilmaguncha, bilmagan 
narsangizning ilmini talab etmang». 
 
Huzayfa (r.a.) aytadilar: «Sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, kim unda 
bilganining o‘ndan birini tark qilsa, halok bo‘ladi. Yaqinda shunday zamon keladiki, kim 
unda bilganining o‘ndan biriga amal qilsa, najot topadi. Bu dangasalarning ko‘pligi 
sabablidir». 
 
Bilgilki, olimning misoli qozi kabidir. Qozilar haqida esa, Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) shunday deganlar: «Qozilar uch xil bo‘ladi: bilib turib haq bilan hukm qilgan 
qozi, u jannatdadir; xoh bilib, xoh bilmasdan zulm bilan hukm qilgan qozi, u 
do‘zaxdadir; Alloh buyurganidan boshqa narsa bilan hukm qilgan qozi, u ham 
do‘zaxdadir».
153
 
 
153. Sunan sohiblari rivoyat qilishgan, sahih. 
 
 
Ka’bul Axbor (r.a.) aytadilar: «Oxir zamonda shunday olimlar bo‘ladiki, ular odamlarga 
dunyoni tark qildiradilar, lekin o‘zlari tark qilmaydilar, odamlarni qo‘rqitadilar, lekin 
o‘zlari qo‘rqmaydilar, amirlar atrofida bo‘lishdan qaytaradilar, biroq o‘zlari boraveradilar, 
dunyoni oxiratdan ustun qo‘yadilar va tillari    orqali (rizq topib) yeydilar, faqirlarni 
qo‘yib, boylarga yaqin bo‘ladilar, xotinlar erkaklarni rashk qilgani kabi, ular ham ilmlarini 
qizg‘anadilar, o‘sha olimlardan biri  muxlislaridan birortasining boshqasi bilan hamsuhbat 
bo‘lganini bilsa, unga g‘azablanadi. Ana shular Rahmonning dushmani bo‘lgan zolim 
kishilardir». 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, shayton sizni gohida ilm bilan 
(amaldan) kechiktirib qo‘yadi», dedilar. Shunda (sahobalar): «Ey Allohning Rasuli! Bu 
qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. U zot javob berdilarki: «Shayton sizlarga: «Ilm o‘rgan, 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə